Universiteti "tasdiqlayman"


Til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni tahlil etuvchi


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

3. Til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni tahlil etuvchi
fonetik-fonologik qonuniyatlar 
Til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni tahlil etuvchi fonetik-fonologik 
qonuniyatlar quyidagilar: 
1. Umumiy fonetik qonuniyatlar barcha tillarga xos umumiy holdagi tartib 
va qoidalarni tilning boshqa qonuniyatlari bilan bog‘liqlikda aks ettiradi. Masalan, 
singarmonizm(tovushlarning uyg‘unlashuvi) turkiy tillarga xos umumiy fonetik 
qonuniyatdir. 
2. Xususiy fonetik qonuniyatlar muayyan til uchun xos bo‘lgan 
qonuniyatlarni ifodalaydi.Masalan, turkiy tillarga mansub o‘zbek tilining keyingi 
taraqqiyotidagi ichki o‘zgarishlar hamda yondosh tillar ta’sirida yuzaga kelgan 
hodisalar shu tilning o‘ziga xos rivojlanish omillari bilan bog‘liqdir. 
Fonetik qonuniyatlar davr nuqtayi nazaridan ikkiga bo‘linadi. 
1) tarixiy fonetik qonuniyatlar tillar yoki muayyan bir tilning tarixiy 
taraqqiyotida yuzaga kelgan tarixiy-fonologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.Til 
tarixining tarixiy tovush o‘zgarishlarini o‘rganuvchi bo‘limi tarixiy fonetika va 
fonologiya deb yuritiladi. 
2)davriy fonetik qonuniyatlar muayyan til doirasida hozirgi davrda sodir 
bo‘layotgan fonetik o‘zgarishlarni izohlaydi. 
Tarixiy-fonetik va fonologik o‘zgarishlar turli murakkab jarayonlarni o‘z 
ichiga oladi.Fonetik va fonologik o‘zgarishlar natijasida tildagi fonemalar soni 
kamayishi yoki ko‘payishi mumkin, bunda ikki hodisa ro‘y beradi. 
1.Ikki fonemaning yaxlit bir fonema sifatida birlashishi konvergensiya 
deyiladi. O‘zbek tili tarixida ma’lum bo‘lgan til oldi va til orqa, qisqa va cho‘ziq 
fonemalar keyinchalik birlashib, o‘rta cho‘ziqlikka ega bo‘lgan 6 ta unli fonemani 
hosil qilgan. 
2.Bir fonemaning ikki mustaqil fonemaga ajralishi divergensiya deyiladi. 
Masalan, qadimgi turkiy tilda bitta a fonemasi keyinchalik ikki fonemaga ajralgan: 
a va o. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling