147
Nutq tovushlari o‘rgauvchi aspektlardan biri
fonologiya deb yuritiladi. Nutq
tovushlarining vazifaviy qiymatini fonologiya o‘rganadi. Fonologiyaning o‘rganish
manbai fonemadir.
Fonema so‘z, so‘z shakllari va
morfemalarni tashkil etuvchi,
ma’no farqlash uchun xizmat qiluvchi eng kichik, boshqa bo‘laklarga
bo‘linmaydigan til birligidir. Masalan,
tup-tub;quy-qo‘y;sut-sud so‘zlari fonemalar
yordamida farqlanadi. Tarkibidagi birgina fonema bilan farq qiluvchi so‘zlar
kvaziomonimlar deb yuritiladi. Tildagi barcha fonemalar
bir-biriga nisbatan
ma’lum ko‘lamda bo‘ladi. Fonemalarning bog‘lanishi, o‘zaro munosabati
fonologik tizimni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: