Universiteti "tasdiqlayman"
Til taraqqiyotidagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlar
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
2. Til taraqqiyotidagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlar
“Fonologiya tovushlar bilan bog‘langan, biroq u ma’noga ta’sir etmaydigan kichik farqlanishlarni kuzatmaydi. Quyida ikki so‘zlovchi nutqini kuzatamiz: bir so‘zlovchining “Ssh!”(Jim bo‘ling ma’nosida) va boshqa so‘zlovchining ayni “Ssh!”ni boshqacha talaffuz qilishi fonolog olimni qiziqtirmaydi. Bunday holat ingliz tili uchun ham xosdir. Masalan, biror /sh/ tovushi bilan tugagan so‘zni olaylik, aytaylik, wash (yuvmoq) so‘zi bo‘lsin. Uning o‘tgan zamondagi shaklini hosil qilish uchun /ed/ shaklidan foydalaniladi (washed - yuvdim). Bunda talaffuzda qiyinchiliklar yuzaga keladi, ya’ni /sh/ tovushi shovqinli, /d/ esa ovozdor tovushdir. Ingliz tili ona tili hisoblangan inglizlar wazhed yoki washt tarzida talaffuz qiladi. Ingliz tilida R’s tovush birikmasi talaffuzi vengr tilidan farqlanadi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki bu tovushlar nemis hamda fransuz tillarida ham boshqacha talaffuz qilinadi. Ingliz tilining ba’zi shevalarida esa umuman talaffuz qilinmaydi. Agar “hip-hop” musiqani sotib olsangiz (internet orqali) yoki musiqaning nomiga qarasangiz, albatta, brotha, sista, ganxta kabi so‘zlarni ko‘rasiz, ushbu so‘zlar brother, sister va gangster so‘zlarining alternativ talaffuzidir. Yoki singers so‘zini singaz tarzida talaffuz etishadi, ya’ni so‘z oxiridagi r’s talaffuz qilinmaydi. Bu holat barcha ingliz dialektlari uchun xos emas. Four. Four people. Four animals (To‘rt, to‘rt odam, to‘rt hayvon). Agar Angliyaning janubida yashaydigan odamdan shu gaplarni talaffuz qilib berishini so‘rasangiz, /r/ tovushining faqat oxirgi gapda talaffuz qilinganini payqaysiz. R tovushi, odatda, undoshlar oldidan talaffuz qilinmaydi, unlilar oldidan talaffuz qilinganda /Q/ tovushiga o‘xshash tovush eshitiladi. Aksincha, Amerika Qo‘shma shtatlarida istiqomat qiluvchi kishilar esa har uchala gapda ham r tovushini talaffuz etadilar. Umuman, amerikaliklar har bir r tovushini talaffuz etadilar. Venger tilida ba’zi so‘zlar –ban qo‘shimchasi, ba’zilari esa –ben bilan tugaydi: Házban– kézben; hóban –, vízben – kínban va hídban (-kin va –híd so‘zlari bundan mustasno). Qoidaga ko‘ra, “é”, “e” va “i” tovushlaridan so‘ng -ben qo‘shimchasi, “u”, “o” va “a” tovushlaridan so‘ng esa -ban tarzida qo‘shimcha qo‘shiladi. Tovush va fonemalar unli va undosh tovushlarning belgisi sifatida namoyon bo‘ladi”. Til taraqqiyoti va rivoji ma’lum qonuniyatlar asosida yuzaga keladi.Til murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa bo‘lib,undagi birliklar barcha jihatdan uzviy bog‘langan.Ushbu birliklarga aloqador qonuniyatlar ham o‘zaro bog‘liq 148 hisoblanadi.Tildagi tarixiy fonetik o‘zgarishlar ma’lum tarixiy fonetik qonuniyatlar asosida ro‘y beradi. Fonetik-fonologik o‘zgarishlar tilning ichki qonuniyatlari bilan bog‘liq hodisadir. Tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik sohasi qiyosiy-tarixiy fonetikadir.Qardosh tillardagitarixiy fonetik o‘zgarishlar natijasida so‘zlardagi etimologik va geneologik, ya’ni kelib chiqish jihatdan o‘xshash va farqli tomonlarni qiyosiy fonetika aniqlab beradi. Qardosh va qardosh bo‘lmagan tillardagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni tahlil qilish natijasida tipologik, qiyosiy-tipologik fonetika, fonologiya sohalari shakllandi. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling