Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Theodor - Feodor (Fyodr), inglizcha: Thomas – Tomas kabilar. 
Yuqoridagi tovushlar almashuvi ikki yoki undan ortiq tillarda uchraydi. Bir 
tildagi so‘zlarning har xil formalarida ham tovushlar almashuvi ro‘y beradi. 
Bunday tovushlar almashuvi alternatsiya deb ham yuritiladi. Almashinuvchi 
tovushlar esaalternantlar deyiladi. Tovushlar almashinuvining turli morfe- 
malardagi xususiyatlarini morfonologiya o‘rganadi. Tovushlarning almashinuvi 
ikki xil bo‘ladi: fonetik (pozitsion) va tarixiy. 
Fonetik almashuv deb tilning hozirgi talaffuz normasiga asosan ro‘y 
beruvchi alternatsiyaga aytiladi. Bunday almashuv tovushlarning o‘rniga bog‘liq 
bo‘lib, ma’lum holatda uchraydi. 
Masalan: sez - seskanmoq, uyqu - uyg‘onmoq, sariq - sarg‘aymoq, bilak - 
bilagi kabi. 
Tovushlar almashuvi slavyan tillarida, ayniqsa rus tilida juda ko‘p uchraydi. 
Masalan, rus tilidagi ot prefiksi har xil talaffuz qilinadi: отпуск (otpusk), 
отзыв(odzif), oтхот (atxot), охрана (axrana), otgadat (adgadat). Ularning har biri 
fonetik holatiga bog‘liq: yumshoq (t'), (d') undoshlaridan oldin keladi: affrikatlar 
(s) dan oldin, (o) urg‘uli holatda, (a) urg‘usiz holatda va hokazo.Ingliz tilida ham 
yuqoridagiga o‘xshash tovushlar almashuvi kuzatiladi. Masalan, otlardagi ko‘plik 
qo‘shimchasi -s otning birlik shaklida keladi va u so‘z oxiridagi undosh yoki unli 
tovushning artikulyatsion-akustik xususiyatiga ko‘ra har xil talaffuz etiladi: 
jarangsiz undoshdan keyin /s/, sirg‘aluvchi undoshlardan keyin /-iz/ va jarangli 


152 
tovush bilan tugagan so‘zlarda /z/ talaffuz etiladi; maps /maeps/ - "xaritalar", box 
/boksiz/ - "qutilar", beds /bedz/ "krovatlar" kabi. Bu tovush almashuvlarida 
assimilyatsiya muhim ahamiyatga ega. 
Ba’zi tovushlar almashuvi tarixiy faktlar asosida tasdiqlanishi mumkin. Shu 
sababli bunday o‘zgarishlar tarixiy tovush almashuvlari deyiladi. O‘zbek tilidagi 
ba’zi affikslar tarixiy jihatdan har xil bo‘lgan: -gil, -g‘il, -qil, -kil, -gali, -g‘ali, -
kali, -qali shaklida yozilgan va shunday talaffuz etilgan g-k-q tovushlari almashuvi 
ana shunday tarixiy jihatdan shakllangan alternatsiyaga kiradi. 
Ingliz tilida so‘zlarning o‘zagida kelgan unlilarning almashuvi birqancha fe’l 
shakllarini yasashda qo‘llanadi va tarixiy assimilyatsiyaga misol bo‘la oladi:/i: /e/ 
e/ — feed, fed, fed — "boqmoq", /i: /A/ /A/ — win, won, won — "yutmoq 
(o‘yinni)" kabi.
Tovushlar almashuvi natijasida so‘z turkumlari, so‘zlarning grammatik 
shakllari va boshqalarni farqlash mumkin. Tovushlar almashuvi faqat adabiy tilga 
xos bo‘lmay, balki shevalarda ham uchraydi. Xususan, a/ e, i /e tovushlar 
almashuvi turkiy tillar shevalarida otlarning ko‘plik affikslarida uchraydi. O‘zbek 
tili va uning shevalarida bunday tovush almashuvi quyidagicha bo‘ladi: adabiy 
tilda: otlar — itlar; o‘zbek shevalarida: atlar — iytlar / iytler, atlar — itlar /itler, 
etler; qozoq tilida: attar — iyt- ter. 
Fonetik va tarixiy almashuvlar o‘rtasidagi o‘xshashlik ularning morfologik 
funksiyani bajarishida ko‘rinadi. Biroq fonetik tovush almashuvi tilning hozirgi 
talaffuz normasi bilan bog‘liq bo‘lsa, tarixiy tovush almashuvi bunday xususiyatga 
ega emas. 
Til asta-sekin va mustaqil rivojlanib boradi. Tilning takomillashuvi va 
rivojlanishi ma’lum qonuniyatlar asosida sodir bo‘ladi va boshqa ba’zi 
qonuniyatlardan, xususan, tabiat qonunlaridan farq qiladi. 
Til murakkab va ko‘pqirrali ijtimoiy hodisa bo‘lib, undagi barcha elementlar 
bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan. Shu sababli tildagi qonuniyatlar ham bir-
biri bilan bog‘lanadi. Chunonchi, tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlar ma’lum 
fonetik- fonologik qonuniyatlar asosida ro‘y beradi va bu esa o‘z navbatida, 
grammatik va leksik o‘zgarishlarga ham ta’sir etadi. Tildagi tarixiy-fonetik 
o‘zgarishlarni qandaydir fiziologik yoki fizik qonunlar asosida tushuntirish 
mumkin emas. Fonetik-fonologik qonuniyatlar tilning ichki qonunlari hisoblanadi 
va faqat tilshunoslik jihatidan ilmiy tadqiq qilish orqali izohlanadi. Tildagi tarixiy-
fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik sohasi qiyosiy-

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling