Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet103/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

tarixiy fonetika deb ataladi. 
Tillardagi, ko‘pincha qarindosh tillardagi (slavyan, german, roman, turkiy 
tillari kabi) tarixiy-fonetik o‘zgarishlar natijasida so‘zlardagi etimologik va 
geneologik, ya’ni kelib chiqishi jihatdan o‘xshashlik va farqlarni qiyosiy-tarixiy 
fonetika aniqlab beradi. Qardosh va qardosh bo‘lmagan tillardagi tarixiy- fonetik 
o‘zgarishlarni va hozirgi fonetik-fonologik o‘xshashlik va farqli belgilarni 
o‘rganish natijasida tipologik va qiyosiy-tipologik fonetika hamda fonologiya 
sohalari vujudga keldi. Umuman tildagi rivojlanish qonuniyatlari singari, tarixiy-
fonetik va fonologik o‘zgarishlarni o‘rganishdagi fonetik va fonologik 
qonuniyatlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 


153 
1) umumiy fonetik qonuniyatlar –barcha tillarga xos bo‘lgan universal 
holdagi tartib va qoidalarni belgilab beradi va ular tilning boshqa bosqichlarida 
ro‘y beruvchi umumiy hodisalar bilan ham bog‘lanadi. Masalan, barcha turkiy 
tillarda jarangsiz undoshlar ikki unli tovush oralig‘ida jaranglilashishi mumkin. 
Barcha turkiy tillarda singarmonizm (unlilarning uyg‘unlashuvi yoki unlilar 
garmoniyasi) qonuniyati mavjud bo‘lib, so‘z o‘zagidagi unlining uning affiksidagi 
unli bilan uyg‘unlashuvida ko‘rinadi. Bunday singarmonizm hodisasi unlilarning 
til va labning holatiga ko‘ra uyg‘unlashuvi bilan izohlanadi. Masalan, qozoq tilida: 
attar, bashtar; turkman tilida: barar, dashar; qirg‘iz tilida: ottuz, moyun, tundu 
kabilar. 
2) alohida fonetik qonuniyatlar ayrim tillar uchun xos bo‘lgan hodisalarni 
izohlaydi. Masalan, boshqa turkiy tillarga xos bo‘lgan singarmonizm o‘zbek tili 
tarixida ham bor bo‘lib, unli fonemalar bu tilda 8-9 ta bo‘lgan. Tarixiy-fonetik 
o‘zgarishlar o‘zbek tilining ichki fonetik qonuniyatlari va tashqi ta’sir natijasida, 
ya’ni boshqa tillar bilan aloqasi natijasida yuzaga kelgan. Hozirgi o‘zbek adabiy 
tilida oltita unli fonema bo‘lib, ular tilning ko‘tarilishi (yuqori, o‘rta, quyi) va 
labning holatiga ko‘ra fonologik oppozitsiyani tashkil qiladi: i - u e - o‘ a – o.Bu 
fonetik va fonologik alomatlar boshqa turkiy tillar uchun xos emas. 
Fonetik va fonologik qonuniyatlar tildagi ichki va boshqa tillar bilan aloqa 
natijasida –tashqi faktorlar ta’sirida bo‘lishi mumkin. Ba’zan esa har ikki faktor 
ham bir yo‘la ta’sir qilishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilida /o fonemasining hosil 
bo‘lishida ikki fikr mavjud. O‘zbek tilidagi ichki fonetik faktorga asoslangan 
qarash /o fonemasi /a/ fonemasining lab va chuqur til orqa undoshlaridan keyin 
kelib, /o -lashganini ko‘rsatadi. Tashqi faktorga asoslangan qarash o‘zbek tilidagi 
/o/ fonemasi fors-tojik tilining ta’siri ostida hosil bo‘lgan deb hisoblaydi.
Shevalar orfoepik, grammatik va leksik normalardan tashqarida bo‘lgani 
tufayli ularda turli o‘zgarishlar saqlanib qoladi va asta-sekin adabiy tilga ham ta‘sir 
qiladi. 
Fonetik qonuniyatlar xronologik jihatdan ikki turli bo‘ladi: 
1) diaxronik fonetik qonuniyatlar – bir guruh tillar yoki aynan bir tilning 
tarixida ro‘y bergan tarixiy-fonetik va fonologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu 
tarixiy hodisalarni o‘rganuvchi til tarixining bir bo‘limi diaxronik (tarixiy) fonetika 
va fonologiya deb yuritiladi, yuqorida ko‘rsatilgan tarixiy tovush o‘zgarishlari ana 
shunday diaxronik fonetikaga oid xususiyatlar hisoblanadi. 
2) sinxronik fonetik qonuniyatlar– hozirgi davrda bo‘layotgan bir qancha 
tillardagi yoki ma’lum bir tildagi tovush o‘zgarishlari va urg‘uning tabiatiga oid 
xususiyatlarni ko‘rsatib beradi. Bunda hozirgi tillardagi yangi talaffuz 
tendensiyalari ham o‘rganiladi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida unlilar til oldi 
undoshlaridan keyin til oldi va til orqa undoshlardan keyin til orqa variantlarga ega 
bo‘ladi. 
Tarixiy-fonetik va fonologik o‘zgarishlar turli hodisa va jarayonlarni o‘z 
ichiga oladi. Masalan, turkiy tillar va shevalariga xos bo‘lgan o-lashish, y-lashish, 
j-lashish, yo-lashish kabi hodisalar, german tillari tarixidagi umlaut, ya’ni til orqa 
lablangan unlilarning va keyingi bo‘g‘indagi / tovush ta’sirida til oldi holatiga 


154 
o‘tishi, ablaut, ya’ni ichki fleksiyadagi tovush almashuvi kabilar ana shunday 
hodisalarga kiradi. 
Fonetik va fonologik o‘zgarishlar natijasida tildagi fonemalar soni 
kamayishi yoki ko‘payishi mumkin. Bunda ikki hodisa ro‘y beradi:Agar tilda 
bo‘lgan ikki fonema bir fonemaga birlashsa, konvergensiya deyiladi. O‘zbek tili 
tarixida bo‘lgan til oldi va til orqa, qisqa va cho‘ziq unli fonemalar keyinchalik 
birlashib, o‘rta cho‘ziqlikka ega bo‘lgan olti unli fonemani hosil qilgan. 
Agar bir fonema ikki fonemaga ajralsa, divergensiya deyiladi. Masalan, 
qadimiy turkiy tillarda bo‘lgan /a/ fonemasi keyinchalik ikki fonemaga ajralgan: /a/ 
va /o/. Bu hodisa divergensiya jarayoni natijasida sodir bo‘lgan. 
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion o‘zgarishlari 
ham kiradi. Chunki tovushlar turli holatlarda har xil o‘zgarishlarga uchraydi. 
Chunonchi, unlilar ochiq urg‘uli bo‘g‘inda cho‘ziq va yopiq urg‘usiz bo‘g‘inda esa 
qisqa talaffuz etilishi mumkin. Bunday holat ham ko‘pgina tarixiy va hozirgi 
tovush o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Fonetik va fonologik qonuniyatlarni 
tilning boshqa bosqichidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda o‘rganish asosli 
xuloslar beradi. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling