Universiteti "tasdiqlayman"
Kombinator va pozitsion tovush o‘zgarishlari
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
Kombinator va pozitsion tovush o‘zgarishlari
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion o‘zgarishlari ham kiradi. Umuman, fonetik qonuniyatlarni boshqa yondosh hodisalar ta’sirida o‘rganish tilshunoslik fani uchun ilmiy qiymatga ega. ”XIX asrda paydo bo‘lgan yangi maktab “Yosh grammatikachilar” deb atalib, ular birinchi marta tillarda doimiy o‘zgarishlar bo‘lib turishini kashf etganlar. Ular tovush o‘zgarishlarining ma’lum turi tasodifiy emasligini qayd 149 etishadi, ammo bu o‘zgarishlar juda ko‘p so‘zlarda namoyon bo‘ladi ( masalan, /p/ > /f/). Shuningdek, bugungi kundagi ayrim shakllarni til taraqqiyotining ma’lum bir davridagi tovush o‘zgarishlarini aniqlash orqali dastlabki holatidan ajratib olish mumkin. “Yosh grammatikachilar” tomonidan analogiya konsepsiyasi ishlab chiqildi: tillar barqarorligiga yordam beruvchi va undagi tartibsizliklarni chetlashtiruvchi jarayon –muhim mexanizm bo‘lib, biz tildagi odatiy tovush o‘zgarishlari bilan noodatiy (morfologiyada qayd etilgan) tovush o‘zgarishlarini bilishimiz kerak. Yosh grammatikachilar tovush o‘zgarishlarini tabiat qonunlariga ko‘ra izohlashgan. Keyinchalik ba’zi tilshunoslar tilning o‘zgaruvchanligini izohlashning boshqa yo‘llarini topadilar. Tilshunoslikning strukturalizm maktabi (XX asr boshlari) tildagi barcha elementlarni o‘z o‘rnida sistema holatida o‘rganishni boshlab beradilar. Tildagi bir elementning o‘zgarishi butun sistemaga ham ta’sir qiladi. Strukturalistlarni til sistemasida sodir bo‘ladigan alternativ o‘zgarishlar ko‘proq qiziqtirgan. Shunday tovush o‘zgarishlaridan biri ikki fonemaning bir fonemaga o‘tishi yoki bir fonemaning xuddi shunday o‘zgarish bilan tilda mavjud bo‘lgan boshqa fonemaga o‘tishi kabilar. Masalan, wh (which) tovush kombinatsiyasi ingliz tilida /hw/ tovushini ifodalashga xizmat qiladi va w/w/(witch) tovushi talaffuzidan farq qiladi? Ammo yozuvda ikki tovush bilan ifodalanadi. Jiddiy o‘zgarishlar kommunikativ muammolar tufayli ham ro‘y berishi mumkin va u boshqa fonemalardagi o‘zgarishlarni ham boshlab beradi. Tilning generativ nazariyasi (XX asrning 2-yarmida kashf etilgan) tildagi o‘zgarishlarni uning grammatikasidagi o‘zgarishlar sifatida baholaydi. Grammatika bu qonuniyatlarning o‘rnatilishi, tilda ma’lum bir o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi va qonuniyatlarning o‘zgarishidir: mavjud qonuniyatlar ma’lum bir yo‘l bilan o‘zgaradi, yangi qoidalar yuzaga keladi, ba’zilarining jarayonda bartaraf bo‘lishi kuzatiladi. Nutqdagi turli faktorlar natijasida tovushlar bir-biriga ta’sir qiladi. Bunday faktorlardan biri tovushning o‘rni, uning boshqa tovushga yonma-yon holatda bo‘lishi, tovushlarning birikuvi va urg‘uning tabiatiga bog‘liq. Tovushlarning pozitsion va kombinator o‘zgarishlari farqlanadi. Ma’lum holatda ro‘y beruvchi tovushlarning o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishshlar deb ataladi. Pozitsion o‘zgarishlar uch turga bo‘linadi: 1) urg‘uga nisbatan urg‘uli va urg‘usiz unlilar farqlanadi; 2) bo‘g‘in va uning tabiatiga ko‘ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo‘g‘inlar farqlanadi; 3) so‘zdagi o‘rniga ko‘ra so‘z boshi, o‘rtasi va oxiridagi tovushlar va ularning birikmalari farqlanadi. Unli tovushlarning urg‘usiz bo‘g‘inlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi reduksiya deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduksiyasi farqlanadi. Urg‘usiz yopiq bo‘g‘inlarda unlilar cho‘ziqligining qisqarishi va kuchli artikulyatsiya qilinishining yo‘qolishi miqdor reduksiyasi deb ataladi. Masalan, sanash so‘zining boshidagi urg‘usiz /a/, oxiridagi /a/ ga qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi. Rus tili orqali o‘zlashgan direktor, rektor so‘zlaridagi o unlisi urg‘usizdir. 150 Akkomodatsiya tovushlarning hosil bo‘lish o‘rni va usuli, labning holati va tovush paychalarining tebranishiga ko‘ra moslashuv orqali amalga oshiriladi. Nutqdagi barcha tovushlar bir-biri bilan artikulyatsiya fazalari orqali bog‘lanadi va bu artikulyatsiya strukturasini tashkil etadi. Tovushlar o‘rtasidagi bog‘lanishning artikulyatsiya strukturasini chuqur o‘rganish yordamida fonetik hodisalar oydinlashadi. Assimilyatsiya hodisasi ham talaffuzni iqtisod qilishning bir turi hisoblanadi. Assimilyatsiya natijasida so‘zlar qisqarishi, undagi tovushlarning artikulyatsiyasi o‘xshash bo‘lib qolishi talaffuzni osonlashtirishga yordam beradi. Turli tillarda assimilyatsiyaning tabiati o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Xususan, nemis tilida jaranglilik belgisi bo‘yicha assimilyatsiya uchramaydi. Bunday assimilyatsiya rus va o‘zbek tillariga xosdir. Distant assimilyatsiya ko‘proq unlilarning o‘zaro ta’siri natijasida ro‘y beradi va turkiy, fin-ugor, ba’zi german tillarida uchraydi. Masalan, nemis tilida otlarning ko‘plik qo‘shimchasidagi unli so‘z o‘zagidagi unliga o‘xshash belgilariga ega bo‘ladi. Bu hodisaumlaut deyiladi: Buch "kitob" - biicher "kitoblar", Sohn "o‘g‘il" - Sohne "o‘g‘illar" kabi. Progressiv assimilyatsiyaning yana bir turi singarmonizm yoki unlilarning uyg‘unlashuvi deb atalib, u so‘zlarda (o‘zak va affiksda) unlilarning o‘xshash artikulyatsion-akustik belgilarga ega bo‘lishi bilan izohlanadi. Ba’zi afrika tillarida unlilar bir so‘z yoki so‘zlar birikmasi doirasida uyg‘unlashadi. Ko‘pgina urol va oltoy tillarida unlilar til oldi va til orqa, hamda lablangan-lablanmagan belgilari bo‘yicha uyg‘unlashadi. Masalan, turkiy tillarda, xususan, turkman, qozoq, qirg‘iz, turk, qoraqalpoq tillaridagi so‘zlarda til oldi yoki til orqa, lablangan yoki lablanmagan unlilar o‘xshash holatda uchraydi. Bunda so‘z o‘zagidagi unli bilan uning affiksidagi unli uyg‘unlashadi. Masalan, turkman tilida: galamlar - "qalamlar", gelinlar - "kelinlar" qozoq tilida: bashtar - "boshlar", koldor - "qo‘llar", turk tilida: gollar - "qo‘llar", gozlar - "ko‘zlar" kabi. Singarmonizm urg‘u bilan ham bog‘liq bo‘lib, ularning har ikkisi so‘zning fonetik belgisi hisoblanadi. Assimilyatsiya sinxronik (yangi paydo bo‘lgan) va diaxronik (tarixiy shakllangan) bo‘lishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan umlaut va singarmonizm hodisalari tovushlarning tarixiy assimilyatsiyasi natijasida kelib chiqqan. Assimilyatsiya natijasida nutq tovushlari o‘rtasidagi farqlar yo‘qolib, ular bir yoki bir necha belgilari bilan o‘xshash bo‘ladi yoki uyg‘unlashadi. Biroq bu hodisaga aksincha bo‘lgan tovushlarning o‘zaro ta’siri ham borki, bunda tovushlarning o‘xshashlik xususiyati yo‘qoladi. Agar so‘zdagi ikki bir-biriga o‘xshash tovushlardan biri o‘zgarib, natijada ular biror artikulyatsion-akustik belgisi yoki bir necha belgilari bilan farqlanib qolsa, dissimilatsiya (lotincha dissimilatio - "o‘xshamaslik") deyiladi. Masalan, rus va o‘zbek og‘zaki nutqida dissimilyatsiya ko‘p uchraydi: tumba (tunba), Tambov (tanbov), tramvay (tranvay), kombayn (konbayn), djemper (djenper), ambar (anbar). Ingliz tilida marble - "mramor" so‘zi fransuz tilidagi marbre — so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, so‘z oxiridagi (r) tovushi dissimilyatsiya natijasida (1) ga ko‘chgan. 151 Metateza (yoki inversiya) hodisasi tovushlar yoki bo‘g‘inlarning so‘z tarkibida o‘zaro o‘rin almashishi bilan izohlanadi. Ba’zan so‘zda yonma-yon kelgan tovushlarning o‘zaro o‘rin almashuvi inversiya deb, aksincha, bir-biridan uzoq bo‘lgan tovushlarning o‘zaro almashinuvi metateza deb yuritiladi. Bu hodisa ko‘proq og‘zaki nutqda uchraydi: mramor (marmar), tuproq (turpoq), yomg‘ir (yog‘mir), tuhfa (tufha), supra (surpa) kabi. Diereza (yoki tushurib qoldirmoq) hodisasi undosh tovushlarni talaffuzda tushirib qoldirish bilan izohlanadi: (Toshkent shevasida) go‘sht (go‘sh), rost (ros), surtmoq (surmoq), tandir (tanir) kabi. Agar bir xil yoki o‘xshash bo‘g‘inlardan biri tushirib qoldirilsa, gaplologiya deyiladi. Masalan, morfofonologiya so‘zi o‘rnida morfonologiya,sarig‘ yog‘ o‘rnida saryog‘ kabi. So‘zga tovushni qo‘shib aytish epenteza deyiladi: ishqiboz kabi. So‘zning boshlang‘ich qismiga tovushlar qo‘shib aytilsa, proteza deyiladi. Turkiy tillarda, xususan o‘zbek tilida (og‘zaki nutqda) rus tilidan kirgan so‘z boshida kelgan undosh tovushlar birikmasi oldidan (i), (u) unlilarini qo‘shib aytish protezaga misoldir: stol (ustol), stul (ustul). Chet tilidan kirgan so‘zlardagi tovushlarni ona tilidagi tovushlar bilan almashtirib talaffuz qilish substitutsiya deyiladi. Odatda, ona tilida bo‘lmagan chet tilidagi tovush ko‘proq almashtiriladi. Biroq chet tilidagi tovushga o‘xshashroq tovush ona tilida bo‘lishiga qaramay, uni almashtirish hollari ko‘p uchraydi. Chunki har bir til o‘zining alohida tovush sistemasiga ega va undagi tovushlar boshqa tilda qaytarilishi mumkin emas. Bunday tovushlar substitutsiya hodisasi atoqli otlarda ko‘p uchraydi: nemischa: Webster - Uebster, Isaak - Isaak, lotincha: Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling