Universiteti "tasdiqlayman"
GLOSSARY Atamaning o’zbek
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-MAVZU. LEKSIKOLOGIYA VA UNING BO`LIMLARI Reja: 1. Leksikologiyaning predmeti va vazifalari 2. Leksikologiyaning bolimlari
GLOSSARY
Atamaning o’zbek tilida nomlanishi Atamaning ingliz tilida nomlanishi Atamaning rus tilida nomlanishi Atamaning izohi assimilyatsiya Assimilation ассимиляция yonma-yon yoki ketma-ket kelgan tovushlarningo‘zaro moslahuvi. diereza Dieresa диереза undosh tovushlarni talaffuzda tushirib qoldirilishi. metateza Metathesis метатеза tovushlarning o‘rin almashuvi. reduksiya Reduction редукция unli tovushlarning urg‘usiz bo‘g‘inlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi deyiladi. singarmonizm synharmonism сингармонизм tovushlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi. qiyosiy-tarixiy fonetika comparative- historical phonetics сравнительно- историческая фонетика tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi qiyosiy- tarixiy tilshunoslik sohasi. tildagi tarixiy fonetik o‘zgarishlar ma’lum tarixiy fonetik qonuniyatlar 155 asosida ro‘y beradi. Fonetik-fonologik o‘zgarishlar tilning ichki qonuniyatlari bilan bog‘liq hodisadir. qiyosiy-tipologik fonetika comparative typological phonetics сравнительно- типологическая фонетика qardosh va qardosh bo‘lmagan tillardagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni tahlil qiladi. Tilshunoslik taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlari, tilning ichki qurilishi, til tizimi, til va nutq munosabatlari haqidagi fan. fonetik-fonologik qonuniyatlar phonetic- phonological laws фонетико- фонологические законы til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni tahlil etuvchi qonuniyatlarlardir. umumiy fonetik qonuniyatlar general phonetic laws общие фонетические законы barcha tillarga xos umumiy holdagi tartib va qoidalarni tilning boshqa qonuniyatlari bilan bog‘liqlikda aks ettiradi. xususiy fonetik qonuniyatlar private phonetic patterns частные фонетические закономерности muayyan til uchun xos bo‘lgan qonuniyatlarni ifodalaydi. Аdabiyotlar: 1. Sоbirоv А. O‘zbеk tilining lеksik sаthini sistеmаlаr sistеmаsi tаmоyili аsоsidа tаdqiq etish. –Tоshkеnt: Mа’nаviyat, 2004. 2. Mirtоjiеv M. Hоzirgi o‘zbеk аdаbiy tili.–Tоshkеnt, 2004. 3. Yo‘ldоshеv I. O‘zbеk kitоbаtchilik tеrminоlоgiyasi. – Tоshkеnt: Fаn, 2005. 4. Yo‘ldоshеv I., Shаripоvа O‘. Tilshunоslikkа kirish. –Tоshkеnt: Iqtisоd- mоliya, 2007. 5. Jаmоlхоnоv H. Hоzirgi o‘zbеk аdаbiy tili. –Tоshkеnt, 2008. 156 14-MAVZU. LEKSIKOLOGIYA VA UNING BO`LIMLARI Reja: 1. Leksikologiyaning predmeti va vazifalari 2. Leksikologiyaning bo'limlari 3. Aqliy leksika va leksik diffuziyalar. Ma'noning formal kodi 1. Leksikologiyaning predmeti va vazifalari Lеksikоlоgiya so‘zi grеkchа lexicos – “lug‘аviy bеlgi” vа logos - “bilim” so‘zlаridаn оlingаn bo‘lib, tilshunоslikning so‘z vа so‘zgа tеng lug‘аviy birliklаr, аniqrоg‘i, til bоyligi hаqidа bаhs yurituvchi qismidir. Hаr bir tilning lug‘аt tаrkibi, bоyligi, shuningdеk, tildаgi sо‘zlаr mаjmui lеksikа dеb yuritilаdi. Shungа kо‘rа lеksikа sо‘zi аdаbiy tilning lug‘аt tаrkibi mа’nоsidа hаm, birоr shеvа yoki diаlеktning lug‘аt tаrkibini ifоdаlаsh uchun hаm (diаlеktаl lеksikа), mа’lum bir kаsb-hunаr kаbi sоhаgа оid lug‘аt tаrkibi mа’nоsidа hаm (tеrminоlоgik lеksikа), hаttо аyrim yozuvchi аsаri (yoki аsаrlаri)ning sо‘zlаri mаjmui mа’nоsidа hаm (mаsаlаn, Nаvоiy аsаrlаri lеksikаsi) qо‘llаnаvеrаdi. Lеksikоlоgiya lеksikаni о‘rgаnаdi, lеksikа esа, о‘z nаvbаtidа, sо‘zlаrdаn yoki sо‘zlаr mаjmuidаn ibоrаt bо‘lаdi. Biroq xorijiy adabiyotlarda leksika va morfologiya ajratilmay ta’riflanadi, so`z turkumlari leksik kategoriyalar deb beriladi: Ingliz tilida 1- muhim leksik kategoriya - ot ko`pincha dunyodagi barcha konkret obyektlarning turlarini ifodalaydi.(cake- tort, moon- oy, water- suv). 2-muhim kategoriya – fe’l esa o`ziga xos mashg`ulotlarni (applaud- olqishlamoq, steal-o`g`irlamoq, work-ishlamoq) ifodalaydi. Bundan tashqari, fe`llar va otlar bir qancha turli xil shakllarga ega: ayrim otlar maxsus ko`plik shakliga ega bo`lsalar, ayrim fe`llar ko`plab boshqa shakllarga egadirlar va ular quyidagicha: • People work- odamlar ishlaydi- hozirgi oddiy zamon III sh.ko`plik uchun • Maria works- Mariya ishlaydi- hozirgi oddiy zamon III sh.birlik uchun • Mariya is working- Mariya ishlayapti-hozirgi davomli zamon III sh.birlik uchun • Maria worked- Mariya ishlagan- o`tgan zamon.III sh.birlik uchun Otlar va fe`llar frazalar hosil qilish uchun boshqa so`zlar bilan birikish xususiyatiga ega. Masalan, otlarning oldidan ko`pincha definite (aniq) “the” yoki indefinite (noaniq) “a/an” artikllari kelishi mumkin. Lekin fe`llar artikllarni qabul qila olmaydi. Otlar bilan artikllar birikishidan kichik frazalar ( the young- yosh avlod, an hour- 1 soat) hosil qilinsa fe`l bilan birga ular yana ham kattaroq frazaga aylanadi. Masalan(steal a car – mashinani o`g`irlamoq, applaud the singer- qo`shiqchini olqishlamoq)- bu holatda biz ” a car” va ” the singer” ning vazifasini ” applaud ” va ” steal ” fe`llarining to`ldiruvchilari deb qabul qilishimiz mumkin. Bunday fe`llar to`ldiruvchilarisiz o`z- o`zlarini to`ldira olmaydilar. 157 3-katta kategoriya bu-sifat. Sifat shaxs yoki predmetlarning xususiyatlarini ya`ni otni ta`riflaydi. Masalan, xursand bola, shovqinli motor. Sifatlar otlar oldidan keluvchi artikllar bilan joy almashishiga qaramasdan, artikl ham sifat ham ular bilan birikayotgan otga tegishligidir.(a happyboy- xursand bola, happy a boy – bu noto`g`ri). Biz yana fe`lning ” to be ” shaklidan keyin sifat ishtiroki bilan mustaqil gap tuzishimiz mumkin.(The man is happy- bu kishi baxtlidir, “The engine was noisy”- bu mator shovqinli edi.) Ot yoki fe`llar kabi sifat ham maxsus shakllarga ega: comparative - qiyosiy daraja ”happier”(baxtliroq ya`ni baxtli darajasidan ham yuqoriroq) yoki superlative- orttirma daraja “happiest” (eng baxtli)” . Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling