Eskirib qolgan so‘zlar
|
kundalik hayotda ishlatilmaydigan bo‘lib qolgan so‘zlardir. Jamiyat to‘xtovsiz rivojlanib boradi. Yillar o‘tishi bilan mehnat qurollari, kiyim-kechak, uy jihozlarining yangi nusxalari paydo bo‘ladi, eskilarining ba’zilari ishlatilmaydigan bo‘lib qoladi, natijada ularni ifodalovchi so‘zlar ham bora-bora juda kam qo‘llanadi yoki iste’moldan chiqib ketadi. Eskirgan so‘zlar ikkita guruhga ajratiladi:
|
Flektiv tillar
|
birdan ortiq grammatik ma’no odatda birgina grammatik ko‘rsatkich orqali ifodalanadi. Masalan, rus tilidagi kniga so‘zshakli tarkibidagi –a affiksi (tugallanmasi) uch grammatik ma’noni: 1) jinsni (jenskiy rod), 2) bosh kelishikni (imenitelniy padej), 3) birlik sonni (yedinstvennoye chislo) bildirib kelgan; rus tilidagi uchu so‘z shakli tarkibidagi –uaffiksi ham uch grammatik ma’noni: 1) aniqlik (xabar) maylini; 2) hozirgi zamonni; 3) 3-shaxs birlikni ko‘rsatish uchun xizmat qilgan.
|
Fonema
|
so‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turidir. Masalan: bal -bel –bil –bol – bo‘l so‘zlari tarkibidagi a, e, i, o, o‘ tovushlari so‘z ma’nolarini belgilash (ajratish)ga xizmat qiluvchi fonemalardir: bor, dor, zor, kor, nor, tor, xor, chor, qor so‘zlari tarkibidagi birinchi tovushlar ( b, d, z, k, n, t, x, ch, q ) ham shunday vazifa bajargan. Fonemalarning uch belgisi bor: 1. Akustikasi (eshitilishi). 2. Artikulyatsiyasi (aytilishi yoki talaffuzi). 3. Ma’no farqlashi (ba’zi darsliklarda “lingvistik tomoni” deyiladi). Bular ichida fonemaning ma’no ajratish belgisi muhim hisoblanadi. Aks holda tovush fonema sanalmaydi.
|
Fonetika
|
grеkcha phone-“tovush” so`zidan olingan bo’lib, tilshunoslikning inson nutqini ifoda qilish uchun zurur bo`lgan tovushlar va tovush vositalari haqidagi sohadir.
|
Fraza
|
har ikki tomondan chuqur pauza bilan bo`lingan eng katta fonеtik birlik
|
Grammatika
|
grekcha grammatikeso‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, "o‘qish va yozish haqidagi bilim" degan ma’noni bildiradi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |