Metateza
|
undosh tovushlarning o‘rin almashuvidir: tuproq – turpoq, aylanmoq – aynalmoq
|
Metafora
|
grekcha: ko‘chirish) – biror predmet shaklining, belgisining, harakatining o‘xshash tomonini boshqasiga ko‘chirishdir
|
Metonimiya
|
(grekcha: qayta nomlash) - narsa, belgi va harakatlar o‘rtasidagi aloqadorlik asosida ma’no ko‘chishidir.
|
Monolog
|
bir kishining nutqi
|
Morfologiya
|
grekcha morfe (shakl) va logos (so‘z, fan) so‘zlaridan paydo bo‘lgan.
|
Sinekdoxa
|
grekcha: birga anglash, nazarda tutish) – shaxs yoki predmet qismi nomini aytish bilan o‘zini tushunish yoki o‘zining nomini aytish bilan uning qismini tushunish asosida ma’no ko‘chishidir
|
Omonimlar
|
grekcha homos – “bir xil”, onoma yoki onyma – “nom” degan ma’nolarni ifodalab, talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlardir: yuz (ot) – yuz (son), tut (daraxt)–tut (harakat).
|
Orfoepiya
|
(grekcha orphos – to‘g‘ri, epos – nutq)deb yuritiladi. To‘g‘ri talaffuz, avvalo, shaxsning madaniy yetukligidan dalolat beradi.
|
Paronimlar
|
ruscha para “juft” va grekcha onoma yoki onyma “nom” degani bo‘lib, aytilishi bir-biriga yaqin, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlardir. Paronimlar ko‘pincha bir tovush bilan bir-biridan farq qiladi: asr - asir, shox - shoh, amr - amir.
|
Polilog
|
ikkitadan ortiq kishining nutqi
|
Qomusiy lug‘atlar
|
mashhur shaxslar, ilmiy, siyosiy, adabiy hamda ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi predmetlar, hodisalar haqida ma’lumot beradi. "O‘zbek milliy ensiklopediyasi", "Salomatlik ensiklopediyasi", "U kim, bu nima” kabi lug‘atlar shular jumlasidandir.
|
Sinonimlar
|
grekcha synonymos yoki synonymon – “bir nomli” degan ma’noni bildirib, shakli har xil bo‘lsa ham, ma’nolari bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlardir
|
Singarmonizm
|
unli tovushlarning moslashuvi, ohangdoshligi, uyg‘unligi demakdir. Bu hodisa faqat turkiy tillarda uchraydi. Bunga ko‘ra so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida qanday unli kelsa, keyingi bo‘g‘inida ham shunday unli kelishi kerak: burun, quruq, uzun.
|
Sintagma
|
ikkita to‘xtam orasidagi nutqiy bo‘lak
|
Sintaksis
|
grekcha so‘z bo‘lib, "tuzish” demakdir
|
Tarixiy so‘zlar
|
hozirda mavjud bo‘lmagan narsa-hodisalarning iste’moldan butunlay chiqib ketgan nomlaridir; bunda so‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi: mingboshi, ellikboshi, kanizak, omoch, dodhoh, mumsik, xalfa, mo‘ndi...
|
Til oilalari
|
dunyodagi tillarning kelib chiqishi, lug‘aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab bo‘linishi
|
|