Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Ahmoniylar Eroni davlatining siyosiy tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
6.Ahmoniylar Eroni davlatining siyosiy tarixi. Navbatda-
gi Parsuash hokimi Kambiz I ning o‘g‘li Kayxusrav II bo‘lgan. Mil.avv. 558-yilda fors qabilalari podshosi bo‘ldi. Forslar o‘zlari qaram bo‘lgan Midiyaga qarshi mil.avv. 553-yilda Kayxusrav II boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Kayxusravning otasi Kam- biz Midiya podshosi Astiagning qiziga uylangan edi. Urush uch yil davom etdi va mil.avv. 550-yilda forslarning g‘alabasi bilan tugadi. Midiyaning poytaxti Ekbatana fors podshosining qa- rorgohlaridan biri bo‘lib qoldi. Midiya bosib olinganidan keyin forslar qo‘shni mamlakatlarga yurish boshladilar. Ular mil.avv. 549–548-yillar Parfiya va Girkaniyani va ehtimol, Armaniston- ni bosib oladilar. Mil.avv. 547-yilda forslar Kichik Osiyoda eng kuchli davlat hisoblangan Lidiyani istilo qilishga kirishdilar va ikki jangdan so‘ng Lidiya podsholigi istilo qilinadi. Shundan so‘ng, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari Kayxusrav hokimiya- tini ko‘ngilli tan oldilar. Kayxusrav mil.avv. 545-yildan 530-yilgacha hozirgi Eron- ning sharqiy hududlari, Afg‘oniston va Hindiston, O‘rta Osiyo- dagi ba’zi viloyatlarni va Marg‘iyona, Xorazm, So‘g‘diyona, Baqtriya, Ariya, Gedrosiya, Sattagidiya, Araxosiya va Gand- xarani bo‘ysundirdi. Ahmoniylar davlati hududlari Hindiston- ning shimoliy-g‘arbiy chegaralarigacha, Hindiqushning janubiy yonbag‘irlarigacha yetdi. Kayxusrav shimoliy-sharqiy yo‘nalish- larda o‘z ta’sirini mustahkamlab oldi. Shundan so‘ng Kayxus- ravning navbatdagi yurishi natijasida mil.avv. 539-yil kuzida Bobil podsholigi bosib olindi. Bobil podsholigi rasman saqlab qolinib, uning ijtimoiy tuzilmasi o‘zgartirilmadi. Bobil shahri fors podsholari turadigan qarorgohlardan biriga aylantirildi. Bobil davlat boshqaruvida bobilliklar yetakchi o‘rinda qolaver- 222 di. Bobilliklarning qadimgi diniy e’tiqodlariga fors podsholari homiylik qildilar. Amalda Bobil mustaqil davlatdan Ahmoniylar satrapiyasi (viloyati)ga aylandi. Mamlakat mustaqil siyosat yu- ritishdan mahrum bo‘ldi. Ichki siyosatda oliy harbiy va ma’mu- riy hokimiyat fors podshosining noibi qo‘liga o‘tdi. Shundan so‘ng Suriya, Falastin va Finikiyaning shahar-dav- latlari Misr chegaralarigacha Kayxusravga ko‘ngilli ravishda bo‘ysundilar. Finikiya, Bobil va Kichik Osiyoning savdo-hunar- mand qatlamlari tranzit savdo yo‘llari xavfsizligini ta’minlay- digan kuchli markazlashgan davlatdan manfaatdor edilar. Shu sababli, ular qudratli Fors davlatini qo‘llab-quvvatladilar. Kayxusrav buyuk imperiyaning boshlanishiga asos soldi. Uning davridan boshlab, fors urug‘-qabila yo‘lboshchilari im- periyaning oliy amaldorlari satrapliklarning noiblariga aylandi- lar. Ular katta-katta yer va mulklar, boyliklarga ega bo‘ldilar. Oddiy forslar harbiy tabaqaga aylandilar, harbiy turmush tar- zida yashadilar. Fors harbiylariga ajratilgan yerlarda qaram kishilar, qullar ishladilar. G‘olibona yurishlardan ulkan harbiy o‘ljalar, o‘n minglab asirlar olib kelindi. Asirlar shaharlar, ibo- datxonalar, yo‘llar va sug‘orish inshootlari qurilishida ishlatildi. Bosh poytaxt Persepolning ulkan hashamatli saroylari ularn- ing kuchi bilan tog‘yonbag‘rida bunyod qilindi. Vaqt o‘tishi bi- lan oliy amaldorlar, satraplar turli yo‘llar bilan mislsiz boylik to‘pladilar va markaziy hokimiyatga bo‘ysunmay qo‘ydilar. Ox- ir-oqibatda davlat hokimiyati zaiflashdi va qariyb 200 yildan so‘ng halokatga yuz tutdi. Yangi shakllangan fors davlatining shimoliy-sharqiy chega- ralarida jangovar sak va massagetlar yashar edi. Bu gabilalar azaldan Eron chegara hududlaridagi yaulovlarda ko‘chib uyr- ganlar. Kayxusrav ularni o‘z chegaralariga bostirib kirish xavfi- ni tugatish uchun mil.avv. 530-yilda massagetlar ustiga yurish qildi. Uning maqsadi massagetlarni bo‘ysundirish edi. Gerodot tarixida bu yurish batafsil tasvirlanadi. Massagetlar malikasi To‘maris tomonidan Kayxusrav qo‘shini Amudaryoning shar- qiy tomonida mil.avv. 530-yil avgust boshlarida bo‘lgan katta jangda yanchib tashlandi. Bu jangda Kayxusravning o‘zi o‘ldi- rildi. Mil.avv. 530-yil avgust oyida Fors taxtiga Kambiz (Qo‘mbiz) chiqdi. Kambiz o‘z hokimiyatini mustahkamlab, Misrga yurish- ga tayyorlana boshladi. Misr fir’avni Amasis (Yaxmos II) bu vaqtda tashqi xavfni oldini olish uchun mamlakatning iqti- 223 sodiy-harbiy qudratini mustahkamlashga kirishdi. U yunon yollanma askarlarini o‘z qo‘shini tarkibiga kiritdi. Fir’avn Kipr, Lidiya va Bobil bilan ittifoq tuzgan edi. Lekin Lidiya, Bobil tez orada Kayxusrav tomonidan bosib olindi. Kambis Misrga katta qo‘shin va flot bilan yurish boshladi. Shu vaqtda yaxshi tash- kilotchi fir’avn Amasis vafot edi. Yangi fir’avn Psammetix III Misrni forslar bosqinidan saqlab qola olmadi. Yollanma yunon qismlari sarkardasi Fanes xoinlik qilib, forslar tomoniga o‘tib ketdi. Pelusiya yonidagi jangda va Memfis shahri himoyasida misr qo‘shinlari kuchli qarshilik ko‘rsatdilar, lekin misrliklar yengildilar. Forslar mamlakat poytaxti Memfisni bosib olib, ikki ming kishini qirib tashladilar. Psammetix III ning o‘g‘li ham qatl qilindi. Lekin Psammetixning o‘ziga Kambiz shafqat ko‘rsatdi. Mil.avv. 525-yil avgust oxirida Kambiz Misr fir’avni deb e’lon qilindi. U Misr urf-odati bo‘yicha toj kiydi va yangi XXVII sulo- laga asos soldi. Misrni bosib olgach, Kambiz janubga Nubiyaga qarshi yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmay yurush boshladi. Yetar- licha oziq-ovqatga ega bo‘lmagan qo‘shin suvsiz sahroga tushib qoldi. Qo‘shinda odamxo‘rlik boshlanib, Kambiz cheki nishga majbur bo‘ldi. Harbiy yurish muvofaqiyatsiz tugadi. Kambiz- ning og‘ir vaziyatga tushib qolganidan foydalanib, misrliklar qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Kambiz (mil.avv. 524-yil) Memfisga qaytib, Misrda boshlangan qo‘zg‘olonni bostirdi. Kambiz uch yil Misr- da qolib ketdi. Mil.avv. 522-yil mart oyida uning kichik ukasi Bardiya qo‘zg‘olon ko‘tarib, Eronda podsho bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarni oldi. Kambiz Eronga qaytish uchun yo‘lga chiqib, sirli holda vafot qildi (mil.avv. 522-yil). Kambizning vorisi Doro I ning Behistun qoya yozuvlarida bayon qilingan rasmiy farazlariga ko‘ra, Kambiz Misrga yurishi- ga qadar o‘zining ukasi Bardiyadan shubhalanib, uni maxfiy ravishda o‘ldirishga buyruq beradi. Mag Gaumata ismli kimsa bundan foydalanib, o‘zini Bardiya deb e’lon qiladi va u 522-yil 2-martda Bardiya nomi bilan taxtga o‘tiradi. Bardiya-Gaumata qaram xalqlarni o‘ziga moyil qilish uchun soliq va harbiy maj- buriyatlarni uch yilga bekor qiladi. U fors urug‘-zodagonlari ning imtiyozlarini bekor qilish, ularning iqtisodiy va siyosiy hukm- ronligini tugatish uchun harakat qildi. Shu sababli, u mam- lakatdagi keng xalq ommasini qo‘llab-quvvatlashiga erishadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Gaumata to‘g‘risidagi faraz asosli emas. Hokimiyatga haqiqiy Bardiya kelgan. U yetti oylik boshqaruvdan so‘ng, 522-yil 29-sentabrda yetti fors urug‘ining 224 aslzoda vakillari bo‘lgan fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan. Fit- nachilardan biri 28 yoshli Doro (mil.avv. 522–486-yillar) podsho taxtiga o‘tirdi. Doro I mil.avv. VII–VI asrlarda Kayxusravgacha hukmron bo‘lgan Ahmoniy podsholari avlodidan edi. Doro ning o‘zi fors urug‘ aslzodalari oliy tabaqasiga mansubligi tufayli Bardiya bekor qilgan zodagonlarning imtiyozlarini qayta tiklay- di. Doro I taxtga o‘tirishi bilan unga qarshi Bobilda ko‘taril- gan qo‘zg‘olonni bostirayotgan bir vaqtda Fors, Midiya, Elam, Marg‘iyona, Parfiya, Sattagidiya (hozirgi Afg‘oniston), O‘rta Osiyoning sak qabilalari va Misr qo‘zg‘olon ko‘taradi. Forsning o‘zida ham o‘zini Bardiya deb e’lon qilgan Vaxayazdata nomli kimsa Doroga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Sharqiy Eron viloyat- lari va Afg‘onistongacha bo‘lgan hududlarni bosib oldi. Mil.avv. 521-yil 16-iyulda Doro Vaxayazdata qo‘shinlarini tor-mor qildi. Midiyada o‘zini Midiya podshosi Kiaksar urug‘idan deb hi- soblagan Fravartish (Fraorti II) qo‘zg‘olon ko‘tarib, hokimiyatni qo‘lga oldi. Doro bu qo‘zg‘olonni ham bostirdi. Mil.avv. 521-yil yoziga kelib, Doro qo‘shinlari besh jangdan so‘ng Afg‘onistonni qayta bo‘ysundirdi. Doroning qaynotasi Dadarshish Parfiya va Girkaniyadagi g‘alayonlarni bostirdi. Bu vaqtda Bobilda so‘nggi qo‘zg‘olon boshlanib, mil.avv. 521-yil 27-noyabrgacha davom etdi. Doro I taxtga chiqqanidan bir yil o‘tgach, o‘z hokimiyatini bir qadar mustahkamladi. U mil.avv. 519-yilda O‘rta Osiyoga saklarga qarshi yurish qildi. Saklar podshosi Skunxa qo‘shi- ni tor-mor qilindi. Bu yurish to‘g‘risida Doro I ning Behustun yozuv larida aytib o‘tiladi. Forslar mil.avv. 519–512-yillarda Frakiya, Makedoniya va Hindistonning shimoliy-g‘arbiy qismini bosib oldilar. Mil.avv. VI asrning oxirida Ahmoniylar davlati chegaralari sharqda Hind daryosidan g‘arbda Egey dengiziga- cha, shimolda Armanistondan janubdan Nilning birinchi osto- nasigacha yetib boradi. Doro I ning faol istilochilik yurishlari natijasida dunyo tarixida birinchi bor Osiyo, Afrika, Yevropada- gi o‘nlab mamlakatlar va xalqlarni o‘z ichiga olgan ulkan im- periya tashkil topdi. Doro I Shimoliy Afrikada Liviyaning bir qismini, Bolqonda Frakiyani, Samos va boshqa yunon orollarini bosib oldi. Uning vorisi Kserks Yunonistonni to‘liq bosib olishni rejalashtirgan edi. Fors davlatining mil.avv. 490-yilda Bolqon Yunonistonida go‘libona boshlagan urushi bir necha o‘n yillarga cho‘zilib ket- di. Bir necha janglardan so‘ng forslar mag‘lubiyatga uchradilar. Kserks (mil.avv.486-464) Doro I ning ikkinchi xotini Atossa- 225 ning o‘g‘li edi. (Doro I ning o‘limidan so‘ng (mil.avv. 486-yil) taxt vorisligi uchun uning birinchi va ikkinchi nikohidan bo‘lgan o‘g‘illari o‘rtasida kurash ketganda, Atossaning ta’siri kuchli bo‘lgan edi. Atossa o‘zining katta o‘g‘li Kserksni taxtga o‘tqaz- gan edi). Mil.avv. 465-yil Kserks fitna qurboni bo‘ldi. Taxtga uning o‘g‘li Artakserks I (forscha nomi Artaxshassa) o‘tirdi. Mil. avv. 460-yil Misrda Inar boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Bu qo‘zg‘olon faqat mil.avv. 454-yilda bostirildi. Mil.avv. 449-yilda afinaliklar 200 kema bilan Kipr orolining katta qismini bosib oldilar. Mil.avv. 449-yil «Kalliy» sulhiga ko‘ra, forslarning Yev- ropadagi mulklari, Kichik Osiyodagi yunon shaharlaridan voz kechildi. Forslar mil.avv. IV asrning birinchi yarmida Kichik Osiyodagi yunon shaharlari ustidan hukmronliklarini qay- ta tikladilar. Yunon shaharlari fors davlatiga tegishli o‘lpon – to‘lovlarini to‘lab turdilar. O‘zaro urushlar girdobida qolgan yunon polislari ham barqaror fors davlatini himoyasiga o‘tishga harakat qildilar. Ahmoniylar davlatining keyingi davrida ichki ziddiyatlar, satraplarning o‘zboshimchaligi kuchayib, O‘rta Osiyo saklari- ning va Misrni vaqtinchalik ajralib chiqishi yuz berdi. Lekin davlat chegaralari o‘zgarmay qolaverdi. Artakserks I ning mil. avv. 424-yilgi vafotidan keyin mil.avv. 423-yilda uning o‘g‘li Ox (qadimgi fors tilida Vaxuka) Doro II nomi bilan taxtga o‘tirdi. Uning hukmronligi davrida saroy a’yonlarining ta’siri kuchayib, qaram xalqlarning qo‘zg‘olonlari natijasida davlat yanada zaif- lashdi. Doro II mil.avv. 404-yil mart oyida vafot etdi. Uning kat- ta o‘g‘li Arsak Artakserks II nomi bilan taxtga chiqdi (mil.avv. 405–358-yillar). Doro II ning o‘g‘li shahzoda Kayxusrav Kichik Osiyoning bir necha satrapliklarning noibi hamda Kichik Osiyodagi fors qo‘shinlarining qo‘mondoni edi. Shahzoda Kayxusrav qobiliyatli lashkarboshi va davlat arbobi bo‘lib, imperiyaning o‘tmishda- gi qudratini tiklashga astoydil harakat qildi. U taxtni egallash uchun akasi Artakserksga qarshi isyon ko‘tardi. Shahzoda Kay- xusrav kuchli qo‘shin bilan mil.avv. 401-yilda Kichik Osiyodan Bobilga yurish qildi. Fors podshosi qo‘shinlari bilan isyonchi shahzoda o‘rtasida Bobildan 90 km uzoqlikdagi Kunaksda mil. avv. 401-yil 3-sentabrda hal qiluvchi jang bo‘ldi. Jangda Kay- xusrav o‘ldirildi, isyonchi qo‘shin yengildi. Artakserks II qo‘shin- lariga Kariya satrapi tajribali sarkarda Tissafern boshchilik qil- di (Tissafern mil.avv. 395-yilda shahzoda Kayxusravning onasi 226 Parasatidaning xoinlikda ayblovi bilan qatl etildi.) Kichik Osiyo- dagi Kariya, Lidiya va Kilikiya satrapliklari ham Artakserks II hukmronligining so‘nggi yillarida qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Artakserks II mil.avv. 358-yil vafot etdi. Uning o‘g‘li Ox Ar- takserks III (mil.avv. 358–338-yillar) nomi bilan taxtga chiq- di. U, eng avvalo, o‘z hokimiyatini mustahkamlash va saroy fitnalarini oldini olish uchun o‘z aka-ukalarini qilichdan o‘tkazdi. Yosh podsho kuchli irodaga ega bo‘lib, zaiflashib bo- rayotgan imperiyaning kuch-qudratini qayta tiklash uchun qattiqqo‘llik bilan ish boshladi. U o‘zining 20 yillik hukm- ronligi davrida imperiyada ko‘tarilgan har qanday norozilik- ni shafqatsizlik bilan bostirdi. Artakserks III mil.avv. 345- yil Finikiyaning qo‘zg‘olon ko‘targan Sidon shahriga qarshi shaxsan o‘zi qo‘shinga boshchilik qilib, qo‘zg‘olonni bostir- di. U shaharning 40 ming aholisini qirib tashladi, aholining tirik qolgan qismi qullikka sotib yuborildi. Artakserks mil. avv. 343-yil qishida qo‘zg‘olon ko‘targan Misrga qarshi yurish boshladi. Fir’avn Nektaneb II yuz ming kishilik qo‘shin bi- lan forslarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi, ammo mag‘lub bo‘ldi. Mil.avv. 342-yilda Misr qayta bo‘ysuntirildi va forslar uning barcha shaharlarini talon-taroj qildilar. G‘ayratli Artakserks III ga qarshi saroy a’yonlari haram og‘asi Bagoy boshchiligida fitna uyushtirib, uni zaharlab o‘ldirdilar (mil.avv. 338-yil). Artakserks III ahmoniylar sulolasining so‘ng- gi qudratli hukmdori edi. Uning o‘limidan so‘ng Eron g‘alayon- lar, saroy nizolari ichida qoldi. Qachonlardir qudratli bo‘lgan imperiya o‘z halokati sari jadal yuzlana boshladi. Bagoy Artak- serks III ning o‘g‘li Aresni taxtga o‘tqazdi. Mil.avv. 338–336-yil- lar. Ares ham mil.avv. 336-yilda makkor Bagoy tomonidan o‘ldirildi. Artakserks III va uning o‘g‘li Aresni o‘ldirgan fitnachi- lar boshlig‘i, makkor Bagoy mil.avv. 336-yil Armaniston satra- pi Qodomonni Doro III (mil.avv. 336–330-yil) nomi bilan taxt- ga o‘tkazdi. Qodomon qo‘rqoq va jur’atsiz, hech kim bilmagan kichik bir viloyat satrapi edi. Bagoy bu zaif podshoni qo‘g‘irchoq sifatida qo‘yib, ulkan imperiyani o‘zi boshqarmoqchi edi. Ammo u adashdi. Doro III Bagoyni o‘ldirib, o‘z hokimiyatini mustah- kamlashga kirishdi. Doro III uch qit’aning hududlarini birlashtirgan, lekin halo- katga yuz tutib borayotgan imperiyaning zaif hukmdori edi. Qachonlardir qudratli bo‘lgan, lekin ichki ziddiyatlar girdobi- da qolgan imperiya uning qisqa muddatli hukmronligi davrida 227 halokatga uchradi. Katta moddiy boyliklar va kuchli millionli qo‘shinga ega bo‘lgan Doro III tashqi dushman hujumini qay- tarish uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan foydalanmadi. U Makedoniyalik Aleksandr boshchiligidagi yunon-makedon qo‘shinlari bilan Kilikiyadan Suriyaga o‘tish chegarasidagi Issa yonidagi jangda (mil.avv. 333-yil) va Arbel yaqinidagi Gavgamel yonidagi hal qiluvchi jangda (mil.avv. 331-yil 1-oktabr) shar- mandalarcha yengildi. Issa yonidagi jangda fors otliqlari Alek- sandrning otliqlaridan besh marta, fors piyodalari ikki marta ko‘p edi. Yunon-makedon qo‘shinining intizomi, qat’iyati ko‘p sonli fors qo‘shinidan ustunlik qildi. Doro III Baqtriyaga qochib ketdi va u yerda o‘z yaqinlari tomonidan o‘ldirildi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan so‘ng, Eron hudu- di Salav kiylar davlati tarkibiga kirdi (mil.avv. 312–250-yillar). Parfiya davlatini parn-dax qabilalari tashkil etdilar. Kaspiy va Orol dengizi oralig‘ida yashagan ko‘chmanchi parn qabilalari mil.avv. 250-yillar atrofida Atrek vodiysidagi Niso viloyatini (Ho- zirgi Turkmaniston) egallab oldilar. Yangi paydo bo‘lgan Parfiya davlati qudratli Salavkiylar davlati bilan to‘qnashdi va uning hududlarining bir qismini bosib oldi. Keyin esa u Parfiya davla- ti tasarrufida bo‘ldi. Mil.avv. 171-yilda Parfiyada podsholik taxtini egallagan Ar- shak faol istilochilik urushlarini olib bordi. Mamlakat hudu- di kengaydi. Parfiya davlati o‘sha davrdagi dunyoning qudratli davlatlari bo‘lgan Salavkiylar, Rim, Xitoy va Kushon davlatlari bilan bir qatorda turgan. Parfiya Ahmoniylar Eroni madaniy taraqqiyoti an’analarini davom ettirdi. Parfiya uzoq vaqt davom etgan urushlar, ichki nizolar natijasida zaiflashib, inqirozga yuz tutdi. Vaqt o‘tishi bilan Eronning janubi, Forsda mavjud bo‘lgan bir necha kichik davlatlardan biri kuchayib ketdi. Bu davlat boshi- da Soson urug‘idan bo‘lgan hokimlar turar edi. Sosonning av- lodi Ardasher o‘z hududlarini qo‘shni viloyat hisobidan kengay- tira boshladi. Fors viloyatlari, Kirmon va Xuziston qo‘shib olin- di. Ardasherning kuchayib ketishi Parfiya bilan to‘qnashuvga olib keldi. Mil.avv. 224-yil Parfiyaning so‘nggi podshosi Artaban V sosoniylarning yo‘lboshchisi Ardasher tomonidan mag‘lub qilindi. Parfiyaning markazlari dan biri Ktesifonni Ardasher mil. avv. 226-yilda bosib olib, o‘zini podsho deb e’lon qildi. Natijada Eronda yangi Sosoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Shu bilan Eronning qadimgi tarixi tugadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling