Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Davrlashtirish. Hindistonda olib borilgan arxeologik qa-
zishmalar bu hududda odamlar eng qadimgi davrlarda yasha- ganidan dalolat beradi. Hozirgi Pokiston va Hindistonning turli hududlarida ilk paleolit madaniyatlari topildi. Xo‘jalik, mehnat qurollarining rivojlanishi bu hududlarda ijtimoiy munosabatlar paleolitdan mezolit va neolitga o‘tishga olib keladi. XX asrning 70-yillarida Pokistonning Mehrgard hududida fransuz arxeologi J. F. Jarij o‘tkazgan arxeologik qazishmalar mahalliy madani- yatlar neolit davrigacha uzoq vaqt tizimli rivojlanganini ko‘rsat- di. Bu ilgari fanda mavjud bo‘lgan qarashlar Hindistonda neolit boshqa Sharq hududlariga nisbatan kech boshlangan degan tushunchaning asossizligini ko‘rsatdi. Hindistonda o‘troq deh- qonchilikning neolit manzilgohlari mil.avv. VII ming yillikdan shakllangan. Bu davrda aholi donli ekinlarni ko‘p ekib, yirik shoxli qoramollarni xonakilashtiradi. O‘rta Osiyo va Eron bilan madaniy aloqaga kirishadi. Shu davrlardan Hindiston qadimgi Sharq sivilizatsiyasining eng birinchi madaniyatlari qatoridan o‘rin oladi. Janubiy Osiyoning qadimgi tarixi quyidagi davrlarga bo‘linadi: 1. Eng qadimgi hind sivilizatsiyasi. Taxminan mil.avv. XXIII– XVIII asrlar bilan belgilanadi (ilk shaharlar, davlatlarning pay- do bo‘lishi). 245 2. Mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida oriylarning paydo bo‘lishi. Mil.avv. II ming yillikning oxiridan – mil.avv. VII asrgacha «Veda» davri. Bu davrda yaratilgan muqaddas kitob- lar «vedalar» nomi bilan mashhur. 3. «Budda davri». Mil.avv. VI–III asrlar. Budda dinining pay- do bo‘lish va tarqalish davri. Bu davrda iqtisodiyotning yuqori taraqqiyoti, shaharlar shakllanishi, yirik davlatlar Mauriylar umumhind davlatining tashkil topishi. 4. Mil.avv. II asrdan milodiy V asrgacha «Klassik davr» deb ata lib, bu davrda Janubiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyoti va madaniyati gullab-yashnaydigan davri. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling