Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
Me’morchilik. Qadimgi fors me’morchiligining ulug‘vor in-
shootlari Persepol va Suzadagi saroy ansambllari edi. Persepol shahri maydoni 135000 m. kv ni tashkil qiladi. Bundan tash- qari, 12000 kv.m sun’iy maydon hosil qilingan. Tog‘ qiyaliklari- ni tekislash bilan bu sun’iy maydonda shahar uch tomondan devor bilan o‘rab olinib, to‘rtinchi tomoni tog‘ qoyasiga chiqadi. Doro I ning Pasargaddagi rasmiy saroy qarorgohi 3600 m. kv maydonga ega bo‘lgan ulkan inshootdan iborat bo‘lgan. Saroyning katta zali ayvon bilan o‘ralgan. Zal va ayvonlar to- mini toshdan nafis, nozik yasalgan, balandligi 20 m bo‘lgan 72 ta ustunlar ko‘tarib turgan. Saroyga kirishdagi uzun zina- poyaning (Apadana) ikki tomon devorlari relyef tasvirlar bi- lan qoplangan. Ushbu relyef tasvirlarda Ahmoniylar davlati tarkibiga kirgan xalqlar o‘z kiyimlari va antropologik tuzi- lishlarida aks ettirilgan. Ularda saroy ayonlari, podshoning shaxsiy gvardiyasi, otliq va jang aravalari relyef tasvirlari ish- langan. Zinapoyaning bir tomonida fors podshosiga hadya lar va o‘lponlarni olib borayotgan qaram hududlarning 33 xalqi vakillarining uzun qatori tasvirlangan. Bu saroy Fors davla- 241 tining kuch-qudrati ramzini ifodalab, muhim davlat qabul- lari, elchilarni qabul qilish uchun xizmat qilgan. U Doro I va Kserksning shaxsiy saroylari bilan maxsus chiqishlar orqa- li bog‘langan. Bu haqiqiy etnografik muzey, qaysiki, bu yer- da turli xalq va qabilalarning o‘ziga xos kiyimlari, qurollari va ularning kasblarini ifodalaydigan tasvirlari toshga o‘yib tushirilgan. Pasargadda boshqa fors podsholarining saroy- lari, xizmatchilar xonalari va kazarmalar qurilgan. Pasargad (Eram bog‘i) qoyatosh bag‘rida barpo qilingan bo‘lsa- da, shaharni suv bilan ta’minlash maxsus qazilma akveduklar bilan amalga oshirilgan. Shaharda botanik bog‘ yaratilgan va fontan, favvoralar qurilgan. Doro I davrida ikkinchi poytaxt Suzada katta qurilishlar olib borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib kelin- gan. Doro I ning yozuvlarida shunday deyilgan: «Kedr daraxti Livan tog‘laridan Suzaga uni kariylar, bobilliklar olib kelish- di. Yog‘och Gandxara va Karmaniyadan, oltin Lidiya va Baqtri- yadan olib kelingan. Feruza Xorazmdan, kumush, eban daraxti Misrdan, saroy devorlari uchun bezaklar Ioniyadan, fil suyagi Efiopiya va Kariyadan keltirilgan. Tillakor ustalar midiyalik va misrliklar edi. Yog‘ochga naqsh beradiganlar misrliklar bo‘lgan. Ahmoniylarning saroylari Fors davlatining kuch-qudratini aks ettirishi kerak edi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling