Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

podsholiklari davrida hech qanday aniq xiroj belgilanmagan, le-
kin faqat ko‘ngilli sovg’alar bunday ulkan soliq va boshqa shun-
ga o‘xshash tadbirlar tufayli Doro savdogar edi, Kambiz hukm-
dor, Kayxusrav ota edi der edilar, chunki Doro butun davlatni 
savdogarlarcha qurdi; Kambiz shafqatsiz va takabbur edi, Kay-
xusrav marhamatli bo‘lganligi uchun unga barcha yaxshiliklari 
uchun hamma qarzdor edi. (Gerodot Tarix asari. 111. 89...)
Doro I ning islohotlari fors davlatining kuch-qudratini mus-
tahkamladi. Davlat hokimiyati boshqaruvining samarasini 
oshirdi. Imperiyaning turli hududlarini markaziy davlat hoki-
miyati bilan aloqasini kuchaytirdi. Barqaror boshqaruv tizimi 
mustahkamlanishi fors davlatini siyosiy barqarorligini 200 
yildan ko‘proq vaqt ta’minladi. Ahmoniy imperiyasi tarkibiga 
kirgan xalqlarning iqtisodiy taraqqiyoti, turli xalqlar o‘rtasida 
o‘zaro savdo-iqtisodiy va madaniy muloqoti kuchaydi. 
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi pul islohoti o‘tka-
zilishiga sabab bo‘ldi. Mil.avv. 517-yildan so‘ng Doro I butun 
mamlakat miqyosida yagona pul birligi – fors pul tizimining 
asosi 8,4 gr og‘irlikdagi tilla tanga – darikni joriy qildi. Tilla tan-
gani faqat podsho zarb qilish huquqiga ega edi. Darik tarkibida 
bor-yo‘g‘i 3 % qo‘shimcha metall qotishma bo‘lganligi sababli, u 
bir necha asr davomida Old Osiyo savdo dunyosida asosiy mu-
omala vositasi – tilla tanga vazifasini o‘tadi. Ahmoniylar davlati-
da bundan tashqari, satraplar tasviri, provinsiyalarda podsho 
tasviri bilan zarb qilinadigan va qaram shahar va mamlakatlar 
zarb qiladigan kumush tangalar mavjud bo‘lgan. Kundalik mu-
omala vositasi sifatida Kichik Osiyo satrapliklarida zarb qilin-
gan podsho kumush sikli (og‘irligi 5,6 gr) xizmat qilgan.


236
Soliq to‘lovi sifatida yig‘ilgan to‘lovlar kumush quymati shak-
lida ko‘p yillar podsho xazinalarida saqlangan. Faqat ular ning 
bir qismi xarajatlar uchun ishlatilgan. Shu boisdan, savdo 
uchun tanga pul doimo taqchil bo‘lgan. Bu hol tovar-pul muno-
sabatlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qildi va natural xo‘jalik-
ning saqlanishiga olib keldi. 
Mil.avv. VI asr oxirida Fors davlatining qudrati o‘zining eng 
yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Xo‘jalik taraqqiyoti, qulay dengiz 
yo‘llari, eski va yangi karvon yo‘llarining namunali saqlani-
shi, pul muomalasining rivojlanishi xalqaro savdoning yanada 
o‘sishiga olib keldi. Fors davlati hududidan bir necha xalqaro 
ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar o‘tgan. Ulardan biri Lidiyadan 
boshlanib, Kichik Osiyoni kesib o‘tib, Bobilgacha borgan. Bosh-
qasi Bobil va Suzadan o‘tib, Pasargadgacha davom etgan. Bobil 
va Ekbatanani birlashtirgan savdo yo‘li Baqtriya va Hind che-
garalarigacha yetadi. Mamlakatning turli hududlari o‘rtasida 
savdo aloqalari kuchaydi. 
Ahmoniylar savdo yo‘llarini rivojlantirishga katta e’tibor ber-
dilar. Doro I o‘z davlati viloyatlarining Hindiston bilan dengiz 
aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlarini bilish uchun mil.avv. 518-
yil dengizchi Skilakning dengiz ekspeditsiyasini tashkil etdi. 
Skilakning kemalari Hindiston orqali Hind okeanigacha suzib 
borib, Arabistonni aylanib o‘tib, Qizil dengiz qirg‘oqlariga yetib 
bordi.
Misr Yunonistonga g‘alla, gazlama eksport qildi. Misrda 
fir’avn Nexo davrida qurilishi tugallanmay qolgan 84 km li ka-
nalni ahmoniylar bitkazadi. Imperiyaning turli hududlari orasi-
da savdo-sotiq jadal rivojlandi. Hindistondan oltin, fil suyagi, 
xushbo‘y moylar, Arabistondan oltin, So‘g‘diyonadan lazurit, 
serdolik, Xorazmdan feruza chiqarilgan. Bolqondagi yunon sha-
harlari kulolchilik mahsulotlari, Bobil g‘alla, Kichik Osiyo temir 
va boshqa rudalarni ishlab chiqaradi. Ahmoniylar Finikiya sha-
harlarida savdo-hunarmandchilikning rivojlanishiga keng yo‘l 
ochib berdi, ularning xalqaro savdo faoliyatini rag‘batlantirdi. 
Finikiyalik dengizchilar xizmatidan foydalandi. Xalqaro dengiz 
savdosi finikiyaliklar qo‘lida qoldi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling