Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
9. Qadimgi Eron madaniyati. Diniy e’tiqod. Qadimgi Eron
mafkurasida mil.avv. I ming yillikda shakllangan diniy ta’limot zardushtiylik muhim o‘rin egallaydi. Ahmoniylar Eronida eron zardushtiylik kohinlari yuqori lavozimlarni egallaganlar. Ular- ning qurbonlik keltirish marosimini boshqarganlar, davlat ken- 237 gashi va oliy sudda ishtirok etganlar, kohinlar diniy e’tiqod xizmatchilarni tayyorlaganlar. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik dinining kohinlari diniy an’ana, urf-odat va rasm-rusumlarni saqlovchi maglar bo‘lgan. Zardushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni taqiqladi, odamlarning bir-biriga mehribon bo‘lishini targ‘ib qildi. Doro I mil.avv. 520-yil atrofida zardushtiylikni ras- miy davlat dini deb e’lon qildi. Qadimgi Eronda qadimgi zardushtiylikning tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va yorug‘lik, oy, shamol kabilarni o‘zida ifodalagan xudolarga sig‘inilgan. Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo‘lsalar-da, eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar. Ahmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar. Doro I Bobil, Elam va Yahudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq berdi. Misr ishg‘ol qilingach, Kambiz Misr urf-odatlari bo‘yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma’buda Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarda qatnashdi. Doro I o‘zi- ni ma’buda Neytning o‘g‘li deb e’lon qildi. Xudo Amon va bosh- qa Misr xudolariga bag‘ishlab ibodatxonalar qurdi. Diniy e’tiqodni markazlashtirish maqsadida Kserks (mil.avv. V asr) Eronda diniy islohot o‘tkazdi. U zardusht inkor qilgan Mitra, Anaxita va boshqa qadimgi ilohlarning ibodatxonalarini yo‘q qilishga urindi. Ammo bu amalga oshmadi. Bu islohot o‘z maqsadiga erishmadi. Yarim asrdan so‘ng qadimgi xudolarga sig‘inish yana keng avj oldi. Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan tash- qari kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatla- rini o‘tashga majbur qildilar. Ahmoniylar davlati uchun turli xalqlarning madaniyati va diniy qarashlarni sinkretizmi xarak- terli edi. Forslar hukmronligi davrida Misrda forslarning ilohi Serapisga sig‘inilgan. Uch qit’aga tarqalgan fors davlatining ulkan hududida turli etnoslarning qo‘shilib ketish jarayonlari, imperiyaning turli hududlari o‘rtasidagi aloqalarning kuchay- ishi natijasi edi. Chet elliklar mahalliy xalqlar bilan qo‘shilib ketdilar. Ularning urf-odat, an’analarini qabul qildilar. Davlat hokimiyati imperiya tarkibida bo‘lgan turli xalqlarning diniy e’tiqod, madaniyatlari rivojlanishi va bir-biriga yaqinlashuviga to‘sqinlik qilmadi. 238 Yozuv. Mamlakat turli hududlarining doimiy iqtisodiy-ijti- moiy va siyosiy aloqasi madaniyatlarining o‘zaro ta’siriga ijobiy turtki beradi. Turli xalqlarning yagona davlat hududida ya shab turishi xalqlarning ilmiy bilimlari, san’at va adabiyotlarining bir-birini boyitishiga olib keldi. Ahmoniylar davrida O‘rta Osiyo va Hindistonga oromiy yozuvi kirib keldi. Oromiy yozuvi asosi- da so‘g‘d, xorazm va o‘rta fors yozuvlari shakllandi. Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil, Misr va Elamning qa- dimiy madaniyatlarini o‘zlashtirib oldilar. Forslarning eng kat- ta madaniy yutuqlaridan biri o‘ziga xos mixxatning yaratilishi bo‘ldi. Fors mixxati akkad alfavitidan farq qilgan holda bor- yo‘g‘i 40 belgidan iborat bo‘lib, deyarli alfavitli yozuv bo‘lgan. Eron Ahmoniylar davrida o‘zining noyob madaniyatini yaratdi. Qadimgi fors yozuvi 43 belgidan iborat bo‘lib, asosan, podshoning tantanali yozuvlari uchun foydalanilgan. Hukm- dorlarning sag‘analari, saroy devorlari, ustunlari shu yo- zuv bilan bezalgan. Tosh vaza va muhrlar, metall idishlar, qurol larga yozuvlar o‘yib bitilgan. Ana shunday yozuvlarning eng noyobi Behustun bitiklaridir. Behustun bitiklari Kam- biz hukmronligining so‘nggi yillari, Doro I hukmronligining birinchi yillari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Uning balandligi relyef bilan birgalikda 7,8 m ni, kengligi 2,2 m ni tashkil etadi. U qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Uch tilli yozuv Hamadon va Kirmonshoh shaharlari o‘rtasida- gi Bobil, Midiya va boshqa mamlakatlar bilan bog‘laydigan yo‘ldan 105 metr balandlikdagi Behustun qoyasida bitilgan. Bitik ustida boshqa odamning relyef tasvirlari ustida parvoz qilib turgan xudo Axuramazda yuksalib turadi. Axuramaz- da uzukli chap qo‘lini Doroga uzatib, podsholik hokimiyatini ramziy topshirib, o‘ng qo‘li bilan podshoni sharaflamoqda. Doro I tabiiy kattalikda podsho tojida tasvirlangan. Uning o‘ng qo‘li Axu ramazdaga ibodat qilishga uzatilgan, chap qo‘li bilan kamonni ushlab turibdi. Doro chap oyog‘i bilan Kambiz ha- yotligi davrida taxtni bosib olgan, yerga yiqitilgan, talvasaga tushgan Mag Gaumatani oyog‘i bilan bosib turibdi. Chapda Doroning orqasida uning ikki saroy a’yoni – nayza bardor Gob- riy va kamonchi Aspatin turibdi. Bevosita Gaumata orqasida Doroni taxtga chiqishi vaqtida isyon ko‘targan sakkiz isyon- chi va saka-tigraxaudalar podshosi tasvirlangan. Ularning qo‘llari orqalariga bog‘langan, ular bir uzun zanjirga chir- mashtirib tashlangan. 239 Ahmoniylarning boshqa yozuvlari Naqshi Rustam, Suza, Pa- sargad, Ekbatana va Misrda mavjud. Naqshi Rustam yozuvi Pa- sargadning shimoliy-g‘arbidan 5 km dagi Doro I ning sag‘anasi- ga bitilgan. Maqbara 20 m balandlikda bunyod qilingan. Qa- dimgi Eron an’analariga ko‘ra, qoyatoshga o‘yilgan sag‘anaga kirishda uch ulkan ravoqlarda uch sag‘ana joylashgan. Ular- dan birida Doro I jasadi, qolgan ikkita sag‘anada uning oila a’zolari dafn qilingan. Ayvon ustida haykal tasvirlar mavjud. Doro saroy a’yonlari qurshovida taxtda o‘tiribdi. Uni 30 ta xalq vakillari ko‘tarib turibdilar. Tasvirlarda har bir xalqning o‘ziga xos antropologik va etnografik xususiyatlari belgilari bilan ifo- dalashga harakat qilingan. Tasvirda ularning har birini etnik mansubligini bildiradigan yozuvlar bor. Podsho chap qo‘lida kamonni ushlab turibdi. O‘ng qo‘lida butun yodgorlik ustidan go‘yoki parvoz qilayotgan Axuramazdaga murojaat qilmoqda. O‘ngda muqaddas olov bilan mehrob. Doro I ning uch yozuvi uning buyrug‘i bilan Nil daryosidan Qizil dengizga kanal qurgani to‘g‘risida hikoya qiladi. Ular Su- vaysh kanalining sobiq bo‘ynida topilgan bo‘lib, misr, fors, elam, akkad tillarida tuzilgan. Misr matnidagi uch lavhada Misrning ikki tomoni o‘xshash tasvirlari Doro nomi yozilgan oval bilan ramziy birlashtirilgan. Yozuv Doroga tobe 24 mamlakatni es- latadi. Har bir mamlakatning vakili alohida ovallarda tasvirla- nib, podsho nomi yozilgan ovalga yuzlari qaratilgan. Suzadan qachonlardir o‘zining hashamatli saroyining ulkan darvozalari oldida turgan Doro haykali topilgan. Podsho Misr xudosi Atum qiyofasida, fors kiyimida tasvirlangan. Yodgorlik- da to‘rt tildagi yozuv mavjud. Qadimgi O‘rta Osiyo va Eronda zardushtiylik kalendari bo‘lib, oy va kunlarning nomi zardushtiylik ma’budalari Axuramazda, Mitra, Anaxita va boshqalarning nomlaridan kelib chiqqan. Yil 12 oy, har bir oy 30 kundan iborat, har bir yilga yana besh kun qo‘shilgan (jami 365 kun). San’at. Ulug‘vor saroylar, ibodatxonalar Ahmoniylar imperi- yasining qudrati ramzi edi. Bu ulug‘vor inshootlarni imperi- yaning turli hududlaridan kelgan quruvchi-me’morlar bunyod qildilar. Osuriya, Bobil, Misr, Yunon, Elam badiiy an’analari, texnik usullari bilan Eron va O‘rta Osiyo badiiy an’analari sin- tezi yuz berdi. Eron badiiy san’ati yuqori darajada rivojlandi. Turli xil metallardan ishlangan vaza va jomlar, tosh qadahlar fil suyagidan yasalib, oltin, kumush bilan ziynatlangan ritonlar, 240 zargarlik buyumlari, lazuritdan ishlangan haykallar yuksak badiiy did shakllanganidan dalolat beradi. Yuksak badiiy san’at asarlari hisoblangan buyumlarda xonaki va yovvoyi hayvonlar (qo‘ylar, sherlar, to‘ng‘izlar va boshqalar) hayotiy ifodalangan. Badiiy buyumlar ichida agat, xalkidon va yashma kabi yarim qimmatbaho toshlardan ishlangan silindrsimon muhrlar- ga podsholar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy mavjudot- lar tasviri tushirilgan. Ular nihoyatda mohirlik bilan yasalgan bo‘lib, haqiqiy san’at asari hisoblanadi. Fors san’atida, ayniq- sa, o‘simlik va hayvonlarning hayotiy tasvirlari bo‘lgan badiiy buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi. Manbalar Ahmoniylar davlati hukm surgan yuz yillar davo- mida barqaror siyosiy tizim, yagona davlat hududlari, o‘nlab mamlakatlar amaldorlarining poytaxt Suza va Persopol- ga muntazam qatnaganlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. O‘z tarkibiga 80 dan ortiq xalqlar, elatlar, qabilalarni birlashtirgan Ahmoniylar imperiyasi davrida yagona davlat tarkibiga kirgan turli xalqlar, hududlar madaniyatlari va diniy e’tiqodlari rivoj- lanishiga, ularni aralashib, biri-birini boyitishi uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy va siyosiy shart-sharoit- lar yaratildi. Hududlar, mamlakatlar o‘rtasida xilma-xil iqti- sodiy-madaniy aloqalar ilgariga qaraganda muntazam tus oldi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling