Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


«Veda davri». Shimoliy Hindistonda ilk davlatlarning


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

6. «Veda davri». Shimoliy Hindistonda ilk davlatlarning 
tashkil topishi (mil.avv. XIII–VII asrlar). Mil.avv. II ming yil-
likning oxiri – I ming yillik boshlaridagi Shimoliy Hindiston ta-
rixini o‘rganishda asosiy manbalardan biri «Vedalar» hind diniy 
adabiyotining eng qadimgi yodgorliklari hisoblanadi. Vedalar 
madhiyalar, qo‘shiqlar, qurbonlik aytishlari, muqaddas maro-
simni tushuntiradigan keng asarlardan iborat to‘plamlardir. Til, 
din va mifologiya bo‘yicha ular «Avesto» bilan o‘xshashdir. «Aves-
to» vedalari tadqiqotchilarning fikricha, oriy («ariya» so‘zidan 
«oliyjanob») qabilalari tomonidan tuzilgan. Tuzilish bo‘yicha 
«vedalar»: Ilk veda (mil.avv. I ming yillik boshlari) va So‘ng-
gi veda (mil.avv. IX–VII asrlar) davrlariga bo‘linadi. Ko‘pchilik 
olimlar ning fikricha, hind oriylari yodgorligi «Rigveda» matnlari 
mil.avv. XI–X asrlarda shakllangan. «Rigveda» (hind-oriylarning 
veda larini eng qadimgi qismi)da uchraydigan geografik nomlar-
ga ko‘ra, u Panjobda tuzilgan. So‘nggi veda matnlari shakllangan 
paytda oriy qabilalari Hind-Gang tekisligining butun markaziy 
qismiga tarqalgan edi.
«Rigveda» yaratilgan davrda oriylarda jamiyat va davlat hali 
shakllanmagan edi. Iqtisodiyotda yirik qoramolchilikka asos-
langan chorvachilik rivojlangan. Bu davrda dehqonchilikka e’ti-
bor berilmagan. Oriylar mis va jezdan foydalanganlar. Uy-joyni 
qamish va loydan qurganlar. Gang daryosining yuqori qismi, 


252
Gang va Jamna o‘rtasidagi yerlar «Mahabxarat» epik asarining 
syujetini tashkil qiladi. «Rigveda» davrida harbiy yo‘lboshchi-
lar aravalarda jang qilganlar. Maxabxaratda yengil jang ara-
valari to‘g‘risida eslatiladi. Jang aravalarida musobaqa – poy-
galar o‘tkazilgan. Diniy va epik asarlarda aholining asosiy qis-
mi to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Ijtimoiy tashkilot qabila 
bo‘lgan. Qabila boshlig‘i roja – harbiy boshliq va yo‘lboshchi 
sifatida o‘z qarindoshlari va xizmatkorlariga tayangan. Qa-
bila uch tabaqa: kohinlar, harbiylar va oddiy jamoachilarga 
bo‘lingan. Muhim masalalar yig‘ilishda hal qilingan. Vedalarda 
ko‘rsatilgan qo‘shnilar bilan podalarni haydab ketish mumkin 
bo‘lgan urushlar oddiy hol bo‘lgan. Veda tilida «urush» (ga vishta) 
so‘zi «sigirlarni bosib olish» ma’nosini bildiradi. Ilk veda davri-
da qulchilik mavjud bo‘lgan. Qadimda hindcha «dasa» – qulni 
bildirgan so‘z ko‘pgina veda madhiyalarida uchraydi. Dastlab 
asirlar qulga aylantirilgan. Veda va dostonlarda qul erkaklar 
kam tilga olinadi. Ayol qullar to‘g‘risida keyinchalik ko‘p so‘zla-
nadi. Qulchilik xonaki tusda bo‘lib, veda jamiyati ham urug‘- 
jamoa tashkiloti darajasida bo‘lgan. Keyinchalik jamoa a’zolari 
ham qarzi uchun qul qilinganlar.
Mil.avv. IX–VII asrlardan so‘nggi veda davrida iqtisodiyot,
ijtimoiy-siyosiy tuzumda keskin o‘zgarishlar yuz beradi. Oriylar 
mahalliy aholidan shu hudud tabiati va iqlimiga mos keladigan 
xo‘jalik faoliyatini o‘rgandilar. Oriylar uchun asosiy harakat-
lanish vositasi bo‘lgan yilqi nam tropik sharoitda ko‘paymas 
edi. Gang chakalakzor o‘rmonlarida ko‘chmanchi chorvachilik 
qilish mumkin bo‘lmagan. Bu yerda asosiy ekin tariq va sho-
li bo‘lgan. Dehqonchilik rivojlanib, Hind-Gang vodiysida keng 
dalalar o‘zlashtiriladi. Daraxtning qattiq yogochidan omoch 
yasash boshlanadi. Eshaklar asosiy yuk tortish vazifasini bajar-
gan. Sutli ovqat kundalik yemish bo‘lgan. Bayramlarda chorva 
mollari mo‘l-ko‘l qurbonlik qilingan. Temirdan faqat kamon o‘qi 
va nayza uchlari tayyorlangan. Uylar yog‘och va bambukdan 
qurilgan. 
Veda davri aholisi sholi, tariq, bug‘doy va dukkakli ekinlarni 
ekkan. Sholikorlik Gang daryosi vodiysini o‘zlashtirish davomi-
da paydo bo‘ladi. Olimlarning fikricha, hind-oriylarga bu o‘sim-
lik ilgari ma’lum bo‘lmagan. Sholikorliukni mahalliy aholidan 
o‘zlashtirib oladilar. Veda qabilalari uncha katta bo‘lmagan, 
mustahkamlangan manzilgohlarda yashaganlar. Shaharlar 
keyinchalik paydo bo‘lgan.


253
Erkin va to‘la huquqli dehqonlar jamoani tashkil qilib, bir 
yoki bir necha qishloqda yashaganlar. Jamoatchilar qo‘shni va 
qon-qarindosh aloqalar asosida birlashganlar. Jamoada eng 
muhim masalalar urug‘ yiginlarida hal qilingan. Urug‘ jamoasi 
a’zolari yig‘ilib, butun jamoa nomidan asosiy marosimlar ba-
jarilgan. 
Qishloq aholisining bir qismi to‘la huquqli bo‘lmagan. Ular 
boshqa joydan ko‘chib kelgan kishilar bo‘lgan. To‘la huquqli 
bo‘lmaganlar xizmat ko‘rsatadigan sohalar, jumladan, hunar-
mandchilik bilan shug‘ullanganlar. Qishloqda keskin mulkiy 
tabaqalanishga jamoa ichki aloqalarining o‘ta mustahkamligi 
qarshilik ko‘rsatgan edi. So‘nggi veda davrida o‘z-o‘zini bosh-
qarish qishloq jamoasi bilan cheklanib qoladi. Qabila va qabi-
lalararo munosabatlardagi barcha masalalar hokim va yo‘lbosh-
chilar vakolatiga kiradi. 
Mil.avv. II ming yillik oxiri – I ming yillik boshlarida Shimoliy 
Hindistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida jamiyatning qu yi-
dagi to‘rt toifasini ko‘ramiz:
1. Kohinlar; 2. Kshatriylar-qabila harbiy zodagonlari;
3. Vayshilar – savdogar, hunarmand, dehqonlar; 4. Shudra 
(qullar) – jamoaning pastki to‘la huquqli bo‘lmagan aholisi.
Har bir qatlam yopiq toifa – varna (hindcha so‘zma-so‘z «rang», 
«nav»)ga aylanadi. Har bir varna vakilining merosiy mavqeyi 
ularning mashg‘uloti va diniy majburiyatlarini belgilagan. Brax-
manlarga kohinlik va o‘qituvchilik majburiyati; kshatriylarga 
jang qilish va boshqarish; vayshilarga qishloq xo‘jaligi, hunar-
mandchilik va savdo bilan shu’gullanish; shudralarga uch oliy 
varnalarga so‘zsiz xizmat qilish majburiyati yuklatilgan. Bu 
toifaviy mavqe merosiy bo‘lib o‘tgan. Har bir varna uchun o‘z 
huquqi, o‘z ovqati, kiyimi, uy anjomi, kiyimining rangi va bosh-
qalar qat’iy belgilangan edi. Braxmanlar turli varnalarni ilk 
odam – Purusha jismining turli qismidan (braxmanlar og‘zidan, 
kshatriylar qo‘lidan, vayshilar biqinidan, shudralar loyga bot-
gan oyoqlaridan) yaratilgan deb o‘qitar edilar. Shu sababli, qol-
gan uchta varnaga xizmat qilish shudralarga buyurilgan

Brahmanlar qator imtiyozlarga ega bo‘lganlar. Uni hech kim 
haqorat qilishi, tazyiq o‘tkazishi yoki tan jarohati yetkazishi 
mumkin emas, aks holda brahman g‘azablanib butun dunyoni 
yondirib yuborishi mumkin. Muqaddas matn bag‘ishlanma-
ganlar qo‘liga tushmasligi va marosimiy bulg‘anmasligi uchun 
brahmanlarning bilimlari avloddan-avlodga og‘zaki uzatiladi. 


254
Olim brahman o‘smir o‘quvchilar qurshovida bo‘ladi, balog‘atga 
yetguncha ular o‘z o‘qituvchilari – guruhiga xizmat qiladilar, 
uning so‘zlaridan ko‘p ming bet bo‘ladigan matnlarni yodlay-
di. Xotirada qolishi kerak bo‘lgan matn tili alohida «poklangan» 
(«sanskrit») bo‘lgan. U hech qanday o‘zgarishi mumkin emas. 
Shu sababli aholi so‘zlashadigan jonli tillardan uzoqlashib, 
ajralib borgan. 
Qadimgi hind tarixining yangi davri Gang daryosi vodiysi 
bilan bog‘langan. Oriylarning ilk manzilgohlari savdo-hunar-
mandchilik o‘choqlari, siyosiy markazlarga aylandi. Mil.avv. 
I ming yillikda Gang vodiysida Koshala, Magadxa, Anga, Vat-
sa va boshqa davlatlar paydo bo‘ldi. Vedalar va dostonlarda 
Gang vodiysidagi eng qadimgi sulola va davlatlar nomlari tilga 
olinadi. Mahabxarat dostonida Pandav va Kauravlar sulolalari 
o‘rtasidagi urushlar to‘g‘risida hikoya qilinadi. Mayda davlatlar 
o‘rtasida yer-suv, chorva uchun muntazam urushlar bo‘lgan. 
Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Hindistonda yirik davlatlar pay-
do bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligida alohida sulolalar hukmronligi, 
ayrimlarida boy-zodagonlar hukmronlik qilgan oligarxik res-
publikalar mavjud edi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling