Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


hind sivilizatsiyasi. 6. «Veda davri». Shimoliy Hindistonda


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

hind sivilizatsiyasi. 6. «Veda davri». Shimoliy Hindistonda 
ilk davlatlarning tashkil topishi (mil.avv. XIII–VII asrlar).
1. Hududi va aholisi, manbashunoslik va tarixnavislik. 
Qadimgi Sharqning o‘ziga xos noyob sivilizatsiyalaridan biri 
hind sivilizatsiyasidir. Qadimgi hind sivilizatsiyasi insoniyat 
madaniy taraqqiyotiga qo‘shilgan ulkan hissadir. Hind sivili-
zatsiyasi qadimdan Sharqning qator mamlakatlari bilan tarix-
iy-madaniy aloqa o‘rnatib, ularning madaniy taraqqiyotiga ha-
yotbaxsh ta’sir qildi. Sharqning O‘rta Osiyo, Arab, Eron yozuv-
chi va olimlari Hindistonga bordilar va hind fanining dunyon-
ing tuzilishi, unda insonning o‘rni to‘g‘risidagi ta’limotlari va 
yutuqlarini o‘zlashtirdilar. Hindiston o‘zining bepoyon hududi, 
iqlim sharoitlari, relyefi, joylashishi va tuprog‘i jihatidan bir 
necha zonaga bo‘linadi. Shimoliy-g‘arbiy viloyatlar qadimda qa-
lin o‘rmonlar bilan qoplangan. Hind vodiysining tuprog‘i juda 
hosildor. Hind daryosi vodiysida mil.avv. III ming yillikda Janu-
biy Osiyodagi eng qadimgi shahar sivilizatsiyasi shakllandi. 
Hindiston shimol va shimoliy-sharqidan Osiyoning boshqa qis-
midan Himolay tog‘lari bilan ajratilgan. Mil.avv. II ming yillikda 
bu yerdan turli etnik birliklar, qabilalarning yo‘li o‘tgan. 
Hind-Gang tekisligining markaziy qismi qadimda «oriy»lar-
ning «muqaddas yeri» (Ar’yavarta) deb atalgan. Ikki buyuk 
daryo ning oralig‘ida va Gangning yuqori qismida mil.avv. I ming 
yillikning birinchi yarmida Veda sivilizatsiyasi shakllanadi. 
Gang daryosining shimoliy-sharqiy havzasida namlik dara-
jasi juda yuqori va xilma-xil tropik o‘simliklarga ega. Mil.avv. I 
ming yillik o‘rtalarida bu hududda keng miqyosda dehqonchilik 
ishlari boshlanadi. Mil.avv. I ming yillikning ikkinchi yarmida 
bu yerda qadimgi Hindistonning eng muhim siyosiy va madaniy 
markazlari vujudga keldi. 
Hind-Gang tekisligini Dekan (qadimgi hind tilida «Danish-
na» – janub) yarim orolidan yassi tog‘lar ajratib turadi. Dekan 
yarim orolida faqat milodiy I asr boshlarida yirik davlatlar paydo 


244
bo‘ldi. Orolning markaziy qismida Shri-Lanka (Seylon) o‘rmon-
li tog‘lik hudud joylashgan. Orolning geografik o‘rnini Janubiy 
Hindiston qirg‘og‘i bilan muntazam aloqalar belgilab beradi. 
Janubiy Osiyoni hozirgi aholisining katta qismi asosiy yev-
ropoid irqiga mansub. Faqat yarim orolning janubiy qismi 
va Shri-Lankaning aholisi irqiy belgilariga qarab (badani, so-
chining qora rangi va boshqalar) avstroloidlarga yaqin tura-
di. Shimoliy-sharqning qator qabilalari janubiy mongoloid 
irqiga mansub. 
Shimolda hind-yevropa tillari (hind, bengal va boshqalar), 
janubda dravid (masalan, tamil), Dekan va Shimoliy-Sharqiy 
Hindistonning qator tillari Janubiy-Sharqiy Osiyo, Tibet va Xi-
toyda tibet-birma va mund tillari bilan yaqin turadi. Shri-Lan-
ka aholisining ko‘pchilik qismi hind-yevropa (singal ) tilida, 
ozchilik qismi dravid (tamil) tilida so‘zlashadi. 
Ma’lumki, oriy qabilalari O‘rta Osiyodan Afg‘oniston orqali 
Hindistonga mil.avv. II ming yillikda kirib keldilar. Singal-
lar materikdan Shri-Lankaga mil.avv. I ming yillikda paydo 
bo‘ldilar. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling