Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Misrda din. Misrda din ilk urug‘chilik jamoalarida vujudga
kelib, juda uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Diniy an’analar mustahkam va turg‘un bo‘lgan, fetishizm, totemizm, ayniqsa, hayvonlarga topinish Misrda uzoq davom etgan. Misr xudolarining panteoni juda katta bo‘lib, u ilk davrda vu- judga kelgan madaniyatga borib taqaladi. Unda odamlar totem – hayvonga, qabila boshlig‘iga sig‘inishgan. Qadimgi podsholik davridan misrliklar hayvon qiyofasidagi xudolarga sig‘inganlar. Ma’buda – mushuk qiyofasidagi Bastet Quyosh xudosi Raning qizi bo‘lgan. Misrliklarning xudolari hayvon qiyofasida: Anubis – o‘liklar saltanatining podshosi, bo‘ri boshli qilib tasvirlangan. Tot – aql va yozuv xudosi. Soxmet – sher boshli urush ilohasi, suv to‘lqini xudosi Sebek timsoh qiyofasida chiqadi. Ma’buda – begemot Tavaret chaqaloq va homilador ayollarning ko‘zi yorishi- ga javob bergan. Hayvonlar ilohiy hisoblanib, ular ibodatxonalarda saqlan- gan. Ibodatxonada ular yaxshi parvarish qilingan. Masalan, ilohiy hayvonlardan biri buqa xuddi shunday parvarish qilin- gan. U kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Misrliklar bu buqaga sigir tanlashda ham alohida ahamiyat berishgan. Agar buqa o‘lib qolgudek bo‘lsa, uni mo‘miyolab, marosimlar o‘tkazib, alohida bir qabrga ko‘mishgan. Va uning o‘rniga yangi tug‘il- gan buzoq chani izlashgan. Bu juda mushkul ish hisoblangan. Chunki buzoqcha qora rangli bo‘lib, peshonasida uchburchak shakldagi oq belgisi bo‘lishi kerak edi. Bunday hayvonni to- pish juda mushkul bo‘lgan. Lotos (nilufar) guli Yuqori Misrning 70 muqaddas ramzi hisoblangan. Misrliklar daraxtlar, o‘simliklar va gullarga ham e’tiqod qilishgan. Misrliklar tabiat kuchlariga sig‘inishgan, Quyosh xudosi Ra eng qudratli iloh hisoblangan. Misrning o‘zi «Quyosh mam- lakati», hukm dori – fir’avnlar esa «Quyoshning o‘g‘li» deb atal- gan. Boshda Fiva shahrining xudosi Anon butun mamlakatda yaratuvchi xudo sifatida keng tarqalgan. Yangi podsholik davri- dan quyosh xudosi Ra bilan birlashtirilgan. Amon Ra nomida eng qudratli xudo hisoblangan. Yangi podsholik davrida esa, fir’avn Amenxotep IV (Exnaton) diniy islohot o‘tkazib, yakka- xudolikni joriy qiladi. Ya’ni u hammani Atonga («Quyosh shu’la- si») sig‘inishga da’vat etadi. Quyoshning belgisi (ramzi) turlicha bo‘lib, u qanotli sher qiyofasida, sher ko‘pgina qo‘llar bilan, bu qo‘llar esa nur qiyofasida, lochin qiyofasida tasvirlangan. Unga atab ko‘p madhiyalar aytilgan. Gor (Xor) zulmatni yenguvchi xudo hisoblanib, u lochin qiyo- fasida tasvirlangan. Gor Osirisning o‘g‘li bo‘lgan. «Osiris va Gor» afsonasi ayniqsa, Misr dinini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Afsonada aytilishicha, hosildorlik xudosi Osiris qachonlardir Misrning podshosi bo‘lgan. U odamlarga yerga ishlov berishni, bog‘lar yaratishni o‘rgatadi. U o‘z akasi Set tomonidan o‘ldi- riladi. Set zulmat va yovuz lik xudosi hisoblangan. Osirisning o‘g‘li Gor Setni ochiq maydonga kurashga chaqirib, uni yenga- di. Shundan so‘ng, Gor g‘olib chiqishi uchun o‘z ko‘zini Osirisga berib, uni qayta tiriltiradi. Qayta tirilgan Osiris esa, yerga qayt- maydi va u yerosti o‘liklar saltanatining podshosi bo‘lib qola- di. Shunday qilib, uning yerdagi merosxo‘ri sifatida Gor tiriklar saltanatida qoladi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling