Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Adabiyot. Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli g‘oya-
lar, badiiy obrazlar bilan sug‘orilgan boy adabiyotlarni yarat- 75 dilar. Adabiyotning rivojlanishi uchun qulay omil bo‘lib xalq og‘zaki ijodi xizmat qildi. Ilk adabiy asarlar mil.avv. IV ming yil- likda shakllandi. Ertaklar, didaktik nasihatnomalar, zodagon- lar tarjimayi hollari, diniy matnlar va poetik asarlar Qadimgi podsholik davridayoq paydo bo‘ldi. O‘rta podsholik davrida janrlarning xilma-xilligi ko‘paydi. Yuqori darajada yozilgan prozaik asarlar yuzaga keldi (Sinuxet hikoyasi). Yangi podsholik davrida Misr adabiyoti g‘oyaviy-ba- diiy jihatdan mukammallashish davrini boshdan kechirdi. Misr adabiyotida nasihatnoma va bashoratlar didaktik jan- ri to‘laroq aks etgan. Nasihatnomalardan eng qadimgisi «Pta- xotep nasihatnomasi»dir. Keyingilari «Gerakleopol podshosi Axtoyning o‘g‘li Merikaraga nasihati», «Fir’avn Amenemxet I ning nasihatnomasi» kabi asarlarda davlatni boshqarish yo‘l- yo‘riqlari bayon qilingan. «Axtoyning o‘gli Duaufaga nasihati»da mirzalikni boshqa kasblardan afzalligi ko‘rsatiladi. Yangi pod- sholik davrida nasihatnomalardan «Ani nasihati», «Amenemope nasihati»da turmush axloqi va an’ana viy axloq qoidalari batafsil bayon qilinadi. Ertaklar Misr adabiyotida alohida bir janr sifatida shakl- landi. Ulardan eng mashhurlari «Fir’avn Xufu va sehrgarlar», «Kema halokatiga uchraganlar», «Egri va to‘g‘ri», «Ikki aka- uka» va «Fir’avn Petubastis to‘g‘risida»gi bir necha ertaklardir. Misr ada biyotining «Sinuxet hikoyasi» qissasi, «Arfa chaluvchi qo‘shig‘i» poetik asari kabi namunalari o‘sha davrda yuksak adabiy janr shakllanganligining dalilidir. Turli janrlar orasida adabiyot alohida o‘rin tutadi. Ko‘pgina afsonalar, qayta ishlangan diniy madhiyalar Osiris ma shaqqatlari, xudo Raning yerosti podsholigiga sayohati hi- koya qilingan sikllari qadimda mashhur bo‘lgan. «Ko‘ngli qol- gan kishining o‘z ruhi bilan suhbati» nomli falsafiy dialog shak- lida yozilgan asar diqqatga sazovor. Dialogda dunyodagi ado- latsizlik, huquqsizlik va yovuzlikdan azob chekkan kishi taqdiri hikoya qilinadi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling