Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Shumer-Akkad adabiy yodgorliklari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

 Shumer-Akkad adabiy yodgorliklari. Bizgacha Mesopota-
miya tarixiga oid qator adabiy yodgorliklar yetib kelgan. Jum-
ladan,
Uruk podshosi Jmerkar to‘g‘risidagi epik poemalarda 
Shumerning ilk sulola davrida (mil.avv. III ming yillik boshlari) 
uzoq mamlakat Aratta (Eron hududi) bilan aloqasi to‘g‘risida 
qiziqarli ma’lumotlar beriladi. 
Shumerning «Gilgamesh va Aga» poemasida Uruk shahri-
ning Kish shahri qaramligidan mustaqil bo‘lishi uchun kurashi 
to‘g‘risida aniq ma’lumotlar mavjud. Akkad podsholigining 
asoschisi Buyuk Sargon to‘g‘risidagi Akkad afsonalari saqlanib 
qolgan. 


85
Shumer, Bobil va Osuriya adabiy yodgorliklaridan qimmatli 
tari xiy ma’lumotlar olish mumkin. «Gilgamesh» dostoni haqiqiy 
tarixiy xazina hisoblanib, uning matni Nineviya shahridagi 
mashhur Osu riya podshosi Ashshurbanipal (mil.avv. VII asr) 
kutubxonasidan topilgan. Bu doston mil.avv. II ming yillik 
boshlarida yaratilgan deb taxmin qilinadi. 
Antik mualliflar asarlari. Antik mualliflar Mesopota-
miya tabiati, iqlimi va aholisining urf-odatlari, diniy e’tiqodlari, 
yutuqlari va ta rixiy afsonalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumot-
larni yozib qoldirganlar. Mesopotamiya to‘g‘risida eng batafsil 
ma’lumotlarni Mesopotamiyaga sayohat qilgan yunon tarixchi-
si Gerodot beradi (mil. avv. V asr). Ko‘p yillar Eronda yasha-
gan Gerodotning kichik zamondoshi knidlik Ktesiy 23 kitobdan 
iborat «Eron tarixi» asarida Mesopotamiyaga ancha katta o‘rin 
ajratgan. Ammo Ktesiy tarixini bayon qilish afsonaviy an’analar-
ga asoslangan bo‘lib, voqealarni soxtalashtirish, xatolarning 
ko‘pligi uchraydi. Mil.avv. V asrda fors shahzodasi Kirning yol-
lanma qo‘shinida askar bo‘lib Mesopotamiyaga kelgan yunon 
tarixchisi Ksenofontning «Kiropediya» va «Anabasis» asarlari-
da Dajla va Frot daryo vodiylari tasviri, mamlakat xalqlari va 
urf-odatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. 
Strabonning «Geografiya» asarining (mil.avv. I asr – milodiy I asr) 
16 kitobi Mesopotamiyaga maxsus bag‘ishlanib, boy ma’lumot-
lar beradi. Mesopotamiya tarixi bo‘yicha bir qancha ma’lumotlar
yahudiy yozuvchisi Iosif Flaviy va Rim muallifi Pompey Trog 
asarlarida uchraydi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling