Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Shumer shahar-davlatlarining siyosiy tarixi
Download 3,16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Shumer shahar-davlatlarining siyosiy tarixi. Mil.avv. III
ming yillikda Shumer janubida 17 shahar – davlat iqtisodiyo- tining asosi sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik bo‘lib, hunarmandchilik va savdo rivojlangan. Shahar-davlatlar o‘rta- sida hududda yetakchilik uchun o‘zaro raqobat kuchli bo‘lgan. Mil.avv. III ming yillik boshlaridan shumerlar jezni o‘zlashtira boshladilar. Arxeologlar shu davrdan Ilk sulola davrini (mil.avv. 3000–2300-yillar atrofi) belgilaydilar. Shumer an’anasiga ko‘ra, mamlakat tarixi «to‘fon»gacha va «to‘fondan» keyingi davrga bo‘linadi. Haqiqatdan ham, mil.avv. 2900-yillar atrofida «to‘fon», ya’ni Dajla va Frot daryolarida katta toshqin yuz bergani Quyi Mesopotamiyada olib borilgan arxeologik qazishmalar orqali o‘z isbotini topdi. Bir-biriga yaqin joylashgan ikki-uch shahar kichik bir dav- latni tashkil qilishi mumkin edi. Shumer tarixini u yoki bu markazning siyosiy yetakchiligiga qarab, mil.avv. III ming yillik- ning birinchi yarmi (Ilk sulola davri)ni uch bosqichga bo‘lish qabul qilingan. Bu davrda Kish shahri yuksalib, bu shahar davlatda I Kish sulolasi hukmronlik qilgan. Uning hokimlari orasida Shumer afsonalari qahramonlaridan biri Etana ko‘zga tashlanadi. Kish- ning qudrati juda uzoq vaqt xotirada qolib, keyinchalik ko‘p hokimlar «Kish lugali» unvonga ega bo‘lishga harakat qilganlar. Bu unvonning egasi lugal – «yetakchi» bo‘lgan. Kishning hokim- laridan biri Etana (mil.avv. XXVIII asr) to‘g‘risida epik rivoyat shakllanib, rivoyatda u ilohiy burgutda o‘zi uchun «tug‘ilish 95 maysasi»ga ega bo‘lish va voris merosxo‘r olish uchun osmonga xudolar oldiga ko‘tariladi deb hikoya qilinadi (Ilk sulolaning I bosqichi). Kishning zaiflashuvi Uruk shahar-davlatining yuksalishi bi- lan boshlangan. Mil.avv. 2600-yillar atrofida Kish shahrining podshosi Aggi Uruk shahrining podshosi Gilgamesh (mashhur doston qahramoni) tomonidan taxtdan tushiriladi. Gilgamesh butun Shumerni birlashtiradi. Rivoyatlarga ko‘ra, u xudoning o‘g‘li bo‘lib, o‘limidan so‘ng xudo sifatida ulug‘langan (Ilk sulo- laning II bosqichi). Ilk sulola davrining uchinchi bosqichi (mil.avv. 2550-yillar atrofi)da Urukning yetakchiligi o‘rniga o‘zining shaxta (yerosti) sag‘analari bilan ma’lum bo‘lgan Ur sulolasi keladi. Ur shahri Janubiy Mesopotamiyada yetakchilik qila boshlaydi. Bu davr- ning yirik savdo-hunarmandchilik markazlaridan biri Eshnuna shahri bo‘ldi. Ur shahrida podsho hokimiyati kuchaydi. Hukm- dorlar uchun hashamatli sag‘analar qurila boshladi. Vaqt o‘ti- shi bilan ziddiyatlar kuchayishi natijasida Ur zaifla shib, qo‘shni Lagash shahri kuchayib ketdi. Lagash deyarli barcha Shu- mer shaharlarini bo‘ysundirib, Elam ustidan g‘alaba qozondi. Lagash hokimi Eanatum (mil.avv. 2450–2425 yillar) Umma shahri hokimi ustidan qozongan g‘alabasini «Kalxatlar lavhasi» taxtasida aks ettirdi (Hozir Luvr muzeyida saqlanadi). Mil.avv. XXIV asrda Lagash davlati hududi 2000-2500 kv.kmni, aholisi 150-200 ming kishini tashkil etgan. Lagashda ensi hokimiya- ti kuchayadi va u Lagash bosh xudosi Ningirsu ibodatxonasi- ning bosh kohini bo‘ldi. Uning hokimiyati urug‘chilik munosa- batlarining yemirilishi, savdo-hunarmandchilikning rivojlani- shi natijasida shahar aholisining turli tabaqalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ibodatxona xo‘jaliklariga ham soliq solindi. Hunarmand va jamoa chilardan turli majburiyatlarni o‘tash talab qilindi. Daromad solig‘i ko‘paydi. Lagashda ijtimoiy ziddiyat kuchay- di. Yangi «ensi» Urukagina ijtimoiy ziddiyatlarni bo‘shashtirish uchun islohot o‘tkazdi. Oliy kohinlar soliqlardan ozod qilindi. Ibodatxonalarning qaram kishilarga natural mahsulot to‘lovi miqdori oshirilib, ularning huquqlari kafolatlanadi. Aholidan olinadigan soliq-to‘lovlar bir qadar kamaytirildi. Urukagina «Lugal» unvonini qabul qiladi. Ammo ichki ziddiyatlar Lagash- ni zaiflashtirdi. Lagashning ichki qiyinchiliklaridan foydalan- gan Umma shahrining epsisi Lugalzagissi Uruk, Ur va Larsa 96 shahar-davlatlarini bosib oldi. Kish shahri zabt etilishi bilan Lugalzagissi butun Shumerda chorak asr yetakchilik mavqeiga ega bo‘ldi. Lugalzagissining davlat hududi O‘rtayer dengizidan Fors qo‘ltig‘igacha (shumercha «Yuqori dengizdan to quyi den- gizgacha») cho‘zilib ketdi. Download 3,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling