Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Arxeologik ma’lumotlar.
5. Tarixnavislik. Mixxatning o‘qilishi (deshifrovkasi).
Mesopotamiya va Eronga birinchi ilmiy safar qilgan yevropalik odam XVIII asrda daniyalik olim Konstantin Nibur edi. U Yev- ropaga qadimgi Eron poytaxti Persepol saroyidan mixxat yozuv- larini olib keldi. 1802-yilda qadimgi yunon va lotin grammatikasi o‘qituvchi- si, nemis olimi Grotofend mixxat yozuvining 39 ta belgisidan 10 tasini o‘qidi. XIX asrning 30-40-yillarida Yaqin Sharqda uzoq yillar ishla gan ingliz harbiysi va diplomati G.Roulingson mix- xatlarning o‘qilishida katta hissa qo‘shdi. U Eronning Hama- don (Midiyaning qadimgi poytaxti Ekbatana) shahri yaqinidan Behistun qoyasida Doro I ning uch tildagi qoyatosh yozuvini tekshirdi. 1947-yilda Roulingson Behustun yozuvining Bobil qismidagi 600 belgidan 250 tasini o‘qidi. 1855-yilda Behustun yozuvining uchinchi qismi bo‘lgan elam tilidagi mixxatlar ham 86 olimlar tomonidan o‘qildi. XIX asrning 90-yillarida nemis olimi F. Delich akkad tilining grammatikasi va lug‘atini yaratdi. Olim- lar J. Oppenxeym, E. Xinks va boshqalar Mesopotamiyaning Akkad mixxatlarini o‘qishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Shumer mix xat yozuvini o‘qish XIX asrning I yarmida F. Tyurgo-Danjan, O. Pepel, A. Daymel va A. Falkenshteynlar tomonidan amalga oshirildi. 6. Arxeologik ma’lumotlar. Qadimgi Mesopotamiyadagi birinchi arxeologik qazishmalar XIX asr o‘rtalarida uning shi- moliy qismi Osu riya joylashgan joyda amalga oshirildi. 1842- yil Mosul shahridagi fransuz konsuli P.Botta Kunjik tepaligini qazishni boshladi. Bu joy mahalliy afsonalarga ko‘ra, Osuriya davlatining poytaxti Nineviya bo‘lgan. Ammo tepalikni qazishga mahalliy aholi dushmanlik nazari bilan qaragani uchun nati- ja bermadi, P.Botta bu yerda ishni tuga tib, Mosul yaqinidagi Xorsabod qishlogida qazish ishlarini boshladi. Xorsabodda olib borilgan arxeologik qazishmalar o‘z natijasini berdi. Bu yerdan 1843-yil Osuriya podshosi Sargon I ning Dur-Sharrukin saroyi qoldiqlari topildi. P.Botta topgan yodgorliklar Luvr muzeyi ning Osuriya kolleksiyasi asosi bo‘ldi. 1845–1847-yillarda sharq tillarini yaxshi bilgan ingliz diplo- mati G. Leyard Nimrud tepaligi (Kichik Osiyo)da arxeologik qa- zishma ishlarini boshladi. Qadimgi mualliflar Nineviya aylana- si bilan 84 km ni tashkil qilib, baland devor va qal’alar bilan o‘rab olinganini tasdiqla gan edilar. Leyardning qazishmalari Nineviya keng hududga joylashganini tasdiqladi. Osuriya poy- taxti Nineviya hisoblangan Kunjik tepaligidan osur podsholari saroyi, bu saroydan ulkan odam-ho‘kiz, odam-sher haykallari topildi. Osuriya podshosi Sinaxxerib (mil.avv. VII asr) saroyi uning nevarasi podsho Ashshurbanipalning loy kitob lar bi- lan to‘la kutubxonasi bilan birga topildi. Leyard topilmalari Londondagi Britaniya muzeyi qadimgi Sharq kolleksiyasining asosi bo‘ldi. Leyardning xodimi U. Rassam Kunjik tepaligida qazish ishlari ni davom ettirdi va harbiy manzaralar tasvirlan- gan ajoyib relyefli boy podsho kutubxonasi bilan Ashshurba- nipalning saroyi qoldiqlarini topdi. Rassam tomonidan Nimrud yaqinidagi Balavat degan joydan mil.avv. IX asrga oid Osu riya yodgorliklari, jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tas- virlangan to‘rt jez taxta-Balavat darvozasi qoplamasi topildi. Angliyalik o‘ymakor usta-xattot Jorj Smit kambag‘al oiladan bo‘lib, o‘ymakorlik, naqshkorlik ustaxonasida usta bo‘lgan. U 87 hech qanday maxsus ma’lumot olmagan. Taniqli sharqshunos G. Roulingson yordami bilan muzeyda xodim bo‘lib ishlaydi. Nineviya xarobalariga uch marta uyushtirilgan ekspeditsiyaga boshchilik qildi. U Ashshurbanipal kutubxonasidagi loy tax- tachalarda Bilgamish dostonining ayrim parchalarini o‘qidi. Ingliz olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida qa- dimgi Shumer shaharlari Uruk, Larsa va Eredu qazib ochildi. XIX asr ning oxirida fransuz arxeologlari Shumer shahridagi La- gash va uning hukmdorlarining ko‘p sonli haykallari, Gudea- ning kumush va alebastr vazalari, «Kalxatlar stelasi», ibodatxo- na xo‘jaligini ochdilar. XX asr boshlarida Amerika ekspeditsiyasi (rahbari Gilbrext) Nippur shahridan saroy, maktab, turar joylar va xo‘jalik bino larini topdilar. Shahardagi Enlil ibodatxonasi kutubxonasida 20 ming loy taxtacha bitiklari sof shumer tilida yozilgan. Bu Ashshurbanipal kutubxonasidan yoshi yana 2000 yilga qa- dimiy bo‘lgan kutubxona edi. Nippurda sopol suv quvurlari ham qazib ochildi. Nemis arxeologi Robert Koldevey 1899–1914 yillar davo- mida hozirgi Bag‘dod shahri yaqinidagi Bobil xarobalarida ar- xeologik qazishmalarni olib bordi. Arxeolog balandligi 91 metr, aylanasi 91 metr bo‘lgan mashhur Bobil minorasi va afsonaviy Bobil osma bog‘lari xarobalarini ochdi. Tarixdan ma’lumki, Bo- bilning mashhur podshosi Navuxodonosor II o‘z rafiqasi Midiya malikasi Ametis (Semiramida) uchun osma bog‘ barpo qiladi. Bobil Midiyaning Osuriyaga qarshi yaqin ittifoqchisi edi. Osma bog‘lar Bobil shahrining janubida joylashgan. Osma bog‘ning tomonlari 123x120 metrni tashkil etgan. Bog‘ 100 bo‘lim – xo- nadan iborat bo‘lib, poydevori 14 kameradan tashkil topgan edi. Bog‘ning devorlari xom g‘isht, qamish, sement va bitum- dan iborat. Suv nasoslar bilan yuqoriga ko‘tarib berilgan. Tepa qavatdagi bog‘larda asriy daraxtlarni o‘stirish mumkin. Osma bog‘ning o‘rtasida katta maydon va basseyn bo‘lgan. Mil.avv. I asrda geograf Strabon Bobilga borib, osma bog‘ning suv ta’mi- notini tavsiflagan. Bobil Old Osiyodagi Nineviya kabi ulkan sha- har bo‘lib, Osuriyaning halokatidan so‘ng butun Old Osiyoning fan-madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan. Bobilning tashqi devorida yuz- ta bronza darvozasi bo‘lgan. 1899–1917-yillarda Bobil shahri xarobalaridan shahar devorlari, Navoxudonosor II (mil.avv. VII asr) saroyi, ishtar darvozasidan boshlangan diniy marosimlar ko‘chasi, bosh xudo Marduk ibodatxonasi va ulkan zikkurat 88 qoldiqlari topildi. Nemis arxeologi V. Andre 1903–1914-yil- larda Osuriyaning eng qadimgi poytaxti Ashshur shahrini qazib ochdi. 1933–1939-yillarda fransuz arxeologi Parro Mari shahri qoldiqlarini qazib, bu yerdan podsho Zimrilim saroyi (mil.avv.II ming yillik boshlari), 20 ming loy taxtachadan ibo- rat xo‘jalik-diplomatik hujjatlar arxivini topdi. 1922–1924 yillarda ingliz olimi L.Vulli qadimgi Ur shahri xarobalaridan oy xudosi Nannar, ma’buda Ningal ibodatxonalari, podsho Ur-Nammu mil.avv. III ming yillik oxirida qurgan zikkurat, ilk sulola davrida qurilgan maktab, ustaxona, bozor, uy-joy- lar, ibodatxona, davlat va xususiy arxivlarini qazib ochdi. Leonard Vulli Ur shahrida ilk Shumer qabristonida «Pod- sho sag‘analari»ni topdi. Bu yerda odamlarning ommaviy qurbonlik qilish dafn marosimi, oltin va lyapis-lazur (yoqut) dan yasalgan buyumlar topildi. Ingliz arxeologi S.Lengdon Ur shahridan 250 km shimoli-g‘arbda joylashgan shumerlar- ning Kish shahrini qazib ochdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Dajla va Frot daryosining quyi qismida fransuz arxeologi De Sarzek shumer madaniyati- ni chuqur o‘rgandi. Sarzek 1877–1888-yillarda shumerlarning Lagash shahrini qazib ochdi. Mashhur shumer yodgorligi «Kal- xatlar lavhasi»ni, ko‘pgina haykallar, san’at asarlari, bir necha ming loy taxtacha yozuvlarini ham De Sarzek topdi. Amerika arxeologik ekspeditsiyasi diniy, madaniy va siyosiy markaz bo‘lgan Nippur shahrini tadqiq qildi. Shaharda kutubxona bi- lan xudo Bela ibodatxonasi ochildi. Ibodatxonada topilgan loy taxtachalar matnlari shumer tilida yozilgan. Kutubxonaning qazib ochilgan 80 xonasidan 50 ming matn topilgan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropa va Amerika tad- qiqotchilari bilan birgalikda Iroq olimlari arxeologik izlanishlar- da ishtirok eta boshladilar. Iroq olimlari Eredu shahri, Nineviya xarobalaridan podsho Asarxaddon saroyini topdilar. XIX asr- ning 50-80-yillaridan XX asr boshlarigacha topilgan yodgor- liklar yangi ilmiy usullar asosida qayta o‘rganila boshlandi. Shu bilan birga, Mesopotamiyaning jamiyat tarixigacha bo‘lgan paleolit davri (Shanidar manzilgohi mil.avv. XI–VIII ming yillik), neolit (Jarmo manzilgohi mil.avv. VII–VI ming yillik; Xassun manzilgohi mil.avv. VI ming yillikning o‘rtalari va II yarmi) yod- gorliklari o‘rganila boshlandi. XIX asr oxiridan boshlab Mesopotamiya tarixiga oid qator tadqiqotlarni nemis olimlari K. Bekold, B. Maysner, amerika- 89 lik olimlar A. Almeted, A. L. Oppenxeym e’lon qildilar. Olimlar A.Oppenxeym va Kramaerlar o‘zlarining tadqiqotlarida Qadim- gi Mesopotamiya sivilizatsiyasining boy mazmun-mohiyatini ochib berdilar. Mesopotamiya tarixining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda: siyosiy tarix va davlat qurilishi; Sharq davlatchiligining o‘ziga xos xususiyat- lari; qadimgi Mesopotamiya huquqi; madaniyat va diniy e’tiqod etnogenezi, shumerlarning kelib chiqishi va ularning semit tilli xalqlar bilan aloqasi kabilar. Qadimgi Mesopotamiya tarixining iqtisodiy va ijtimoiy muno- sabatlari muammolari yetarlicha o‘rganilmagan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida E.Meyerning sikl konsepsiyasi bo‘yicha, har qanday sivi lizatsiya feodalizmdan boshlanadi, kapitalizm davri- ga o‘tib, ichki qarama-qarshiliklar tufayli halok bo‘ladi. Shundan so‘ng bu sikl yana takrorlanadi, ya’ni jamiyat yana feodalizmga qaytadi. Shunga asoslangan holda tadqiqotchilarning ayrimlari bu nazariya bo‘yicha Sharqda jamiyat abadiy feoda lizm holatida turadi degan xulosaga keldilar. Shu sababli XX asr boshlari- da nemis olimlari B.Maysner, P.Koshaker asarlari da qadimgi Meso potamiya jamiyati feodal jamiyat deb baholandi. Tadqiqotlardagi yana bir kamchilik dalillarni tahlil qilmay, boricha qabul qilish bo‘ldi. Ammo keyingi paytlarda ijtimoiy tuzilish, xo‘jalikni tashkil etish, shaharlarning shakllanishi va ularning o‘rni va roli, hunarmandchilik, savdo, ibodatxona xo‘jaligi kabi qator muammolarga bag‘ishlangan mukammal tadqiqotlar paydo bo‘ldi (A. Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gel- ba, V. Lemans va boshqalarning asarlari). Mesopotamiya tarixini o‘rganish markazlari dastlab Angliya va Fransiyada tashkil etildi. Keyin esa XIX asrda u Germa niyaga ko‘chdi. Yevropada fashizmning paydo bo‘lishi ko‘pgina olimlar- ni AQShga ko‘chishiga sabab bo‘ldi. Bu yerda hozir jahonga mashhur osurshunoslik markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, hozir Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Iroqdagi osur shunoslik markazlari samarali tadqiqotlar olib bormoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling