Xo‘jalik hujjatlari. Mesopotamiya tarixiga oid eng qadimgi
hujjatlar (mil.avv. III ming yillik boshlari) Uruk va Jamdat-Nasr-
dan topilgan mingga yaqin loy taxtachalardir. Ular piktografik
belgilar bilan yozilib, hali oxirigacha o‘qilmagan. Lagashdan
mil.avv. III ming yillikka oid xo‘jalik hujjatlari topilgan. Ayniqsa,
mil.avv. II ming yillikka oid ko‘pgina xo‘jalik hujjatlari mavjud.
Ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib
qolgan. Hozirgi Turkiya hududidagi Kultepadan mil.avv. II ming
yillikka oid osur va amoriy savdogarlariga tegishli qarz, tilxat va
sud qarorlari aks etgan 10.000 loy taxtachalardan iborat arxiv;
mil.avv. II ming yillikka oid qadimgi Arrapxadan topilgan 4000
loy taxtacha; mil.avv. XII–XI asrlarga oid Ashshur shahri ar-
xivi; mil.avv. I ming yillikga oid Nippur, Bobil, Borsippa, Ur va
Uruk shaharlari kesishgan joylardan topilgan arxivlar qadimgi
Mesopotamiya xo‘jalik hayoti to‘g‘risida muhim ma’lumot be-
radi. Ayniqsa, Nippurdagi savdo-tadbirkorlik bilan shug‘ullan-
gan «Murashu uyi»dan topilgan mil.avv. V asrga oid 700 hujjat
diqqatga sazovordir.
Huquqiy hujjatlar. Bizgacha Mesopotamiya tarixiga tegishli
ko‘plab huquqiy hujjatlar yetib kelgan. Ulardan eng qadimgi-
si podsho Shulga qonunlari (mil.avv. III ming yillikning oxiri);
mil.avv. XX asrga oid Eshnunna qonunlari, undan kirish va
59 modda saqla nib qolgan; mil.avv. II ming yillik boshlariga
tegishli Larsa va Issin qonunlari parchalari; Lipit-Ishtar nomli
hukmdor qonunlarining kirish, xulosaning bir qismi va 40 ga
yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan.
Eng katta qonunlar to‘plami 247 modda, asosiy qism, xu-
losadan iborat Xammurapi qonunlaridir. Mil.avv. II ming yillik
o‘rtalariga oid O‘rta Osuriya qonunlari, Yangi Bobil podsholigi-
ga oid 20 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |