Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Qadimgi Mesopotamiya aholisi. Mesopotamiyada odam-
lar qadimdan o‘rnasha boshlagan. Neolit davrida bu jarayon tez lashgan. Dastlab iqlimi qulay shimol o‘zlashtirilgan. Qa- dimgi Xassun, Xalaf madaniyatining etnik kelib chiqishi no- ma’lum. Janubiy Mesopotamiyaning ilk manzilgohlari keyin- roq, mil.avv. IV ming yillikda va mil.avv. IV ming yillikning II yarmida El-Ubayd madaniyati bilan belgilanadi. Ba’zi tad- qiqotchilar bu madaniyatni shumerlarga tegishli deb bilsa, boshqalari protoshumerlarga bog‘laydilar. Shumerlar janubiy Mesopotamiyaga mil.avv. 4600-yil yoki 6600-yil oldin ko‘chib kelganini S.Kramer va boshqa shumershunos olimlar aytadi- lar. Shumerlarning asl vatani Kavkaz, Eron, Hindiston yoki Oltoy bo‘lganligi to‘g‘risida turli ilmiy farazlar mavjud. Shumer ti lining qaysi til oilasiga mansubligi ham noma’lum. Shumerlar mahalliy aholi bilan aloqa o‘rnatib, ulardan bir qancha xo‘jalik yutuqlari, diniy e’tiqodlar va toponomik nomlarni o‘zlashtirib olganlar. Mesopotamiyaning shimolida mil.avv. III ming yillikdan boshlab sharqiy semit chorvador qabilalari yashagan. Ular ak- kad tilida so‘zlashgan. Mil.avv. III ming yillik oxirida g‘arb-Su- riya cho‘llaridan Mesopotamiyaga g‘arbiy semit chorvador qa- bilalari kirib kelgan. Akkadlar ularni amoriylar deb atashgan (akkadcha «Amurri», «Suriya» yoki «G‘arb» ma’nosini anglata- di). Mil.avv. III-II ming yilliklarning birinchi yarmida amoriylar Mesopotamiyada bir necha hukmdor sulolalarga asos solgan- lar. Qadimgi shimoliy Mesopotamiya, shimoliy Suriya va Arman tog‘larida xurrit qabilalari yashagan. Shumer va akkadlar ular va ularning mamlakatini Subarti deb atashgan. Mil.avv. III ming yillikdan shimoliy-sharqiy Mesopotamiya- da Diyali daryosidan Urmiya ko‘ligacha bo‘lgan hududda yarim ko‘chmanchi qutiy (gutiy) qabilalari yashagan. Kassit qabilalari shimoliy-g‘arbiy Eronda, elamlardan shimolda hayot kechirgan. Ular mil.avv. XVI asrda Bobilni bosib olib, o‘z sulolalariga asos soldilar. Kassitlar mahalliy madaniyat, tilni qabul qilib, ma- halliy aholini assimilatsiya qildilar. Mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida shimoliy Armaniston va Suriya cho‘lidan shi- moliy Mesopotamiya hududlariga g‘arbiy semit guruhiga man- sub kassit qabilalari kirib keldi. Ular mil.avv. XII asr oxirida 82 shimoliy Suriya va janubiy-g‘arbiy Mesopotamiyada kichik dav- latlar barpo qildilar. Ular mil.avv. I ming yillik boshlarida xurrit va amoriy aholisi bilan qo‘shilib ketdilar. Oromiy tili bu yerda keng tarqaldi. Mil.avv. X asrda janubiy Mesopotamiyaga oro- miylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o‘rnashdi. Bu etnik guruhlarning qadimgi Mesopotamiyaga migratsiyasi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling