Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Diplomatik hujjatlar. Eng qadimgi diplomatik hujjatlardan 
ikki loy silindrda bitilgan mil.avv. XXIV asrga oid Lagash va 
Umma o‘rtasidagi chegara janjali to‘grisidagi yozuv bizgacha 
yetib kelgan. Mil.avv. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlat-
lari o‘rtasidagi shartnoma; mil.avv. II ming yillik boshlariga te-


84
gishli Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplo-
matik yozishmalari matnlari topilgan. Mil.avv. II ming yillikda 
Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to‘g‘risida boy 
ma’lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna 
arxividir. 
Tarixiy mazmundagi yozuvlar. Shumer shaharlari, Ak-
kad, Bobil va Osuriya davlatlari podsholarining bizgacha yetib 
kelgan yozuv lari juda katta ilmiy qimmatga egadir. Shunday 
yozuvlardan biri mil.avv. XXIV asrga oid Lagash davlatining 
yuksalishi, uning qo‘shni Umma bilan urushi to‘g‘risida hikoya 
qiladigan Lagash hokimi Eannatumning chegarada tosh tax-
taga bitilgan «Kalxatlar stelasi» deb ataladigan yozuvidir. Mil.
avv. XXIV asrga oid Lagash hokimi Urukagina, mil.avv. XXII 
asrga oid Lagash hokimi Gudeaning qurilish va bag‘ishlov yo-
zuvlari, Akkad podshosi Rimushning (mil.avv. XXIII asr) Elam-
ga yurishlari to‘g‘risidagi yozuvlari va «Manishtusu yodgorligi 
(obelisk)»da podsho yer zaxirasi, uning jamoa yeri hisobidan 
ko‘payishi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. 
Bizgacha Osuriya podsholarining juda ko‘p yozuvlari yetib 
kelgan. «Sargon II ning Ashshurga xati», mil.avv. 714-yilda 
Urartuga qarshi yurishi bayon qilingan xatlari saqlanib qolgan. 
Podsho Ashshurbanipalning batafsil tarixiy ma’lumot beruvchi 
yilnomasi shular jumlasidandir. Yangi Bobil podsholarining 140 
ga yaqin yozuvlari bizga ma’lum. Tarixiy asarlar keyinroq, mil.
avv. IV–III asrlarda paydo bo‘ldi. Kohin Beroyesning (Bobildagi 
Marduk ibodatxonasi kohini) 3 qismdan iborat «Bobil va Xaldey 
tarixi»da to‘fon davridan makedoniyalik Alek sandr davrigacha 
bo‘lgan voqealar bayon qilingan. Bizgacha bu asarning par-
chalari o‘rta asr tarixchilari asarlarida keltirilgan ma’lumotlar 
orqali yetib kelgan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling