Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar
- MESOPOTAMIYADA DAVLAT VA JAMIYATNING PAYDO BO‘LISHI. SHUMER SHAHAR-DAVLATLARI. SHUMER-AKKAD DAVLATI 1. Mesopotamiya sivilizatsiyasi. 2. Shumer shahar-dav
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Ладынин И. А. и др. История древнего мира: Восток, Греция, Рим. «Слово», Эксмо Э. – М.: 2004. 2. Сетон Ллойд. Археология Месопотамии. – M.: 1984. 3. История Древнего Востока: тексты и документы / Под ред. В.И.Кузищина. – М.: 2002. 4.Источниковедение по истории Древнего Востока. Под. ред. Кузищина. – M.: 1984. Asosiy sanalar Mil.avv. V ming yillik oxiri – Mesopotamiyada El-Ubayd mil.avv. IV ming yillikning madaniyati. I yarmida Mil.avv. IV–III ming yilliklar Mesopotamiya janubida shu- merlarning paydo bo‘lishi. Mil.avv. III–II ming yilliklarning Amoriylar Mesopotamiyada bir I yarmi necha podsho sulolalariga asos soldi. XVIII asr Mesopotamiyaga daniyalik olim K. Niburning birinchi ilmiy sayo- hati. XIX asrning 90-yillari Nemis olimi F. Delichning akkad tili grammatikasi va lug‘atini yaratishi. Mil.avv. III ming yillik Mesopotamiya shimolida sharqiy semit qabilalari yashagan. 91 MESOPOTAMIYADA DAVLAT VA JAMIYATNING PAYDO BO‘LISHI. SHUMER SHAHAR-DAVLATLARI. SHUMER-AKKAD DAVLATI 1. Mesopotamiya sivilizatsiyasi. 2. Shumer shahar-dav- latlari ning siyosiy tarixi. 3. Akkadning yuksalishi. Sargon davlati. 4. III Ur sulolasi. 1. Mesopotamiya sivilizatsiyasi. Mesopotamiya (yunon- cha – «Ikki daryo oralig‘i», Dajla va Frot oralig‘idagi o‘lka) Fors qo‘ltig‘i, Arabiston cho‘li, Suriya, Arman Tavri va Zagros tog‘lari bilan chega ralangan. Hudud Quyi va Yuqori Mesopotamiyaga bo‘linadi. Quyi Mesopotamiyada Old Osiyoning eng unumdor yerlari bor, lekin mineral xomashyo va yog‘och taqchil. Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik mo‘l-ko‘l hosil olishga imkon yaratdi. Lekin qadimda bu hududda keng miqyosdagi sun’iy sug‘orish ishlari amalga oshirilishi tuproqning sho‘rlani- shi va hosilning pasayishiga olib keldi. Mil.avv. XI–VIII ming yilliklar (mezolit davri)da Dajla va Frot daryolarining vodiylariga qo‘shni tog‘li hududlarda terimchilik, hayvonlar va o‘simliklarni ilk madaniylashtirish jarayoni bora- di. Ilk paxsa binolar paydo bo‘ladi. Bu davrda Zavi-Chemi-Sha- nidar va Mifat dehqonchilik manzilgohlari mavjud bo‘lgan. Neolit davrida taraqqiyot sur’ati kuchayadi. Zagros vodiy- sida Jarmo madaniyati manzilgohlari paydo bo‘ladi. Mil.avv. VII ming yillik oxiri – VI ming yillik boshlarida Tel-Satto o‘troq manzilgohlari shakllanadi. Mil.avv. VI ming yillik o‘rtalarida Shimoliy Mesopotamiyada Xassun madaniyati rivojlanadi. Mil.avv. IV ming yillik oxiri – III ming yillik boshlarida Jamdat-Nasr madaniyati davrida mis va qalay mehnat qurollari ishlatila boshlandi. Mil.avv. IV ming yillikda Mesopotamiyaning janubida shu- merlar kelib o‘rnashadi. Mil.avv. III ming yillikda Mesopotamiya janubida shumerlar, Dajla va Frot daryolarining o‘rta oqimi- da akkad, shimolda xurrit xalqlari jamoa davridan davlat va jamiyatga o‘ta boshladilar. Qo‘shni jamoa urug‘ jamoalari deh- qonchilik bilan shug‘ullanib, ma’lum bir hududlarni egallab, o‘zlarining kichik-kichik davlatlarini tuzdilar. Shimolda yirik shahar markazlari Ashshur, Mari, Nine viya va boshqa sha- 92 harlar paydo bo‘ldi. Mil.avv. III ming yillikning birinchi yarmi- da Mesopotamiya janubida qator shahar-davlatlar: Eredu, Ur, Larsa, Uruk, Kish va Lagash paydo bo‘ladi. Hunarmandchilik yuqori darajada rivojlanadi. Metallurgiya sanoati birinchi o‘rin- ga chiqib oladi. Metall quyish, kavsharlash, payvandlash usul- lari o‘zlashtiriladi. Savdo hunarmandchilikdan ajralib chiqadi. Jamoada maxsus savdogarlar – tamkarlar faqat tovar ayir- boshlash bilan shug‘ullana boshlaydilar. Yerni sotish va sotib olish boshlanadi. Qulchilik munosabatlari rivojlanadi. Urush- lar qulchilik manbai bo‘lgan. Qullar «begona mamlakat erka- gi (ayoli)» deb yozilgan ideogrammalar bizgacha yetib kelgan. Qullar xo‘jalikning turli sohalarida ishlatilgan. Ibodatxonalarda qul mehnatidan foydalanilgan. Qullar soni podsho, ibodatxona xo‘jaligida o‘rtacha 100-200 ni tashkil qilgan. Xususiy xo‘jalik- da 1-3 ta, podsho xo‘jaligida bir necha o‘n qul bo‘lgan. Tax- minlarga ko‘ra, Lagash davlatida 80-100 ming erkin kishiga 30 ming qul, Shuruppakda 30-40 ming erkin kishiga 2-3 ming qul to‘g‘ri kelgan. Qullar 15 sikldan 23 sikl kumushgacha sotilgan (1 sikl – 8 gramm). Shumer jamiyatida qullardan tashqari, o‘z yeri bo‘lma- gan yoki yeridan ajralganlar, boshqa jamoalardan kelganlar, kambag‘al oilaning kichik a’zosi, ibodatxonaga bag‘ishlangan qaram kishilar ko‘p bo‘lgan. Bunday qaram kishilar ibodat xona va xususiy xo‘jaliklarda qullar qatorida mehnat qilganlar. Ilk sulola davrida Shumer jamiyatining hukmron qatlamini boyib ketgan dehqonlar, urug‘ oqsoqollari, kohinlar va harbiy bosh- liqlar tashkil qilgan. Ular yaqin kelajakdagi zodagonlar, amal- dorlar, saroy a’yonlari qatlamining ilk vakillari edi. Mayda ish- lab chiqaruvchilar qatlamini kichik yer ulushiga ega bo‘lgan hududiy va katta oilalarga birlashgan oddiy jamoachilar tashkil qilgan. Shumer jamiyatida yer egaligi ikki qismdan: jamoa va ibodatxona yerlaridan iborat bo‘lgan. Shahar-davlat hokimiyati jamoa homiysi bo‘lgan xudo ibo- datxonasi atrofida shakllangan. Shu sababli shahar hayotida markaziy o‘rinni ibodatxona egallagan. Ilk hokimlar «ensi» (ko- hin – quruvchi) kohinlardan bo‘lgan. Ibodatxonalar xudo mulki hisoblangan yerlarga egalik qilganlar. Bu yerlar bo‘linmagan va kohinlar ixtiroyida bo‘lgan. Ibodatxonaning bir qism yerlariga qaram kishilar tomonidan ishlov berilgan, bir qismi esa bo‘lak- larga bo‘linib, ijaraga berilgan yoki ibodatxona xizmatchilari- ga, shuningdek, ibodatxonaga xizmat ko‘rsatadigan savdo- 93 gar-hunarmandlarga xizmatlari uchun foydalanishga berilgan. Ibodatxonaning o‘z harbiy qismi bo‘lib, ularning ta’minoti ham ibodatxona zimmasida bo‘lgan. Ibodatxonaning katta miqdor- dagi moddiy mablag‘lari uzoq davom etadigan diniy bayramlar- ni tashkil qilishga (bu bayramda shaharning barcha aholisi qatnashgan), boshqa qo‘shni shahar-davlatlar bilan mahsulot ayirboshlashga sarflangan. Bir qism mahsulot zaxira sifatida fav qulodda vaziyatlar uchun saqlangan. Ibodatxona yer-mulki, uning kirim-chiqimlari qat’iy hisob-kitob qilib borilgan. Ilk sulola davri (mil.avv. XXVIII – XXVII asrlar)da shahar-dav- lat tepasida «En» (janob) – oliy kohin turgan. Ehtimol, u saylab qo‘yilgan. «En»ning vazifasi kohinlik, ibodatxona ma’muriyatini boshqarish, ibodatxona, shahar qurilishi, sug‘orish inshoot- larini barpo qilish va shuningdek, jamoa mulki hamda uning iqtisodiyotini boshqarish bo‘lgan. Mil.avv. III ming yillik o‘rta- larida «En» unvoni o‘rniga «Ensi» («kohin – quruvchi» shahar boshqaruvchisi) va «Lugal» («katta odam», «podsho», akkadcha «sharru») paydo bo‘ladi. «Ensi»ning vazifasi sug‘orish inshootlari va ibodatxonalar qurishga rahbarlik qilish bo‘lgan. Shu sababli u devoriy tas- virlarda ko‘pincha boshida qandaydir qurilish materiallari bi- lan to‘ldirilgan savat ko‘targan tarzda tasvirlangan. Jamoa va ibodatxonani boshqarish, soliqlar to‘plash uning vazifasi edi, ba’zida ibodatxona harbiy qismini boshqargan. «Ensi» vazifa- si saylanadigan bo‘lib, shu sababli, uning boshqaruvi «navbat» deb atalgan. «Lugalning» funksiyasi «Ensi»dan obro‘liroq va mavqei katta- roq bo‘lib, yirik shahar, ba’zida shaharlar birlashmasi hukm- doriga nisbatan aytilgan. Ilk sulola davrida oqsoqollar kengashi va yig‘ini hokimni saylagan yoki mansabidan tushirgan. Uning faoliyati ustidan nazorat qilgan, jamoa a’zoligiga qabul qilgan. Hukmdor qoshida maslahat organi bo‘lgan. Mulkiy tabaqala- nishning kuchayishi natijasida xalq yig‘inining mavqei tusha boshlaydi. Hokimning iqtisodiy-siyosiy mavqei o‘sib boradi. En- dilikda u ayrim muammolarni o‘zi mustaqil hal qila boshlaydi. Uning tayanchi kichik harbiy qism bo‘lgan. Ilk Shumer shahar-davlatlari hududi kichik bo‘lib, odatda u kichik shahar va yaqin atrofdagi qishloq xo‘jalik okrugidan ibo- rat bo‘lgan. Eng qadimgi Shumer shahri Eredu hisoblangan. U bilan birga, qadimgi hujjatlarda shimoldagi Sippar, janubdagi Shuruppak tilga olinadi. 94 Mil.avv. III ming yillik boshlarida Mesopotamiyaning janubi Shumer kichikroq, lekin aholi zich joylashgan hudud bo‘lgan. Shumerda yuqori darajada hosil beradigan sug‘orma dehqon- chilik ko‘p sonli aholini yetarli ozuqa bilan ta’minlashi mum- kin edi. Uning asosiy markazlari bo‘lgan Ur, Uruk, Larsa, Kish, Lagash va Umma shaharlari bir-biridan bir necha km uzoqlik- da joylashgan edi. Shahar va uning atrofida dehqonlar, hunar- mandlar, kohinlar yashagan. Mil.avv. III ming yillikda Mesopo- tamiya shahar-davlatlari natural xoj’alikka asoslangan sug‘or- ma dehqonchilik asosida yashagan. Xo‘jalikning natural holati, mahsulot ayirboshlashning deyarli yo‘qligi, o‘zi ishlab chiqar- gan mahsulotini o‘zi ishlatishi, iste’mol mollariga ehtiyojning cheklangani har bir shahar-qishloqni mustaqil yashashiga im- kon yaratdi. Faqat ayrim xomashyo chetdan olib kelingan yoki ayirboshlangan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling