Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. III Ur sulolasi. Qutiylar Mesopotamiyada yuz yilga yaqin 
hukmronlik qilganlar. Qutiylar mil.avv. 2109-yil Ur shahri 
podshosi Utu xengal tomonidan tor-mor qilindi. Ularning pod-
shosi Tirikkani asir oldi va «Shumer – Akkad podsholigi» tojini 
kiyib, Shumerni birlashtirdi. Markazlashgan davlat «Shumer 
– Akkad» podsholigi nomida qayta tiklanib, davlat tili shumer 
tili bo‘ldi. Utuxengalning safdoshi Ur-Nammu taxtni egallab, 
poytaxtni Ur shahriga ko‘chirdi. Ur Nammu sulolasi III Ur 
sulolasi deb aytiladi. Ur-Nammu (mil.avv. 2106–2094-yillar) 
va uning o‘g‘li Shulga (mil.avv. 2093–2046-yillar) davrida Ur, 
Nippur va Lagashda sug‘orish inshootlari qurildi. Mamlakat-
da siyosiy-ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun qonunlar 
to‘plami tuziladi. Bu qonunlar to‘plamidan parchalar yetib 
kelgan. 
Bu davrda ibodatxona – zikkuratlar va podsho sag‘analari 
qurildi. Ur shahrida ulkan zinapoyasimon minora – zikkurat 
qurilgan. Uning saqlanib qolgan birinchi qavati hajmi 65x43 
m, balandligi 10 m edi. Ur devorining balandligi 8 m, qalinligi 
24 m bo‘lgan. Hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan pod-
sho ustaxonalari ishi yo‘lga qo‘yildi. Tashqi savdo kengaytirildi. 
O‘lchov birliklari tartibga solindi.
Buzilgan sun’iy sug‘orish tizimi to‘liq qayta tiklanib, yangi-yan-
gi kanal va to‘g‘onlar qurildi. Katta hajmdagi chorvachilik, deh-
qonchilik xo‘jaliklari tashkil qilindi. Mesopotamiyada ekin yer-
larining katta qismi – ibodatxonalar yerlari davlat qaramog‘iga 
o‘tkazilib, yersiz va kam yerli odamlar bu xo‘jalikda ishlatilar 
edi. III sulola davrida asosiy yer zahirasi podsho qo‘lida to‘plan-
gan. Ulkan davlat xo‘jaligi Mesopotamiyaning barcha ibodatxo-
na yerlarini birlashtirib, u markazdan turib boshqarilgan.


100
Ur shahrining boy arxivida barcha ibodatxona yer-mulkla-
rining batafsil xatlangan hujjatlari saqlanib qolgan. Ibodatxo-
na yerlarida ishchi guruhlari mehnat qilganlar. Ularning ish 
miqdori
 qat’iy belgilanib, shunga yarasha mahsulot ulushi ol-
ganlar. Ur shahri xarobalaridan topilgan minglab mixxat hujjat-
lari eng mayda xo‘jalik operatsiyalari ustidan qattiq nazorat 
o‘rnatilganidan guvohlik beradi. O‘sha davrda podsho oshxona-
si uchun hisobdan chiqarilgan ikki kaptar to‘g‘risidagi mas’ul 
xodim va nazoratchilar muhri bosilgan mixxat hujjati ma’lum.
Jamoa yerlari xususiy qo‘llarda to‘plana boshladi. Podsho 
jamoachi dehgonlarni xonavayron bo‘lishi jarayonini sekinlash-
tirish uchun jamoa yerlari oldi-sotdisini taqiqladi. Ammo yer-
sizlik kuchayib ketdi. Kambag‘allarning o‘z bolalarini qul qilib 
sotishi, qarz uchun vaqtincha qul bo‘lish odatdagi hol bo‘lib 
qoldi. Qullar ko‘payib ketdi. Qul 9-10 sikl turgan. Ijtimoiy ta-
baqalanish kuchayib bordi. Tabaqalar o‘rtasida ijtimoiy muno-
sabatlarni barqaror qilish maqsadida davlat hokimiyati ma’lum 
bir qonun-qoidalarni joriy qilgan. Shumer-Akkad podsholigi-
ning davlat boshqaruvi III Ur sulola davrida qadimgi Sharq 
podsho hokimiyatining tugallangan shakli edi. Podsholar chek-
lanmagan hokimiyatga ega bo‘lib, «Ur podshosi, Shumer pod-
shosi va Akkad podshosi» unvonlariga, ba’zida «dunyoning to‘rt 
iqlimi podshosi» unvonlariga ega bo‘lganlar. 
Boshqaruv apparati ko‘p sonli amaldorlardan iborat bo‘lib, 
amaldorlar davlat xo‘jaligini boshqarishda turli qonun-qoida-
lar, hujjatlarga asoslandilar. III Ur sulolasining yuz yillik hukm-
ronligi davrida Mesopotamiyaning qolgan 3 ming yillik tarixi-
da mavjud bo‘lgan hujjatlarga teng hujjatlarni to‘pladilar. Ur 
Naminu va Shulga qonunlar to‘plami, Shulqaning keng va-
kolatlarga ega podsho sudini joriy etilishi davlat hokimiyatini 
mustahkamlab, jamiyatni barqaror qilishga qaratilgan. 
Shulga faol tashqi siyosat yuritdi. Mamlakat sharqiy chega-
ralaridagi dushman qutiylarga qarshi urush olib bordi. Ur davlati 
tarkibiga Mesopotamiya, Suriya, Finikiyaning bir qismi, Zagros 
tog‘lari, undan sharqdagi bir necha hududlar va Elam kirgan. Su-
lola bu hududlarda o‘z hokimiyatini kuch ishlatish, muzokara-ke-
lishuvlar va sulolaviy nikohlar tuzish yo‘li bilan ushlab turdi. 
Mil.avv. 2025-yil Yuqori Mesopotamiya, Suriya cho‘llari, 
Frot o‘rta oqimidagi amoriy qabilalari mamlakatning marka-
ziy hududlariga shiddat bilan hujum boshladi. Urning so‘nggi 
podshosi Ibbesuyen amoriylar hujumini qaytara olmadi. Bosh-
qaruv izdan chiqdi. Ishbu-Erra nomli amaldorlardan biri Issin 


101
shahrida hokimiyatni qo‘lga oldi. Amoriylar butun mamlakatga 
o‘rnashib olib, Ishbu - Errining hokimiyatini rasman tan oldi-
lar. Elam, subariylar Ibbusuenni asirga olib, Ur bilan janubni 
egallashga harakat qildilar. Quyi Mesopotamiyani Ishbu - Erra 
o‘z qo‘li ostida birlashtirdi. Markazlashgan davlat xo‘jaligi tu-
gatildi. Podsho va ibodatxona yerlari saqlanib qoldi, lekin may-
da bo‘laklarga bo‘linib, kichik oilalarga tegishli majburiyatlar 
bilan bo‘lib berildi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling