Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Bobil kassit sulolasi davrida. Mil.avv. 1595-yildan Bobil-
da kassit sulolasining hukmronligi boshlanib, 1155-yilgacha 107 davom etdi. Bu davr «O‘rta Bobil davri» deb ataladi. Kassitlar Bobilning yuksak madaniyatini qabul qildilar. Kassit sulolasi faol tashqi siyosat yurita olmadi. Bu davrning qudratli davlat- lari Misr, Mitanni, Xettlar podsholigi Old Osiyoda yetakchilik uchun raqobat qildilar, Kassit Bobili iqtisodiy-harbiy jihatdan zaif bo‘lib, ular bilan tenglasha olmas edi. O‘sha davr misr yo- zuvlari Kassit Bobilining Misr qudratini tan olgani va uning hukmdorlariga sovg‘a-salomlar yuborgani to‘g‘risida ma’lumot beradi. Buria-Buriash davrida (mil.avv. XV asr oxiri) Misrning vaqtincha zaiflashuvi natijasida Bobil Misrga qarshi Mitan- ni bilan hamkorlik qildi. Natijada Misr Mitanni bilan tinchlik aloqalarini o‘rnatishga majbur bo‘ldi. Bobil Mitanni davlati- ning Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘oqlari hududlariga nisbatan da’vosini qo‘llab-quvvatladi. Kassitlar sulolasi tashqi siyosatda murosachilik siyosatini olib bordi va o‘zining hukmronligini mustahkamlash uchun vaqti-vaqti bilan qo‘shni davlatlar bi- lan ittifoq tuzdi. Kassitlar Misrga qarshi xettlarni qo‘llab-quv- vatladilar. Xettlar podshosiga Buria-Buriash II ning qizi tur- mushga uzatilib, sulolaviy nikoh bilan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanadi. Kassit hukmdorlari mil.avv. XIII asrda xettlar bilan ittifoqlikda osuriyaliklarga qarshi urush olib bordi. Mil.avv. XII asr boshlarida kassit Bobili qulay xalqa- ro vaziyatdan foydalanib, vaqtinchalik Osuriyani o‘ziga qaram qildi. Kassit sulolasining hokimiyati kuchsiz bo‘lib, markaziy davlat hokimiyatining joylarga ta’siri zaif edi. Mamlakat ichida davlat yerlarini oqsuyak-zodagonlarga muntazam tarqatilishi, ularga soliq tushumlarini berilishi xazinani bo‘shab qolishi- ga va podsho obro‘-e’tiborining tushib ketishiga sabab bo‘ldi. Kassitlar davri shaharlarning o‘z-o‘zini boshqaruvi va xususiy mulkchilikning kuchaygan davri bo‘lgan. Bobil, Nippur va Sip- par shaharlari ma’lum mustaqillikka ega bo‘lgan. Frot daryo- si ning o‘ng qirg‘og‘idagi Sippar shahri yirik savdo-hunarmand- chilik markazi bo‘lib, o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shahar umumdavlat soliq va majburiyatlardan ozoq qilingan. Shamash ibodatxonasi bosh kohinni boshchiligida oqsoqol- lar kengashi boshqargan. Ular soliq va majburiyatlardan to‘la ozod qilingan. Bu shaharlar o‘zlarining alohida qo‘shinlariga ega bo‘lgan. Shaharlar doimo o‘z hududlarida savdo va hu- narmandchilikni rivojlantirdilar. Natijada mamlakat iqtisodiyo- ti gullab-yashnadi. Savdo-hunarmandchilikning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratildi. 108 Qishloq xo‘jaligida natural holat kuchayib, tovar ishlab- chiqa rish kamaydi. Yirik yer egaligi mustahkamlana boshladi. Zodagonlar ko‘p hollarda soliq to‘lovlaridan podsho farmonlari bilan ozod bo‘la boshladi. Bunday farmonlar «qudurru» (Yer egalarining soliq va ma’muriy immunitetlari to‘g‘risidagi far- mon) chegara toshlarida yozib qo‘yila boshlanadi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling