Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. От начала начал: Антология шумерской поэзии / Пер. и комм. 
В.К. Афанасъевой. Спб. 1997.
2. Эпос о Гилъгамеше (О все видавшем)/ Пер. и.комм. И.М. 
Дъяконова. – М., – Л.: 1961.
3. Поэзия и проза Древнего Востока. – М.: 1973. (Библиотека 
всемирной литературы).
4. Флетчер Н.Д. Культура и искусства двуречья и соседных 
стран. – М., Л.: 1958.
5. Клочков С. Духовная культура Вавилона. Человек, судьба 
время. – М.: 1983.
 Asosiy sanalar
Mil.avv. XXIV asr
Ilk batafsil yozilgan shumer
matnlari paydo bo‘ldi. 
Mil.avv. III ming yillik
So‘nggi Shumer-akkad lug‘atlari
paydo bo‘ldi.
Mil.avv. XVII asr
Mesopotamiyada shisha ishlab
chiqarila boshlandi.
Mil.avv. XI asr 
Temirdan foydalanila boshlandi
Mil.avv. 705–681-yillar
Nineviya shahri qurildi.
Mil.avv. VII asr 
Oromiy tili va yozuvi kirib keldi.
Mil.avv. 669–635-yillar
Ashshurbanipalning hukmronlik
yillari Nineviya shahrida 30.000
taxtachadan iborat kutubxona 
tashkil qilindi.


125
III BOB
QADIMGI DAVRDA KICHIK OSIYO
1. Iqlim va aholi. 2. Ibtidoiy jamoa davri. 3. Frigiya.
4. Lidiya. 5. Urartu.
1. Iqlim va aholi. Kichik Osiyo to‘rt dengiz (Qora, Marmar, 
Egey, O‘rtayer dengizlari) bilan o‘ralib, Yevropadan Bosfor va 
Dardanell bo‘g‘ozlari bilan ajralgan. Yarim orolning sharqiy 
qismi Shimoliy Pont, Tavr va Anti Tavr tog‘lari bilan o‘ralgan, 
cho‘l yassi tog‘ligidan iborat. G‘arbiy qismida qulay buxtalar 
ko‘p bo‘lgan dengiz qirg‘oqlari bor. Tog‘lar daryo vodiylari bilan 
almashib keladi. Yarim orolda kichikroq Galis (hozirgi Qizil ir-
moq), Germ, Paktol daryolari mavjud. Kichik Osiyoda qayin va 
kedr daraxtlari mavjud. Tog‘larda oltin, kumush, qo‘rg‘o shin, 
mis va temir xomashyosi qadimdan qazib olingan. Qurilish xo-
mashyolaridan marmar, tog‘ billuri, slyuda va obsidian uchray-
di. Ko‘llardan tuz qazib olingan. Kichik Osiyo Yevropa va Osiyo 
qit’alari oralig‘ida joylashgani uchun qadimda hunarmand-
chilik, savdo etnik migratsiyalar va madaniy aloqalar rivojlani-
shida muhim rol o‘ynadi. 
Bir necha ming yil davomida Qora dengizning ikki bo‘g‘ozi va 
Kavkaz dovonlari orqali ko‘plab etnoslar Kichik Osiyoga mig-
ratsiya qildi va bu yerda o‘rnashib qolishga urindilar. Kichik 
Osiyoning eng qadimgi aholisi Qora dengiz bo‘g‘ozlari va Kav-
kaz tog‘laridan kirib kelgan xalqlar xettlarning ilk ajdodlari 
(nesiy lar, luviya, palay), kask yoki kashklar, mil.avv. XIV asr-
larda axey lar, keyin friglar, ko‘chmanchi kimmeriylar va Kichik 
Osiyo ning g‘arbiy sohillarida yunonlar ko‘chib keldilar.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling