Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Ibtidoiy jamoa davri. Kichik Osiyoning tabiiy sharoitga 
mos ravishda bu yerda bir vaqtning o‘zida o‘nga yaqin madani-
yatlarning mavjudligidan dalolat beradi. 
Kichik Osiyo paleolit davridan o‘zlashtirildi. Ilk paleolit ovchi-
lari yarim orolni o‘zlashtirib, keyin ibtidoiy dehqonchilik bilan 


126
mashg‘ul bo‘ladilar. Hozirgi Antaliya shahri yonidan mil.avv. X–
IX ming yilliklarga oid g‘alla o‘roqlari tishlari topilgan. Mil.avv. 
VIII–VI ming yilliklarda Kichik Osiyoda paxsa uylardan iborat 
qo‘rg‘onlarda ovchi va dehqonlar yashaganlar ( Xojalar, Cha-
yon, Tepa qatlamlari).
Koniya tekisligida mil.avv. VII–VI ming yilliklarda Chatal- 
Guyuk madaniyati shakllandi. Bu yerda yuksak rivojlangan 
dehqonchilik madaniyati bo‘lgan. Bu madaniyatga 20 dan 
ortiq qo‘rg‘onlar tegishli bo‘lib, ularning eng kattasi Chatal 
-Guyuk edi. Chatal Guyuk manzilgohi (13 gektar)da uylar bir 
xil o‘lchamda, xom g‘ishtdan qurilgan. Uylarning tomi tepasi-
da yorug‘lik tushishi uchun tuynuk ochilgan, tomdan ochilgan 
boshqa tuynuk kirib chiqish uchun eshik vazifasini o‘tagan. 
Devorga ichki va tashqi tomondan zinapoya qo‘yilgan. Chatal 
Guyukda bundan 14-15 ming yil oldin qurilgan ibodatxona 
topilgan. Bu ibodatxonani o‘troq ovchi-terimchilar qurganlar. 
Ularning qurollari toshdan bo‘lgan. Bu yerda bundan 12 ming 
yil oldin qurilgan don ombori topilgan. Chatal Guyukda 12 xil 
o‘simlik o‘stirilgan, echki, qo‘y boqilgan. Mis va qo‘rg‘oshindan 
turli buyumlar tayyorlangan. Bu yerda mavjud bo‘lgan ibodat-
xona yuksak injenerlik tafakkuri asosida qurilgan. Quruvchilar 
geologiya fanidan yaxshi xabardor bo‘lgan, ibodatxona quruv-
chilari richag yordamida balandligi 5 metr, og‘irligi 4 tonnalik 
ustunlarni ko‘targanlar, 10 tonna og‘irlikdagi ustunlarga relyef 
tasvirlar tushirilgan. Ibodatxonaga kiradigan darvoza tosh tax-
tadan bo‘lib, har bir taxtaga odam va hayvon tasvirlari tushiril-
gan 20 dan ortiq rel’yef tasvirlar mavjud. Ibodatxonada hayvon 
suyaklari juda ko‘p. Odamlar ibodatxonada bayram va maro-
simlar vaqtida to‘planganlar. 
Chatal Guyukdan 400 km uzoqlikda Shimolda joylashgan 
Tubekli tepaga Chatal Guyakdagi ho‘kiz, buqa tasviri ko‘chib 
o‘tdi. Tubekli tepa (Turkiya)dan bundan 3 ming yil oldin yasal-
gan haykal topilgan. Kichik Osiyo qadimdan kichik viloyatlarga 
bo‘lingan: Pifiya, Paflago niya, Kilikiya, Kappadokiya, Vifiniya, 
Likiya, Misiya, Frigiya, Lidiya va Luviya. Mil.avv. III ming yillik-
da Kichik Osiyoda hunarmandchilik savdo markazlari bo‘lgan 
shaharlar paydo bo‘ldi. Kichik Osiyoda mil.avv. III ming yillik-
da shahar-davlatlar mavjud bo‘lgani to‘g‘risida Anatoliyadan 
topilgan loy taxtacha matnlari guvohlik beradi. Matnlar sav-
dogarlarning faoliyati mahalliy Anatoliya davlatlari hokimlari 
nazorati ostida bo‘lganini tasdiqlaydi. Kichik Osiyo hokimlari 


127
tranzit savdoda faol ishtirok etganlar. Hunarmandlar mahalliy 
mehnat qurollari, mis boltalar, tilla ko‘zalar yasaganlar. Hu-
narmandchilik markazlarida arxeologlar Boltiq bo‘yida uchray-
digan qahrabo (yantar), Afg‘onistondan keltirilgan qimmatbaho 
tosh – la’l, Misrdan olib kelingan yog‘och qutichalarni topgan-
lar. Kichik Osiyodan metall xomashyosi Suriya va Mesopotami-
yaga chiqarilgan. Ilk temir xomashyosi mil.avv. XIV asrda bu 
yerda xettlar tomonidan kashf qi lingan. Kichik Osiyoda metall-
ga ishlov berish, zargarlik yuqori darajada rivojlangan, xanjar, 
qilich va jang boltalari, metall qalpoqlar ishlab chiqarish keng 
tarqalgan.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling