Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Partol daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Lidiyaning poy-
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
Partol daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Lidiyaning poy- taxti Sard shahri yirik savdo-hunarmandchilik markazi edi. U jun matolar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ammo mil.avv. 547-yilda Krez Sard shahri yonida Kayxusrav boshchiligidagi fors qo‘shinlari tomonidan tor-mor qilindi va Lidiya fors davlati tarkibiga kirdi. Lidiya arxaik harbiy davlat edi. Podsho otliq qo‘riqchi va muntazam qo‘shinga tayanib, davlatni boshqargan. Podsho ol- dida zodagonlar kengashi va xalq yig‘ini bor edi. Lidiya tarixga musiqa san’ati rivojlangan mamlakat sifatida kirdi. 130 5. Urartu. Urartu tarixiga oid osur, urartu hujjatlari, podsho yozuvlari mavjud. Shuningdek, oz miqdorda xo‘jalik hujjatlari ma’lum. Xurritlarga qarindosh bo‘lgan Urartu (Uruatriy) qabi- lalari mil.avv. 1300-yillar atrofida qabilalar ittifoqiga birlash- ganlar. Mil. avv. IX asr o‘rtalarida bu ittifoq Biayneli («Van»; osurlar Urartu deb atagan) nomli davlatni barpo qildilar. Uning markazi Tushpa bo‘lib, Van ko‘lining sharqida joylashgan edi. Urartu davlati taraqqiyotining gullab-yashnagan davri pod- sho Menua (810–786-yil) va uning vorislari hukmronligi vaqtida (mil.avv. IX asr oxirida), zaiflashgan davri Rusa I podsholigiga to‘g‘ri keladi. Davlat xo‘jaligining asosi sug‘orma dehqonchilik bo‘lib, ekinzorlarda erkin dehqonlar mehnat qilganlar. Asir qul- lar ko‘p sonli bo‘lgan. Ular podsho xo‘jaligi, dehqonchilik va hunarmandchilik sohalarida ishlaganlar. Urartuning davlat boshqaruvi podshoning yakka hukmronligiga asoslangan. Pod- sholarning eng birinchi vazifasi mamlakatni qudratli dushman – Osuriya bosqinidan himoya qilish edi. Urartu davlati uzoq vaqt Osuriya davlatining bosqiniga uchra- di. Osuriyaning ko‘p sonli qo‘shinlari Urartu qal’a, shaharlarini talon-taroj qildilar. Mil.avv. VIII asr oxirida Urartuning diniy markazi – Musasir Osuriya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan. Podsholar Argishti va Sarduri II Osuriyaga qarshilik ko‘rsatish- ga harakat qil dilar. Ular Osuriyaga qarshi turli koalitsiyalarga kirdilar, lekin Osuriya Kichik Urartuni o‘ziga tobe qildi. Bundan tashqari, ko‘chmanchi kimmeriylar Urartu shahar, qishloqla- rini taladilar. Zaiflashib qolgan Urartu mil.avv. VI asrda Mi- diya tomonidan bosib olindi. Urartuning madaniyati va iqtisodi to‘g‘risida arxeologik qazishmalar boy ma’lumot beradi. Teyshe- bani (Karmir Bilur), Eribuni (qadimgi Yerevan) va Argishtixinili (podsho Argishti qurgan shahar) shaharlari kuchli fortifikatsiya inshootlari bilan o‘rab olingan. Teyshebani qal’asidagi ombor va oziq-ovqat saqlanadigan omborlarda birdaniga 5000 gektarli dala va uzumzorlar hosilini saqlash mumkin edi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling