Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Davlat va jamiyatning vujudga kelishi. Qadimgi Xett


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Davlat va jamiyatning vujudga kelishi. Qadimgi Xett 
podsholigi (mil.avv. XVIII – mil.avv. XVI asrlar). Mil.avv. XX–
XVIII asrlarda Kichik Osiyoning sharqida ashshur shahri sav-


133
dogarlari bir necha savdo koloniyalarini barpo qiladilar. Bu sa-
vdo koloniyalari orqali xalqaro savdo olib boriladi. Eng avvalo, 
metallar va yuqori sifatli gazlamalar savdosi amalga oshiriladi. 
Bu davrda Sharqiy Kichik Osiyoda xett qabilalari boshqa ma-
halliy tub joy aholini assimilatsiya qiladilar. 
Mil.avv. II ming yillik boshlarida Kichik Osiyoda Nesa (Kanes), 
Burusxan, Kussar va Xattusi kabi shahar-davlatlar vujudga 
kela boshlaydi. Kichik Osiyoning bu shahar-davlatlarning ilk 
birlashuvi natijasida mil.avv. XVIII asrning birinchi yarmida 
xettlar davlati tashkil topdi. Qussar davlati hokimi Pitxan Nesa 
shahrini bosib oldi. Pitxanning vorisi Anita o‘z qarorgohini Nesa 
shahriga ko‘chirdi. Tez orada Salpa, Xattusi va Burusxanx 
bosib olindi. Anita Nesa shahrini markaz qilib, Qora dengizdan 
Kichik Osiyodagi Tuz ko‘ligacha bo‘lgan hududlarni egallab, 
xettlar davlatini barpo qiladi. Bu davr tarixchilar tomonidan 
Qadimgi Xett davri (mil.avv. XVIII–XVII asrlar) deb ataldi.
Qadimgi Xettlar davlatida urug‘ tuzumi qoldiqlari hali kuchli 
bo‘lgan. Xett podsholari o‘z hokimiyatlarini xalq kengashlari-
ga taya nib amalga oshirganlar. Qurol ko‘tarishga qobiliyat-
li bo‘lgan barcha erkaklar podsho chiqaradigan «pankus» deb 
ataladigan yig‘ilishda muntazam ishtirok etganlar. Zodagonlar 
davlat boshqaruvida faol qatnashib, o‘zlarining kuchli tayanchi 
bo‘lgan zodagonlar kengashi (tuliya) orqali xalq yig‘iniga bosh-
chilik qilganlar. Zodagonlardan tashqari, davlat boshqaruvida 
podsho oilasi: aka-ukalari va boshqa qarindoshlari muhim rol 
o‘ynaganlar. 
Qadimgi Xett an’anasiga ko‘ra, podshoning vorisi podsho 
oilasidan tanlangan. Ko‘pincha voris tanlashda podshoning 
jiyanlari, uning opa-singillarining o‘g‘illariga imtiyoz berilgan. 
Odatga ko‘ra, davlatni ikki hukmdor: podsho va malika bosh-
qargan. Agar podsho vafot etsa, malika o‘z unvonini yangi pod-
sho hukmronligi davrida ham saqlab qolgan. Yangi podshoning 
rafiqasi malika bo‘lish uchun sobiq podshoning bevasi – ma-
likaning o‘limini kutib turgan.
Anita vafotidan keyin mil.avv. XVII asr oxirida boshqa Xett 
urug‘i hokimiyat tepasiga keladi. Xett davlati asoschilarining 
birlashtiruv chi siyosatini istilochi va islohotchi podsho Labar-
na (yoki Tabarna, mil. vv. 1675–1650-yillar atrofida boshqar-
gan) tugallaydi. U istilochilik yurishlarini davom ettirib, Tavr 
tog‘ tizmasining shimoliy qismini egallaydi va Shimoliy Qora 
dengizga chiqadi. Xett davlati chegaralarini «dengizdan-den-


134
gizgacha» kengaytirdi. Uning ichki va tashqi siyosatidan kuchli 
ta’sirlangan va tan bergan keyingi vorislari Labarna va uning 
rafiqasi Tavannanna nomlarini o‘zlariga unvon sifatida qabul 
qildilar.
Labarna mavjud Xett an’analariga zid ravishda o‘g‘li Xattusili-
ni o‘z vorisi deb e’lon qiladi. Xattusili I (mil.avv. 1650 –1625-yil-
lar atrofida) poytaxtni xettlarning sobiq bosh markazi Xattusiga 
ko‘chiradi (Shu voqeadan keyin davlat rasmiy ravishda «Xatti» 
zamonaviy fanda «Xett» deb atala boshlanadi).
Xattusining vorisi Mursili I (mil.avv. 1625 –1590-yillar atrofi-
da) davrida Xett podsholigida markazlashuv kuchayadi. U davlat 
hokimiyatini kuchaytirib, mahalliy hokimlarning o‘zboshimchili-
giga chek qo‘yadi. Mursili I g‘olibona urushlar olib boradi. U Meso-
potamiyadan Finikiyaga boradigan yo‘ldagi asosiy savdo markazi 
bo‘lgan Shimoliy Suriyadagi Xalpa shahrini bosib oladi. Mursili I 
mil.avv. 1595-yilda uzoq Bobilga yurish qilib, Xammurapi sulo-
lasini tugatadi. Podshoning markazlashtirish siyosatidan zoda-
gonlar norozi bo‘ladilar. mamlakat ichida keskin vaziyat vujud-
ga keladi. Saroy fitnachilari podsho hokimiyatini kuchayishini 
istamay, taxt vorisligiga ko‘pgina da’vogarlar bo‘lishiga imkoni-
yat beradigan an’analarni saqlab qolishga urinadilar. Oqibatda 
Mursili I saroy fitnasi qurboni bo‘ladi. Xett hukmron tabaqalari 
ichida o‘zaro kelishmovchiliklar boshlanadi. 
O‘zaro kelishmovchiliklarga Telepin I (mil.avv. 1530–1500-yil-
lar atrofida) chek qo‘yadi. Uning davrida faqat podshoning o‘g‘li 
taxtga chiqish huquqiga ega bo‘ladi. Agar podshoning o‘g‘illari 
bo‘lmasa, uning singlisining o‘g‘li va eng so‘nggida podsho-
ning kuyovlari taxtga da’vogar bo‘lish qoidasi o‘rnatiladi. Taxt 
vorisligining bunday tartibi qat’iy bo‘lib, zodagonlar kengashi 
«pankus»ning taxt vorisligi masalasidagi rolini tugatdi. Ammo 
qolgan masalalarda «pankus» o‘z huquqini saqlab qoladi. 
Pankusning yuqori pog‘onasi bo‘lgan «tuliya» hal qiluvchi rol 
o‘ynaydi. Tuliyaning ruxsatisiz podsho uning biror-bir a’zosi 
bo‘lgan zodagonni qatl qila olmas edi. Agarda tuliya ning rux-
sati bilan uning biror a’zosiga podsho tomonidan o‘lim jazosi 
berilgan taqdirda ham podsho aybdorning oilasini ta’qib ostiga 
olish va mol-mulkini musodara qilish huquqidan mahrum edi. 
Tadqiqotchilar bu davrni (mil.avv. XVIIII – mil.avv. XVI asrlar) 
qadimgi Xett podsholigi davri deb hisoblaydilar. 
Telepin va uning o‘g‘li hukmronligidan so‘ng Xett davlatining 
inqiroz davri boshlanadi. Bu davr O‘rta Xett podsholigi davri 


135
(mil.avv. XV asr ) deb nom oladi. Bu davrda Xett podsholigining 
tashqi va ichki ahvoli yana og‘irlashadi. Bir asr davomida Xett 
davlati va jamiyati go‘yoki tushkunlikni boshdan kechiradi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling