Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Qadimgi Osuriya davri (mil.avv. II ming yillikning I
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Qadimgi Osuriya davri (mil.avv. II ming yillikning I
yarmi). Qadimgi Osuriya Mesopotamiyaning shimoliy-sharqiy yassi tog‘ligida Dajla daryosining yuqori qismida shakllandi. Bu g‘arbdan hudud shimoli – xettlar, janubi – sharqda xettlar, shu- mer – bobilliklar bosqiniga muntazam uchrab turdi. Osuriya doimo qo‘shnilarning harbiy tazyiqiga uchragani uchun osurlar Old Osiyoda eng jangovar xalqqa aylandi. Dastlab ular ko‘ngilli qo‘shin tuzdilar va harbiy ko‘nikma hosil qildilar. Osur savdogarlari Kichik Osiyoda o‘zlarining bir necha tayanch savdo manzilgohlari (koloniyalar)ni barpo qildilar. Ularning orasidan qulay joyda joylashgan Ashshur asta-sekin 145 Osuriyaning markaziga aylana bordi. Ashshur savdogarlari asosiy savdo yo‘llarida o‘rnashib qolish uchun o‘z koloniyala- rini barpo qilishga harakat qilgan. U Kichik Osiyoning sharqiy qismini faol kolonizatsiya qilgan. Bu yerdan mis, qo‘rg‘oshin, kumush, chorva mollari, teri va yog‘och tashib ketilgan. Mil.avv. II ming yillik boshlarida qadimgi Osuriya markazi Ashshur bo‘lgan kichik hududni o‘z ichiga olgan edi. Ilk Osu- riya jamiyatida savdo yetakchi o‘rin egalladi. Qadimda Osuriya orqali Kichik Osiyo va Kavkazortidan Tigr daryosi bo‘ylab O‘rta va Janubiy Ikki daryo oralig‘i hamda Elamga, Sharqiy O‘rtayer dengizidan muhim savdo yo‘llari o‘tgan edi. Qadimgi Osuriya jamiyatida ibtidoiy quldorlik shakllangan bo‘lib, ibtidoiy jamoa qoldiqlari saqlanib qolgan. Podsho va ibodatxona yerlarida ja- moachi va qullar mehnat qilgan. Yerning asosiy qismini jamoa yer egaligi tashkil qilgan. Qulchilikning asosiy manbalari mul- kiy tabaqalanish natijasida erkin jamoachilarning qarzi uchun qul qilish va chetdan qul sotib olish bo‘lgan. Mil.avv. XVI asrgacha Osuriya podsholari Alum-Ashshur, shahar-jamoa esa Ashshur deb atalgan. «Kichik va ulug‘lar» xalq yig‘ini o‘z ahamiyatini yo‘qota borgan. Hokimiyatning oliy organi – «Shahar uyi» boylardan tuzilgan oqsoqollar kengashi edi. Kengash a’zolari ichidan bir xil muddatga alohida lavozimli shaxs – «limmu» tayinla nib, u shahar xazinasini boshqargan. Uning nomi bilan joriy yil boshlangan. Oqsoqollar kengashi sud va ma’muriy ishlar bilan shug‘ullanadigan mansabdor shaxs – «ukulluma»ni tayinlagan. Shahar-davlatning merosiy hokimi «Ishshiakkum» lavozimi ham mavjud bo‘lib, u diniy vazifalar- ni bajarib, ibodatxonalar qurilishiga rahbarlik qilgan. U urush vaqtida harbiy boshliq bo‘lgan. Mil.avv. XX asrda xalqaro vazi- yat Osuriya uchun noqulay kelgan. Frot havzasida Mari davla- ti yuksalib, Ashshurning g‘arb savdosiga jiddiy to‘siq bo‘lgan. Xett davlati Osuriya savdosini Kichik Osiyoda to‘xtatib qo‘ygan. Amoriy qabilalarini Ikki daryo oralig‘iga yurishlari ham vaziyat- ni beqaror qilib, Osuriya savdosiga zarar yetkazgan. Faqat mil.avv. 1781- yillar atrofida amoriylardan bo‘lgan yo‘lboshchi Shamshi-Adad Ashshur shahrini o‘zining Yuqori Mesopotamiyadagi davlati markaziga aylantirgan. Ashshur Ikki daryo oralig‘ining shimolidagi shaharlarni bosib oladi. Marini bo‘ysundirib, Karxemish bilan ittifoq tuzadi. Suriya shaharlari ham bosib olinadi. Ashshur g‘arb savdosida vositachilikni o‘z qo‘liga oladi. Davlat boshqaruvida podshoning mavqei kuchaya- 146 di. Shamshi-Adad davlat boshqaruvini bevosita o‘z qo‘liga olib, mutlaq hukmdor sifatida davlat boshlig‘i, oliy harbiy boshliq va sudya vazifasini o‘taydi. Boshqaruvni takomillashtirishga zaru- riyat tug‘iladi. Mamlakat hududi, aholisi okruglarga bo‘linib, ularni boshqarish uchun noiblar yuboriladi. Mil.avv. 1757-yil- da Shamshi-Adadning o‘g‘li Ishme-Dagan davrida Ashshurni Hammurappi bosib oladi. Mil.avv. 1740-yillar atrofida kassitlarning Mesopotamiyaga hujumi davrida Shamshi-Adadning avlodlari hokimiyatni yana o‘z qo‘llariga oladilar. Ammo bu sulola tez orada hokimiyatni boshqalarga topshirishga majbur bo‘ladi. Lekin Shamshi-Adad sulolasi ning boshqaruvi Ashshur tarixining eng yorqin davri deb tan olingan. Keyinchalik Osuriya podsholari ro‘yxatida Shamshi-Adad va uning ajdodlari ham kiritiladi. Mil.avv. XVI asrda Bobilda amoriylar sulolasi quladi va bu hududda kassitlar hukmronligi boshlandi. Mil.avv. 1500-yillar atrofida Mitanni davlati Shimoliy Suriya viloyatlarini bosib oldi va o‘z qudratining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Zaiflashib qolgan Osuriya Mitannining hokimiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. Osuriya qudratli Mitannining tazyiqiga qarshi Misr bilan diplo- matik aloqa o‘rnatdi. Ammo mil.avv. XV asr o‘rtalarida Mitan- ni podshosi Shaushaattar Ashshurni bosib olib, uni Mitanni- ga qaram qiladi. Mitanni Ashshurni g‘arbga chiqadigan savdo yo‘lidan butunlay mahrum qiladi. Keyingi asr boshlarida Osu- riya o‘z mavqeyini tiklash uchun Bobil bilan yaqinlashib, Mi- tanniga qarshi urush olib bordi. Lekin Bobilning hukmronligi- ni tan olishga majbur bo‘ldi. Buning evaziga Mitanni zulmidan ozod bo‘ldi. Osuriya tez orada Bobilning zaiflashib qolganidan foydalanib, o‘z mustaqilligini to‘la qayta tikladi va bu hududda Bobilga qarshi o‘z ta’sirini o‘tkazish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling