Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3.Finikiya. Sharqiy O‘rtayer dengizi mil.avv. II ming yillikda 
doimiy ravishda Old Osiyodagi Misr, Osuriya, Xett, Bobil kabi 
qudratli davlatlarning raqobat maydoni bo‘lib qoladi. Hududda 
katta-kichik davlatlar, shahar-davlatlar bir-biri bilan munta-
zam o‘zaro urushlar olib borar edilar. Finikiyadagi Sidon shahri 
Tirni o‘ziga bo‘ysundirib, keyin uning yordamida Bobilga taz-
yiq o‘tkazib, shimoldan dengiz orqali g‘alla olib kelishga xalaqit 
berdi. Mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida Ugarit shahri 
dengizbo‘yi shahar davlati bo‘lib, Mesopotamiya, Misr, Kichik 
Osiyo, Falastin bilan qizg‘in savdo aloqalarini olib boradi. Uga-
rit Orontning quyi oqimi va O‘rtayer dengizi bilan cheklanib, u 
yerda g‘allachilik, bog‘dorchilik, vino, zaytun moyi ishlab chiqa-
rish rivojlangan edi. Qishloq jamoasi soliqni mis va kumush 
bilan to‘lar edi. Bu davrda erkin aholi uch toifaga bo‘linadi: 
1. Jamoachi dehqonlar.
2. Podsho yaqinlari– «podsho qullari». Ular podshodan yer 
ulushlari olganlar. Ularning ko‘pchiligi o‘z ota meros yerlariga 
ega bo‘lib, qishloq jamoasi bilan rasman aloqani uzmaganlar.
3. «Podsho qulining quli» – o‘z yerlariga ega bo‘lmay, 
zodagonlar ning yerida ishlaydigan qatlam. Ular o‘z yeridan 
ajralib, jamoa bilan aloqani uzganlar va qisman kelgindilardan 
iborat bo‘lgan. 
Qulchilik mavjud bo‘lib, uning manbasi oldi-sotdi va qarzi 
uchun qul qilish edi. Mil.avv. XII asr boshlarida «dengiz xalqlari» 
hujumi natijasida Ugarit to‘la buzib tashlanadi va qayta tiklan-


162
maydi. Shu vaqtda Sidon shahri ham bosqinga uchraydi, le-
kin qayta tiklanadi. Sidon mil.avv. XI asr o‘rtalarida katta port 
shahriga aylanadi. Dengiz xalqlarining ikki shoxchasi – filims-
tinlar va chakarlar dengiz bo‘yida o‘rnashib, mahalliy aholi bi-
lan aralashib ketadilar.
Mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmida Sharqiy O‘rtayer 
dengizi qirg‘og‘i shaharlari siyosiy kelishmovchiliklarni tugata-
dilar va jadal rivojlanish davriga o‘tadilar. Bu vaqtda finikiya-
liklar amalda Sharqiy O‘rtayer dengiziga hukmron bo‘lib, xalqa-
ro savdoni to‘la o‘z qo‘llariga oladilar. Misr tashqi savdosi to‘la 
Finikiya qo‘lida edi.
Mil.avv. II ming yillik oxiri – I ming yillik boshlarida Shar-
qiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i shaharlari qayta tiklanadi. Shu-
ningdek, Finikiya shaharlari Misrning tashqi savdosida birinchi 
o‘rinda edilar.
Finikiya shaharlarida kemasozlik, dengizchilik 
yuqori darajada rivojlanadi. Finikiyaliklar O‘rtayer dengizi 
havzasida o‘zlarining o‘nlab koloniyalarini barpo qiladilar. Tir 
va Sidon shaharlari bu yo‘nalishga boshchilik qiladi. Mil.avv. 
1100-yilda Tir Shimoliy Afrikada Utika koloniyasini, mil.avv. 
825–814-yillar atrofida Shimoliy Afrikada Karfagen (Karxe-
mish-yangi shahar) koloniyasini tashkil qildi. Taxminan, shu 
vaqtda Tir shahri Ispaniyada o‘zining Gades koloniyasiga asos 
soldi. Finikiyaliklar G‘arbiy Sitsiliya, Sardiniya, Malta va Balear 
orollarida ham o‘zlarining tayanch nuqtalarini yaratdilar.
Finikiya shaharlari o‘rtasida birlashish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Tir 
shahri yuksalib, Sidonni o‘ziga bo‘ysundirib, Tir hokimlari o‘zlari-
ga sidonliklar podshosi unvonini qabul qildilar. Tir-Sidon davlati-
ning eng rivojlangan davri podsho Xiram (mil.avv. 989–936-yillar) 
davriga to‘g‘ri keladi. Sharqda Xiram diplomatik yo‘l bilan Falas-
tinni bir qismini oladi. Kipr orolidagi Kitiy shahri hokimi o‘zini 
Axiramni (Xiram) quli (ya’ni fuqarosi) deb ataydi. Xiram davri-
da katta miqyosda qurilish ishlari olib boriladi. Melkart va As-
tart ibodatxonalari quriladi. Itobaal (mil.avv. 873–847-yillar) Xi-
ramning siyosatini davom ettirib, Shimoliy Afrikada (Utikadan 
g‘arb tomonda) Avzu koloniyasini barpo qildi. Podsholarning 
mutlaq hokimiyatga intilishi boy savdo 
gar-hunarmandlarning 
qarshiligiga sabab bo‘ldi. Natijada Tirda podsho hokimiya-
ti zaiflashib, boy savdogar-hunarmandlarning boshqaruvda-
gi mavqei kuchaydi. Boy savdogarlar o‘z savdo flotlariga ega 
bo‘lib, mustaqil ravishda dengiz savdo ekspeditsiyalarini amalga
oshirdilar. 


163
Finikiya shaharlari Tir, Sidon va Bibl tranzit savdo bilan 
shug‘ullanib, Misr va Bobilda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
Yunonistonga, yunon hunarmandchilik mahsulotlarini Sharq-
qa sotdilar.
 Tir sav dogarlari mil.avv. VII asr oxiri – VI asr bosh-
larida Kichik Osiyo ning sharqi va Janubiy Arabistonga suqilib 
kirdilar. Finikiyaliklar tomonidan Ispaniyadan kumush hamda 
Britaniyadan qo‘rg‘oshin olib kelingani ehtimoldan holi emas. 
Misr va Mesopotamiyaga yog‘och, hunarmandchilik mahsu-
lotlari chiqarildi. Tir shahri o‘z bo‘yoqchilik ustaxonalari bi-
lan tanilgan edi. Ustaxonalarda dengiz chig‘anoqla ridan siqib 
olinadigan qizil bo‘yoq bilan chetdan keltirilgan jundan tayyor-
langan mato bo‘yalar edi. Finikiya bo‘yog‘i butun Old Osiyoda 
yuqori baholangan. Sidon shisha buyumlar tayyorlash markazi 
bo‘lgan. Qadimgi Sharq va G‘arbda Finikiya zargarlik buyum-
lari (oltin va kumush jomlar, fil suyagiga o‘yilgan relyef tasvir-
lar, tilla zeb-ziynatlar)ning bozori chaqqon edi.
Finikiya dengiz savdosi dengiz qaroqchiligi bilan birgalik-
da olib borilgan. Dengizda va dengizbo‘yi qishloq-shaharlarida 
vaziyatga qarab, finikiyaliklar odamlarni bosib olar yoki o‘g‘irlab 
ketar edilar. Bir qism odamlar qul qilib sotilgan, qolganlari Fini-
kiyaga olib ketilib, portda yukchi, eshkak eshuvchi, usta xonada 
qora ishchi sifatida ishlatilgan. Chet elliklarni aldab qullikka 
sotish, olish, ishonuvchan odamlarni o‘z kemalariga aldab olib 
kelish va ularni qullikka sotish finikiyalik savdogar-dengiz qa-
roqchilariga xos xususiyat edi. Shu sababli, boshqa hududlarda 
finikiyaliklarga nisbatan munosabat yomon bo‘lgan. 
Boy savdo-hunarmadchilik markazlari bo‘lgan Finikiya sha-
harlari Old Osiyodagi qudratli davlatlarning doimiy diqqat 
markazida edi. Bu shaharlarga egalik qilish uchun Misr, Bo-
bil, Xett, Osuriya, Ahmoniylar Eroni o‘rtasida kuchli raqobat 
mavjud edi. Ayniqsa, Misr, Bobil, Xett davlatlarining tashqi 
savdosida finikiyaliklar yetakchi o‘rinni egalladilar. Misr-Xett 
davlatlari Finikiya uchun uzoq kurash olib bordilar. Mil.avv. 
VIII asrda Finikiya Osuriyaga qaram bo‘ldi. Tir podshosi Me-
teni Tiglatpalasar II ga 150 talant tilla miqdorida katta o‘lpon 
to‘ladi. Osuriyadan keyin Misr va Bobil Finikiya uchun raqobat 
qiladilar va raqobatda Bobil g‘olib chiqadi. 
Mil.avv. VI asrda ulkan Ahmoniylar Eroni davrida ahvol 
o‘zgardi. Finikiya Ahmoniylar hokimiyatini ko‘ngilli ittifoqchilar 
huquqida tan oldi. Buning evaziga Ahmoniylar Finikiya hudu-
dini shimolda Iss qo‘ltig‘igacha, janubda Askalongacha ken-


164
gaytirdilar. Ahmoniy lar hukmronligi davrida Tir, Sidon, Arvad 
shaharlari federatsiyasi, uning oliy organi umumfinikiya ken-
gashi tashkil etildi. Finikiya shaharlari Fors davlatining asosiy 
iqtisodiy markazlaridan biriga aylandi. Finikiya savdogarlari 
Ahmoniylar davlati tashqi savdosi ning katta qismini o‘z qo‘llari-
da to‘pladilar. Shaharlarda kumush tangalar zarb qilindi. Ah-
moniylar Finikiya shaharlaridan katta miqdorda to‘lovlar talab 
qilar edilar. Shu sababli, finikiyaliklar bu zo‘ravonlikka qarshi 
norozilik kayfiyati kuchli edi. Mil.avv. 343-yilda Sidon shahri
 
forslarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Qo‘zg‘olon bostirilib, sha-
har buzib tashlandi. Tir shahri esa makedoniyalik Aleksandr 
tomonidan vayron qilindi. Finikiya shaharlari mil.avv. III ming 
yillikdan to makedoniyalik Aleksandr yurishlariga qadar Old 
Osiyo, Shimoliy Afrika, O‘rtayer dengizi havzasi xalqaro savdo-
sida yetakchi o‘rinni egalladi. Dunyo tarixida birinchi bo‘lib, 
koloniyalarni barpo qildilar, Ortayer dengizi savdosida yetakchi 
o‘rinni egallab, yunonlar, etrusklar bilan raqobat qildilar. Mil.
avv. IV asrda makedoniyalik Aleksandr yurishlari bilan Fini-
kiya shaharlari o‘z mavqeini yo‘qotdi. Shu bilan Finikiya tarixi 
tugadi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling