Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Рагозина З.А. Древняя Ассирия. – М.: 1998.
2. Рагозина З.А. История Халдеи: с отдаленнейших времен до 
возвышения Ассирии. – М.: 1998.
3. Дьяконов И.М. Законы Вавилона, Ассирии и Хеттского 
царства. ВДИ 1952. №3-4.
Asosiy sanalar
Mil.avv. 722-yil
Isroil podsholigi bosib olinishi.
Mil.avv. XX–XVI asrlar
Osuriya tarixida qadimgi Osuriya
davri. 
Mil.avv. XV–XI asrlar 
O‘rta Osuriya davri. 
Mil.avv. XV–XIV asrlar 
Osuriya qonunlari to‘plamining 
tuzilishi.
Mil.avv. X–VII asrlar 
Yangi Osuriya davri. Buyuk
Osuriya davlati. 
Mil.avv. 745–727-yillar 
Tiglatpalasarning III hukmronligi. 
Osuriya qo‘shini qayta tuzildi. 
Mil.avv. 681–669-yillar 
Asarxaddon hukmronligi. Misrning
bosib olinishi. Osuriya davlatining
gullab-yashnashi. 
Mil.avv. 669–629-yillar 
Ashshurbanipal hukmronligi.
Nineviya kutubxonasining tashkil
etilishi. 
Mil.avv. 612-yil 
Osuriya poytaxti Nineviyaning
Midiya va Bobil qo‘shinlari 
tomonidan bosib olinishi.
Mil.avv. 590-yil
Osuriyaning tarix sahnasidan
ketishi.


158
QADIMGI SHARQIY O‘RTAYER DENGIZI DAVLATLARI
1. Mil.avv. III–II ming yilliklardagi davlat uyushmalari. 
2. Yamxad davlati va Giksoslar birlashmasi. 3. Finikiya.
4. Damashq podsholigi. 5. Isroil-Yahudiya davlatlari.
6. Sharqiy O‘rtayer dengizi madaniyati.
1. Mil.avv. III–II ming yilliklardagi davlat uyushmalari. 
Finikiya shaharlaridan bir nechasini arxeologlar qazib och-
dilar. Fransuz arxeologi Klod Shefer shimoliy Suriyada Fini-
kiya shahri Ugaritni ochdi. Bu shaharda mil.avv. II ming yil-
lik o‘rtalariga tegishli mixxat yozuvlar topilgan loy taxtachalar 
mifologik, diniy matnlar, xo‘jalik hujjatlaridan iborat. Yana bir 
Finikiya shahari Biblda 1921-yildan arxeologik qazishmalar 
olib borildi. Bu shahar orqali qadimda Finikiya mahsulotlari 
Misrga chiqarilgan. Tavr tog‘laridan va Frot daryosining o‘rta 
oqimidan Misrgacha bo‘lgan Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i 
hududi va Suriyani qadimda yunonlar Finikiya, Falastin va Su-
riya cho‘llari deb atadilar.
 Qadimda bu hududning katta qis-
mini Xanaan deb atalgan dengiz qirg‘og‘i tashkil etgan. Bu yer-
da katta suv havzalari bo‘lmay, mahalliy miqyosida uncha kat-
ta bo‘lmagan Falastindagi Iordan, Suriyadagi Oront daryolari 
mavjud edi. Suv havzalarining taqchilligi dehqonchilikning 
rivojiga imkon tug‘dirmadi. Livan tog‘lari Sharqiy O‘rtayer den-
gizini bir qancha tumanlarga bo‘lib, bir-biridan ajratgan. Cho‘l 
va sahro hududlarida ko‘chmanchi qabilalar joylashdi. Shu bi-
lan birga, Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i temir rudasi, keng 
o‘rmonlar, jumladan, mashhur Livan kedriga boy edi. Qadim-
da Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘ogida yashagan qabilalar va 
xalqlar to‘g‘risida qo‘shni davlatlar manbalari (Misrning Tell- 
Amarna arxivi, Xett hujjatlari, Osuriya ma’muriy yozishmalari) 
va mahalliy yahudiy dini yodgorligi bo‘lgan Bibliya (yunon ti-
lida «kitoblar» ma’nosini bildiradi) ma’lumot beradi.Yahudiy 
bibliyasi xristian bibliyasining bir qismi bilan to‘liq mos keladi 
va Vetxiy Zavet deb ataladi. Yangi Zavet Iso payg‘ambar hayo-
ti va uning o‘quvchilari faoliyati to‘g‘risidagi xristian kitoblari-
dan iborat. Vetxiy Zavet yangi asr boshlarida rasmiylashdi. U 


159
an’anaviy 3 bo‘lim: qonun yoki ta’limot (Tora), payg‘ambarlar va 
yozuv (Pisaniya) dan iborat. 
Mil.avv. IV ming yillik oxirida Sharqiy O‘rtayer dengizi 
qirg‘og‘i jamoalarida hunarmandchilik va dehqonchilik rivojla-
nadi. Dast lab shimol, so‘ng janubda kulolchilik charxi va sopol 
kuydirish uchun maxsus o‘choqlardan foydalana boshlangan. 
Metall ham keng ishlatilgan. Dehqonchilikda g‘alla, zaytun da-
raxti va uzum yetishtirila boshlandi.
Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi 
mil.avv. III ming yillikda shahar tipidagi manzilgohlarning pay-
do bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ana shunday shaharlardan biri 
Finikiyada Bibldir. Bibl tosh devor bilan o‘rab olingan edi. Sha-
har tosh to‘shalgan ko‘cha va tosh devorlar bilan birga, ibodat-
xonalarga ega edi. Bibldan Misrga kedr yog‘ochi, smola, zaytun 
moyi olib ketilgan. Misrda smoladan mo‘miyolashda foydala-
nilar edi. Misrdan Biblga badiiy buyumlar, munchoqlar, alebastr
va diorit ko‘zalar, qimmatbaho qutichalar, tilla va kumush-
dan ziynatlangan qurollar olib kelingan. Qirg‘oq shaharlarida 
mul kiy tabaqalanish natijasida ijtimoiy qatlamlarning paydo 
bo‘lishi kuchayib boradi Taxminlarga ko‘ra, shu davrda sha-
har-davlatlarning ilk uyushmasi paydo bo‘ladi. Asta-sekin 
qirg‘oqda Bibldan tashqari, boshqa Finikiyada Ugarit, Sidon va 
Tir shaharlari paydo bo‘ladi. 
Mamlakatning ichkarisi Shimoliy Suriyada Alalax shahri 
(mil.avv. IV ming yilliklar oxiri – III ming yillikning I yarmida) 
shakllanadi. Mil.avv. III ming yillikda Suriyadagi Ebla shahrida 
(hududi 56 ga) taxminan 20-30 ming aholi yashagan. Eblada 
asosan hunarmandchilik va savdo rivojlanadi. Mil.avv. XIV–XIII 
asrda bu shaharda saroy ansambllari shakllanadi. Bu yerda 
arxivlar, xomashyo zaxiralari, qimmatli chet el mollari saqlana-
di. Ebladan Misr fir’avnlari nomlari yozilgan alebastr xumlari, 
32 kg lazurit topiladi. Ebla Akkad hokimlari tazyiqiga uchraydi. 
Mil.avv. 2225-yilda Eblani Akkad podshosi Naram-Suen bosib 
oladi. Ijtimoiy jihatdan Ebla shahar-davlat edi. Davlat tepasida 
podsho turgan va u taxminan diniy vazifalarni bajargan. Uning 
oldida maslahatchilar bo‘lgan. 
Madaniy jihatdan Ebla Shumer sivilizatsiyasi yutuqlarini 
o‘zlashtiradi. Shumer-Ebla lug‘ati tuziladi. Ebla saroy devor-
larining bezalishida Mesopotamiya me’morchiligi bilan aloqa 
yaqqol ko‘rinadi. Mil.avv. III ming yillikda Falastinda Megiddo


160
Quddus va Laxesh shaharlari shakllanadi. Barcha shaharlar 
mustahkam devorlar bilan o‘rab olinadi. Iordan daryosi vodiy-
sida Xasor shahri yirik markazga aylanadi. Mil.avv. III ming 
yillikda Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i aholisi o‘z tarkibiga 
ko‘ra xilma-xil edi. Shimolda xurrit qabilalari yashagan. Mil.
avv. II ming yilliklarda bu yerga xettlar kirib keladi. Ammo mil.
avv. IV ming yilliklarda asosiy aholi semit shoxobchasi tillarida 
so‘zlashadi. Tadqiqotchilar, Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida 
mil.avv. III–II ming yilliklarda mavjud bo‘lgan eblaid, qadimgi 
xanaan, ugarit va amoriy tillarini ko‘rsatadilar. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling