Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

5.Qo‘shin. Mil.avv. II ming yillikda Old Osiyoda shaharlar 
kuchli mudofaa inshootlari bilan himoya qilingan edi. Osu-
riyaliklar himoya inshootlarini qamal qilish texnikasi va bosib 
olishni takomillashtirdilar. Ularning qo‘shini qamal va bosib 
olish texnikasi, uskunlari bilan yaxshi ta‘minlangan maxsus 
qismlarga ega edi. Devor teshadigan taranlar, qamal qiladigan 
ko‘chma minoralar, devordan laxm kovlaydigan malakali askar 
bo‘linmalari qo‘shin tarkibida muntazam mavjud bo‘lgan. Os-
uriyaliklar mudofaa inshootlarini qamal qilish va shtrum qilish 
texnikasini takomillashtirdilar. Qo‘shin bilan birga qamal qilish 
texnikasi, maxsus asbob-uskunalar, hujum uchun ko‘chma 
minoralar, og‘ir devor teshar taranlar olib yurilgan. Minora te-
pasidan turib, kamonchilar dushman devorini o‘qqa tutganlar. 
Kamonchilarning boshqa qismi esa minorani dushman buzib 
tashlamasligi uchun uni himoya qilganlar, shahar aholisini 
qo‘rqitish uchun olovli o‘q yog‘dirganlar.
Osuriya qo‘shinining asosiy zarbdor kuchi jang aravalari edi. 
Ularning vazifasi o‘z piyodalari dushmanga hujum qilgandan 
so‘ng dushmanning buzilayotgan safini parokanda qilish edi. 


153
Jang aravalari tezkor harakat qilib, kamonchilar, nayzachilar, 
suvoriylar bilan hamkorlikda dushman safini to‘zitib yuborgan-
lar. Otliq qism qo‘shinning kam sonli, lekin yaxshi qurollangan 
va yuqori jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lgan qismi edi. Otliqlar 
qisman zodagonlar vakillari, ko‘pchligi esa sak yollanma ot-
liqlaridan tashkil topgan. Sak otliqlari qat’iy intizom, yuqori da-
rajada jang qilish san’atiga ega bo‘lib, mohirona jangga kirish-
ganlar. Faqat otliqlargina jangda murakkab manevrlarni qo‘llay 
olganlar. Sargon II davridan otliqlar soni ko‘paytirilib, ular jang 
aravalarini almashtirgan. Qo‘shinning tuzilishi: 200 piyodaga 
10 otliq, bir jang aravasi, bir og‘ir qurollangan piyodaga ikki ka-
monchi to‘g‘ri kelgan. Qo‘shinning tashkiliy birligi qisir (bo‘lin-
ma) 500-2000 askarni tashkil etgan. Qisir ellikka bo‘lingan, 
ular o‘z navbatida o‘nliklarga bo‘lingan, bir necha qisir emukini 
(kuch) tashkil etgan. 
Osur piyodalari og‘ir va yengil qurollangan qismlarga bo‘lin-
gan. Og‘ir piyodalar nayza, qilich bilan qurollangan va himoya 
vositalari sovut, dubulg‘a hamda katta qalqonga ega bo‘lgan. 
Yengil piyodalar kamonchi va sopqonchilardan tashkil topgan. 
Ikki askar: kamonchi va o‘z safdoshini qalqon bilan himoya 
qila digan qalqonbardordan bitta jangovar birlik tashkil topgan. 
Osuriya piyodalari zich saf tortib harakat qilganlar, piyodalar 
katta qalqonli og‘ir piyodalar himoyasi ostida jangga kirgan-
lar. Qalqonlar devori harakatga kelib, piyodalar dushmanga 
o‘q, tosh va kalta nayzalar yog‘dirganlar. Piyodalarning bunday 
harakati to‘g‘ri saf tortish, ularning aniq harakatini talab qil-
gan. Jang aravalariga ikki yoki to‘rt ot qo‘shilgan, jang arava-
si kuzovida o‘q to‘ldirilgan sadoq bo‘lgan. Ekipaj kamonchi va 
nayza, qalqon bilan qurollangan haydovchi va ikki askardan 
iborat bo‘lgan. Ba’zida ekipaj kamonchi va haydovchini himoya 
qilgan qalqonbardor bilan kuchaytirilgan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling