Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Sharqiy O‘rtayer dengizi madaniyati
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
6. Sharqiy O‘rtayer dengizi madaniyati. Sharqiy O‘rtayer
dengizi hududining eng katta madaniy yutug‘i alfavitli yozuv- ning yara tilishi edi. Mil.avv. II ming yillikda Sharqiy O‘rtayer dengizi shaharlarida savdo-hunarmandchilik, dengiz yo‘li orqali savdo aloqalari barcha ishlarni tez yuritishga imkon beradigan oddiy yozuvni yaratishni talab qildi. Mil.avv. XV– XII asrlardayoq Ugaritda 30 belgili mixxat alfaviti qo‘llanildi. Finikiya yozuvining shakllanishi mil.avv. II ming yillik o‘rta- lariga to‘g‘ri keladi. Finikiyada qulay O‘rtayer dengizi port- larining mavjud bo‘lishi boshqa xalqlar bilan gavjum savdo aloqalarini o‘rnatishga va dengizchilikning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Savdo-sotiq yozuvlari va hisob-kitoblarni olib borish zaruriyati o‘qish, o‘rganish uchun qulay bo‘lgan yozuv- ni yaratishni tezlashtirdi. Finikiya yozuvining eng qadimgi yodgorliklari (Xiram, Azer- bal, Abibal, Elibal, Shafatbal yozuvlari) mil.avv. XI–X asrlar- ga tegishli. Yozuv 22 grafik belgidan iborat bo‘lib, har bir harf ma’lum bir undosh yoki yarim undosh tovushdan tashkil topgan edi. Dunyo tarixida ilk sof tovushli yozuv paydo bo‘ldi. Nisbatan kam sonli belgilar yordamida har qanday so‘zni uzatish mum- kin edi. Finikiya yozuvining paydo bo‘lishi insoniyat ma’naviy taraqqiyotida tub burilish yasadi. Endilikda yozuv faqat ayrim toifalar foydalanadigan tushunarsiz, sirli san’at bo‘lmay qoldi. U jamiyat uchun zarur va unga tegishli, hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan boylikka aylanadi. Ana shu sababli, finikiya yozuvi tez va jadal sur’atda boshqa xalqlar o‘rtasida mil.avv. IX asrdan boshlab tarqaladi. Hisoblarga ko‘ra, bizga ma’lum alfavitli yozuv tizimlarining 4/5 qismi bevosita yoki bilvosita finikiya yozuvidan kelib chiqadi. Qadimgi finikiya yozuvi aso- sida oromiy, yunon, janubiy arab, yahudiy, karfagen, braxma yozuvlari kelib chiqdi. 169 Sharqiy O‘rtayer dengizi xudolar panteoni tabiat kuchlari- ni aks ettiradi. Har bir shaharning o‘z homiy ma’budi bor edi: Bal (hokim) yoki El (xudo), ba’zida Melek («podsho», boshqacha aytilishi Molox), Tir shahrida Mel’kart («shahar podshosi»), ayol ma’buda Astarta (Mesopotamiyada Ishtar). Falastinda mil.avv. VIII–VI asrlarda monoteistik ta’limot keng tarqaladi. Ugarit va Ebla shaharlarida hashamatli me’morchilik inshootlari saroy- lari bunyod qilinadi. Dengizchilik, kemasozlik sohalari yuksak darajaga ko‘tarildi. Yog‘och va toshdan podsho va ma’budalar haykallari yasaladi. Finikiyaliklar dunyodagi birinchi dengizchilar edi. Ularning kemasozlikka asos soldilar. Finikiya dengizchilari va kemalari- dan butun Old Osiyo mamlakatlari foydalandi. Finikiyaliklar dunyo tarixida birinchi bo‘lib, uzoq dengiz sayohatlarini uyush- tirdilar. Mil.avv. 600-yillar atrofida fir’avn Nexo buyrug‘i bilan finikiyaliklarning dengizchilik tarixida ilk bor Gibraltar bo‘g‘ozi orqali Atlantika okeaniga chiqib, Afrikani aylanib o‘tishlari buyuk kashfiyot edi. Finikiyada hunarmandchilik yuqori darajada rivojlandi. Fini- kiya hunarmandlari chig‘anoqlarning alohida turidan olina- digan qizil bo‘yoqni kashf qildilar. Ular shisha buyumlarni ish- lab chiqarishni yuqori darajada takomillashtirdilar. Fini kiya bo‘yoq lari, shisha buyumlari va kulolchilik mahsulotlari Old Osiyoda yuqori baholangan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling