Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Karfagendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (mil. avv. V–III asrlar).
3. Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi. Karfa-
genning gullab-yashnagan davri mil.avv. V asr o‘rtalaridan – mil.avv. III asr o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Sitsiliyadagi yurish- larda mag‘lub bo‘lgan Karfagen o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishini Shimoliy Afrikaga qaratdi. Karfagen hozirgi Tunis va Jazoir qirg‘oqlarini va bu hududlarning ichki hosildor yerla- rini kolonizatsiya qila boshladi. Karfagen dengizchilari Mavri- taniya, Marokkoning Atlantika okeani qirg‘oqlariga chiqib, bu yerlarda o‘z koloniyalariga asos soldilar. Mil.avv. VII asrda Kar- fagen dengizchisi Gannon 60 kema va 30 ming kishilik dengiz ekspeditsiyasi bilan Atlantika qirg‘oqlarini tekshirdi. Afrikada katta-katta hududlarni bosib olinishi, Ispaniya janubidagi, Sardiniya orolidagi va Sitsiliya g‘arbidagi koloniyalar Karfagen- ni ko‘p sonli aholiga, iqtisodiy va siyosiy jihatdan qudratli va katta imkoniyatlarga ega qudratli davlatga aylantirdi. O‘z sav- dogarlarini himoya qilish, muhim savdo yo‘llarini o‘z qo‘lida saqlab turish uchun Karfagen boshqa davlatlar bilan o‘nlab shartnomalar tuzdi va faol tashqi siyosat yuritdi. Xalqaro qu- lay vaziyat, faol tashqi siyosat, kuchli yollanma qo‘shin Kar- fagen davlatini qudratini ta’minladi. Bu Karfagenning G‘arbiy O‘rtayer dengizi havzasida uzoq vaqt yetakchi o‘rinni egallashi- ga qulay shart-sharoit yaratdi. Bu hududda boshqa biror-bir kuchli davlat yo‘q edi. 4. Karfagendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (mil. avv. V–III asrlar). Mil. avv. V–IV asrlarda Karfagen O‘rtayer dengizidagi vositachi savdoning markazi edi. Karfagen Sharqiy O‘rtayer dengizining turli viloyatlariga, yunon shaharlariga va Pireney yarim orolining Atlantika qirg‘oqlariga turli mahsulot- lar yetkazib berdi. G‘arbiy O‘rtayer dengizida Karfagenning sav- do manfaatlarini himoya qiladigan Rim bilan uchta shartnoma tuzildi. Mil.avv. V–III asrlarda Karfagen yirik hunarmandchilik markazi edi. Kulolchilik, zargarlik va qurolsozlik ustaxonalari- da oliy navli mahsulotlar tayyorlandi. Karfagenliklar mohir qu- 182 ruvchi bo‘lganlar. Karfagen shahri mustahkam devorlar bilan o‘rab olingan edi. Shahar ichida ibodatxonalar, saroylar, zoda- gonlar, oddiy fuqarolar uylari, ombor va doklar (kema ta’mirla- nadigan va quriladigan joy) qurildi. Kemasozlik yuqori darajada rivojlandi. Karfagen bepoyon ekin yerlariga ega bolib, dehqonchilik quldorlik xo‘jaliklarida asosiy soha edi. Tokzorlar, zaytun da- raxtlari, bog‘ va polizlar mo‘l-ko‘l hosil berar edi. Mil.avv. VI– III asrlarda Karfagenda rivojlangan qulchilik unsurlari bo‘lgan quldorlik jamiyati mavjud bo‘lib, erkin ishlab chiqaruvchilar ko‘p edi. Dehqonchilik, hunarmandchilik ishlab-chiqarishida qullar va yarim qaram kichilar –bodular mehnatidan keng foy- dalanilgan. Xususiy ustaxonalar bilan birga davlat korxonalari ham mavjud bo‘lib,bunday korxonalarda qul mehnatidan foy- dalanilgan. Karfagenga qaram bo‘lgan dehqonlar davlatga don- li ekinlar hosilidan 0,1 miqdorda soliq to‘laganlar. Karfagen tarkibiga kirgan finikiya koloniyalari ichki avtonomiyadan foy- dalanganlar, lekin o‘z savdolaridan soliq – boj to‘laganlar. Qa- ram hududlar aholisi, ayniqsa, liviya dehqonlari zulmga qarshi tez-tez qo‘zg‘olon ko‘targanlar. Karfagen shahrining o‘zida 200 ming aholi yashar edi. Oliy tabaqa yirik yer egalari, katta sav- dogarlar, hunarmandlar va kohinlardan tashkil topgan. Sharq mamlakatlaridan farq qilgan holda Karfagenda byurokratik boshqaruv apparati yo‘q edi. Mamlakatning iqtisodiy qudra- ti asosini ko‘p sonli qullar va qaram aholini shafqatsiz talash tashkil qildi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling