Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari. Arabiston
yarim oroli janubi va janubiy-g‘arbida (hozirgi Yaman Arab Res publikasi va Yaman Arab Demokratik Respublikalari hudu- di) mil.avv. X–IX asrlarda bir necha davlatlar vujudga keldi. Janubiy Arabistonning chekka shimolida bosh shaharlari Isil va Karnava bo‘lgan Main davlati tashkil topdi. Maindan janub- roqda markazi Marib shahri bo‘lgan Saba, undan janubroq- da poytaxti Timna bo‘lgan Kataban, Katabandan janubroqda Ausan davlati, sharqroqda markazi Shabva bo‘lgan Xadramaut davlatlari bor edi. Qadimgi Yaman davlatlari mil.avv. IX–VIII asrlarda shakl- lana boshladi. Mil. avv. VI–V asrlarda Main, Kataban, Saba va Xadra maut davlatlari o‘rtasida yetakchilik uchun kurash bosh- landi. Saba, Kataban va Xadramaut dastlab Ausanga qarshi bir- lashib kurash boshladilar. Natijada Ausan Katabanga qo‘shib olinadi. Main davlati Kataban va Sabaning tazyiqiga zo‘rg‘a bar- dosh beradi. Mil.avv. III–I asrlarda zaiflashib qolgan Kataban Arabistondagi eng kuchli davlatlar Saba va Xadra maut tomoni- dan bo‘lib olindi. Mil. avv II asrda eng qudratli davlat Saba pod- sholigi bo‘lgan. Saba gullab-yashnagan davrida uning hududi Qizil dengizdan Xadramautgacha, Markaziy Arabistondan Hind 175 okeanigacha cho‘ziladi. Bu davlat Yaqin Sharq bilan yaqin alo- qalarni o‘rnatdi. Mil.avv. II asr oxirida shu vaqtgacha Kataban tarkibidagi, poytaxti Zafar bo‘lgan yangi Ximyarit davlati yetakchi o‘ringa chiqdi. Milodiy IV asr boshlarida Ximyarit davlati butun Janu- biy Arabistonga o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Ximyarit davlati davrida Janubiy Arabiston va Efiopiya o‘rtasida urush va tinch- lik munosabatlari hukm surdi. Mil.avv. I ming yillik o‘rtalaridan milodiy I ming yillik o‘rta- larigacha Arabiston Yunoniston, Ptolomeylar Misri va Rim im- periyasi bilan juda samarali savdo aloqalarini olib bordi. Bu aloqalar hududda savdo-hunarmandchilikning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qildi. Ko‘chmanchi chorvadorlar savdo yo‘llarini qo‘riqlashda faol ishtirok etdilar. Janubiy Arabiston davlatlari iqtisodiyoti birinchi navbatda, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik va ko‘chmanchi chorvachilik bilan belgilanadi. Saba davlati hududidagi Marib to‘g‘oni (uzunligi 600 metr, balandligi 15 metr) mil. avv VII asr- da qurildi va XIII asr davomida hududning sug‘orma dehqon- chiligida suv ta’minotini amalga oshirishda yetakchi o‘rin tutdi. G‘alla, poliz ekinlari, xurmo o‘stirildi. Yirik va mayda chorva mollari va tuya boqildi. Hunarmandchilik sohalaridan toshga ishlov berish, qurilish ishlari, metallarni qayta ishlash, kulol- chilik, to‘quvchilik va teriga ishlov berish yuqori darajada rivoj- lanadi. Mil.avv. I ming yillikda Janubiy Arabiston iqtisodiyoti in- qirozga uchrashiga bir necha omillar sabab bo‘ldi. Ulardan biri yunonlar, misrliklar va forslarning Arabistonni chetlab o‘tib, bevosita Hindiston bilan aloqa o‘rnatishlari edi. Endilik- da quruqlikdagi xavfli savdo yo‘lidan ko‘ra, xavfsizroq bo‘lgan dengiz yo‘li yetakchi o‘rinni egalladi. Inqirozga sabab bo‘lgan ikkinchi omil mavjud sun’iy sug‘orish tizimlarining yemirilishi, iqlimning o‘zgarishi bilan hosildor yerlarning sahroga aylanishi edi. Bundan tashqari, ichki va tashqi urushlar Janubiy Arabis- ton davlatlarining iqtisodiga katta zarar yetkazdi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling