Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Asosiy siyosiy voqealar. Sak-skif qabilalari ittifoqi mil.
avv. I ming yillikning birinchi yarmida vujudga keladi. Bu itti- foqqa kirgan qabilalar sharqda hozirgi O‘zbekiston, Qozog‘iston hududlaridan Volga, Don, Dnepr, Kavkazorti va Shimoliy Qora dengiz qirg‘oqlari hamda Yaqin Sharq tomon jadal siljiydilar. Ular mil.avv. VIII asrdan boshlab qadimgi Old Osiyo siyosatida faol ishtirok eta boshlaydilar. Diodor va Gerodot skiflar (saklar)ni Osiyodan Qora dengiz bo‘yiga kelganlari to‘g‘risida ma’lumot beradilar. Diodor ular- ning asl vatani Araks (Amudaryo antik manbalarda shunday atalgan) qirg‘oqlarida deb guvohlik beradi. Gerodot «podsho skiflari» deb atagan sak-skifl ar boshqa skiflar ustidan hukm- ron bo‘lib, ularni o‘z qullari deb hisoblaganini yozadi. Demak, kuchli qabila ittifoqini vujudga keltirgan yetakchi sak-skiflar davlat birlashmasidagi boshqa qaram sak-skiflarni ustidan hukmronlik qilganlar. Gerodot hikoyalariga ko‘ra, Qora den- giz bo‘yini bo‘ysundirgan sak-skiflar o‘zlaridan chekingan kim- meriylarni ta’qib qilib, Old Osiyoga bostirib kiradilar. Midiya bilan saklarning aloqasi azaliy edi. Mil.avv. VII asrning oxirida 190 Orol ko‘li bo‘ylarida yashovchi skiflarning qandaydir guruhlari o‘zaro nizolar natijasida Midiyaga borganlar. Midiyada ularni kutib olgan podsho Kiaksar ularga midiya- lik bolalarni o‘q-yoy otishga va skif tilini o‘rgatishni topshirgani aytiladi. «Shoh Artinning davrida, – deb yozadi Diodor, – Ktesiyning so‘zlariga muvofiq, parfiyanlar yer va shaharlarini saklarga top- shirib, midiyaliklardan ajralib chiqdilar. Shunda saklar bilan midiyaliklar o‘rtasida urush chiqdi. Sak podsholari midiyalik asirlarni Tanaisga ko‘chirdilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, saklarning bir necha davlatlari buyuk cho‘llarda mavjud bo‘lgan. Sharq yozuvchilari shimoldan kelgan barcha kelgindilarni «gimirri» – kimmeriylar deb ataganlar. Skiflar va kimmeriylar etnik va madaniy jihatdan bir-birlariga yaqin edilar. Old Osiyo- ga sak-skif va kimmeriylarning bosqini mil.avv. VIII asrdan bir necha marta yuz beradi. Shu davrdan boshlab, ular Old Osiyodagi davlatlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda faol ishtirok etadilar. Misol uchun, skiflar (saklar) Osuriya bilan ittifoq- da Midiyaga qarshi urushda qatnashib, uning hududida mil. avv. 653–624-yillarda hukmronlik qildilar. Sak-skiflar, ayniq- sa, Eron Ahmoniylari davrida bu davlat bilan yaqin aloqada bo‘ladilar. Ktesiy bizga Kir tomonidan asir olingan sak podshosi Amorg va uning xotini Sparetra to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ktesiyning yozishicha, Sparetra erkak va ayollardan askar to‘plab, jang- da Kirni tor-mor keltirgan va Amorgni ozod qilgan. Ktesiyning yozishicha, shundan so‘ng saklar Kir bilan ittifoq tuzganlar va Amorg Kirning dahlar hamda Midiyaga qarshi kurashida unga yordam bergan. Ahmoniylar Eroni sak-skiflarni bo‘ysundirishga bir necha bor urinib, yurishlar uyushtirganlar. Lekin yurishlarda forslar yengilgan. Tarixdan ma’lumki, Kayxusrav qo‘shinlari massaget- lar tomonidan (mil.avv. VI asr) tor-mor qilinadi. Doro I ning Shi- moliy Qora dengizbo‘yi skiflari ustiga yurishi natijasiz tugaydi. Saklar fors qo‘shinlarini bir necha bor yengadilar (Polien, Shi- roq). Doro I ularni mil. avv. 519-yilda qiyinchilik bilan bo‘ysundi- radi. Doroning saka-tigraxaudalarga qarshi yurishi to‘g‘risida Behus tun yozuvlarida ma’lumot keltirildi. Anchagina o‘chib ketgan yozuvda shunday deyilgan: «Men saka – tigraxaudalar- ga qarshi yurdim… katta daryo tomonga… O‘tdim... o‘ldirdim… boshqasini tutib olishdi va oyoq qo‘lini bog’lab, mening oldim- 191 ga keltirishdi. Men uni hukm qildim… nomi Skunxu edi, uni tutishdi, u yerda men o‘z xohishimga muvofiq boshqa odamni bosh qilib qo‘ydim. Shundan keyin mamlakat meniki bo‘ldi». Bu yozuvlar mil.avv. VI asrda o‘lkamizda saklarning davlati bo‘lgani, saklarning rivojlangan davlat va jamiyatda yashagan- laridan dalolat beradi. Doro I saklarga qarshi mil.avv. 519-yil- da yurish qilib, ularning podshosi Skunxani asir olgan. Va uning o‘rniga boshqa podshoni tayinlagani Behustun yozuvlari- da keltirilgan. Saklar Ahmoniylar davlati bilan alohida munosa- batda bo‘lganlar. Saklar forslarga o‘lpon to‘lagan qaram xalqlar orasida tilga olinmaydi. Mil.avv. IV asrda saklar forslarning itti- foqchilariga aylanadi. Saklarning harbiy san’ati yuqori darajada bo‘lgan. Ular mohir chavandoz bo‘lib, fors qo‘shinlari tarkibida ilg‘or kamonchi otliq qismlarni tashkil qilib, qo‘shinning zarb- dor qanoti edilar. Biror-bir xalq yelib borayotgan yaydoq ot us- tida kamondan bexato nishonga urishga saklarga tenglasha ol- mas edi. Sak-skiflar erksevar xalq bo‘lib, bosqinchilar tazyiqiga doimo munosib zarba berar, o‘z mustaqilliklarini e’zozlar edilar. Mil.avv. 339-yilda makedoniyalik Filipp II skif qo‘shinlari bilan to‘qnashadi. Skif qo‘shinlariga ularning 90 yoshli podshosi Atey boshchilik qiladi. Sak-skiflarning katta-katta davlat birlashmalari mil.avv. I asr largacha Osiyo va Yevropa dasht-cho‘llarida jiddiy harbiy-si- yosiy kuch bo‘lgan. Mil.avv. III asrdan milodiy IV asrgacha O‘rta Osiyo Volga bo‘yi va Uralda yashagan ko‘chmanchi qabilalar (tarixiy adabiyotda sarmatlar) kichli qabilalar ittifoqini tuzdilar. Ular Kavkaz oldi tekisligi, Don va Shimoliy Qora dengiz cho‘lla- rini o‘zlashtirdilar. Sharqiy Yevropa cho‘llari egallanib, sarmat- lar siyosat maydonida kuchli mavqeni egalladilar. Bosfor pod- sholigidagi o‘zaro urushlarga aralashdilar. Sarmat podshosi Gatal mil.avv. 179-yil Kichik Osiyo shahar-davlatlar ittifoqiga qo‘shildi. Mil.avv. I asrda sarmatlar Pont podshosining Rimga qarshi ittifoqchisi bo‘ldi. Sarmatlar bu davrda O‘rta Osiyoda- gi davlatlar, ayniqsa, Xorazm bilan juda yaqin iqtisodiy-siyosiy hamkorlikda bo‘ldilar. Sak-skiflarning o‘z qo‘shnilari bilan mu- nosabatlari murakkab, shu bilan birga barqaror bo‘lgan. Ular qo‘shni o‘troq qabila-xalqlar bilan muntazam ayirboshlash, oila-nikoh, madaniy-etnik aloqalarda bo‘lganlar. O‘rta Osiyo, Qozog‘iston va boshqa atrof hududlarda etnik birliklar yasha- gan, ko‘chmanchi va o‘troq turmush tarzida kun kechirgan- lar. Sak-skifl arning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti natijasida 192 so‘g‘diy lar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, parfiyaliklar, baqtri- yaliklar deb nomlangan etnik yaxlitlik vujudga kelgan. Bosh- qacha aytganda, hozirgi O‘rta Osiyo hududida xalqlarning et- nik genezisida ham sak-skif etnosi qatnashgan. Kelgusi tur- kiy xalqlarning shakllanishida ham sak-skifl ar ustuvor o‘rinni egallaydilar. Bu jarayon ularning turmush tarzi, ijtimoiy-siyo- siy, madaniy rivojlanishida o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Sibir, Shimoliy Kavkaz, Shimoliy Qora dengizbo‘yi sak-skiflari o‘troqlashuv jarayonini boshdan kechirdilar. Lekin ularning bir qismi ko‘chmanchi chorvador, ovchi va baliqchi turmush tar- zini saqlab qoldilar. Mil.avv. II asrdan Sharqiy Yevropa tomon O‘rta Osiyo, Uraldan siljigan sak-skiflarning bir qismi bo‘lgan sarmatlar yoki savromatlar Dnepr qirg‘oqlarini egalladilar. Ular Dneprning o‘ng qirg‘oqini ham o‘zlashtirib, bu yerdagi skiflarn- ing bir qismi qirib tashladilar. Qolgan bir qismi o‘zini saqlab qoldi. Sarmatlar o‘zlariga qarindosh bo‘lgan skif madaniyatini o‘zlashtirdilar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling