Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar
- SAK-SKIF SIVILIZATSIYASI 1. Sak-skif sivilizatsiyasini o‘rganish manbalari. 2. Aso- siy siyosiy voqealar. 3. Ijtimoiy hayot. 4. Sak-skif madani- yati.
Tavsiya etilgan adabiyotlar
1. Сиркин Й.Б. Карфаген и его культура. – М.: 1986. 2. Харден Д. Финикийцы. Oснователи Карфагена. – М.: 2002. 185 Asosiy sanalar Mil.avv. V–III asrlar Karfagen yirik hunarmandchilik markazi. Mil.avv. IX asr oxiri Karfagen shahriga asos solinishi Mil.avv. VII asr Karfagen dengizchisi Gannon 60 kema va 30 ming kishilik dengiz ekspeditsiyasi bilan Atlantika qirg‘oqlarini tekshirdi. Mil.avv. VI asr o‘rtalari Karfagenda lashkarboshi Malx o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Mil.avv. 535-yil Alali jangi. Mil.avv. V asr o‘rtalari – Karfagen davlatining gullab- III asr o‘rtalari yashnashi. Mil.avv. 146-yil Rimliklar tomonidan Karfagen- ning bosib olinishi. Mil.avv. VI asr o‘rtalarida Karfagen markaziy Italiyadagi etrusklar bilan do‘stona shart- noma tuzgan. 186 IV BOB SAK-SKIF SIVILIZATSIYASI 1. Sak-skif sivilizatsiyasini o‘rganish manbalari. 2. Aso- siy siyosiy voqealar. 3. Ijtimoiy hayot. 4. Sak-skif madani- yati. 1. Sak-skif sivilizatsiyasini o‘rganish manbalari. Eng qa- dimgi sivilizatsiyalar qatorida sak-skif sivilizatsiyasini o‘rgan- maslik, insoniyatning eng qadimgi madaniyatining ajralmas bir qismini e’tibordan chetda qoldirish yoki uning bir qismini unutish demakdir. Chunki mil.avv. II–I ming yilliklardan Shimoliy Xitoydan O‘rta Osiyo, Sibir, Oltoy, Uraldan toki Shi- moliy Qora dengiz, Dnepr bo‘ylarigacha cho‘zilib ketgan be- poyon cho‘l-dasht, tog‘lik hududlarda yashagan ko‘chmanchi sak-skif xalqlari betakror, ulug‘vor sivilizatsiyani yaratdilar. Bu sivilizatsiya insoniyatning keyingi taraqqiyotiga, madaniy- etnik, siyosiy tuzilishiga katta ta’sir o‘tkazdi. Bu sivilizatsiya fanda Buyuk cho‘llar sivilizatsiyasi yoki sak-skif sivilizatsi- yasi deb nomlanadi. Sak-skif sivilizatsiyasini buyuk cho‘llar- da yashagan ko‘chmanchi, yarim o‘troq va o‘troq yashagan yuzlab etnik birliklar bir necha ming yillar davomida yaratdi- lar. Sak-skiflarda urug‘-qabila, qabila ittifoqlaridan toki o‘zi- ga xos mukammal shakllangan davlatlar, davlat birlashma- lari mavjud bo‘lgan. Lekin ularning barcha shakllarini asosi urug‘ edi. Urug‘ni 3-4 avlod vakillari yashagan oilalar tash- kil etgan. Oila o‘ta xavfli muhit, noqulay tabiat sharoitida yashay olmas edi. Bir necha patriarxal oilalardan tashkil topgan urug‘ o‘z urf-odat, rasm-rusum marosimlari va e’tiqo- di bilan xavf-xatarga to‘la tashqi muhitga moslashib yasha- gan. Urug‘ o‘zining saylab qo‘yiladigan oqsoqol-yo‘lboshchisi va yaxshi qurollangan jangchilariga ega edi. Vaqt o‘tishi bi- lan urug‘larda odamlar ko‘payib, o‘tloq yaylovlar tor bo‘lib qolganda, katta urug‘dan kichik urug‘ ajralib chiqib, bo‘sh yaylovlarni izlagan. Urug‘lar birlashib qabilani, qabilalar bir- lashib qabilalar ittifoqini tashkil etar edi. Qabilalar ittifoqi yo‘lboshchisi birlashgan qabilalarning yig‘ini qurultoylarda 187 odamlari kop va kuchli urug‘dan saylangan. Cho‘l sharoitida qabila ittifoqi yo‘lboshchisi yoki podsho mutlaq hukmdor emas edi, uning oldida «oqsoqollar kengashi» va xalq yig‘ini mavjud edi. Ular o‘ziga xos yuksak bir sivilizatsiyani yaratdilar. Sak- skif atamasi ilmiy adabiyotda qabul qilingan bo‘lib, yuqorida ko‘rsatilgan bepoyon hududlarda yashagan, qon-qarindosh, umumiy madaniyatga ega bo‘lgan o‘nlab urug‘, qabila, elat, xalqlarning umumiy nomidir. Shimoliy Qora dengiz, Azov bo‘yida yashagan qabilalarni antik mualliflar skiflar deb ata- ganlar. Antik mualliflar Qora dengizbo‘yi qabilalarini bosh- qa ularga qarindosh qabilalar – saklar, savromatlar, mas- sagetlar, issedonlardan ajratish uchun skiflar deb ataganlar. Skiflar o‘zlarini qanday atagani bizga noma’lum. Sak-skiflar tarixi va madaniyati to‘g‘risida Gerodot, Strabon, Katta Pliniy va boshqa mualliflar boy ma’lumot beradilar. Sak-skif yozuv- lari bo‘lgan, lekin saqlanib qolmagan. Shu sababli, ularning ijtimoiy-siyosiy tarixi arxeologik qazilma topilmalar asosi- da o‘rganiladi. Bu topilmalar juda boy, xilma-xil, juda katta davrni o‘z ichiga oladi. Birgina Sankt-Peterburg shahridagi Ermitaj muzeyida sak-skif madaniyatiga oid 40 mingdan or- tiq buymlar saqlanadi. Yunon tarixchilari Sirdaryoning o‘rta oqimini Tanais deb atashgan. Arrianning yozishicha, Sirdaryoni qadimda «Yaksart» deb atashgan. Bu qadimgi nom mahalliy sak qabilalari o‘rtasi- da tarqalgan bo‘lishi ehtimol. Qadimgi yunon tarixchilarining ma’lumotiga ko‘ra, sobiq SSSR ning Yevropa qismida, Qozog‘iston va O‘rta Osiyo, Oltoy chegaralarigacha bo‘lgan hududda yashagan barcha ko‘ch- manchi va o‘troq qabilalarni skiflar degan umumiy nom bilan atashgan. Ayrim yunon tarixchilarining asarlaridan shu nar- sa ma’lumki, yuqorida aytilgan hududlarning turli qismlarida yashagan skiflar boshqa-boshqa nomlar bilan atalgan va turli tillarda gaplashgan. Mil.avv. I ming yillikning o‘rtalarida O‘rta Osiyoda yashagan ko‘chmanchi va dehqonlar na yashash tarziga ko‘ra, na til ji- hatidan hali bir-biridan ajralib ketmagan edi. O‘rta Osiyoning, shu jumladan, O‘zbekiston hududining mil. avv. I ming yillik o‘rtalaridagi iqtisodiy-geografik va etnografik xaritalari quyidagi ko‘rinishga ega: Girkaniya, Parfiya, Marg‘i- yona, Baqtriya, Xorazm, So‘g‘d viloyatlari, Gurgon, Murg‘ob, 188 Qunduz, Amudaryo ning quyi oqimi, Zarafshon daryolarining vohalarini tashkil qilar edi. Amudaryo ostonasining quyi tomonida – g‘arbda Sariqamish va sharqda Janidaryoda yashagan apasakilar (apasiaki, pasiki, abiyalar, skiflar, saka-tiay-tara-darayya) O‘rta Osiyoning janu- bida saka ravakilar (saka-xaumavaraka, skif-amyurgiyalar va boshqalar) yashaganlar. Amudaryo qadimda bir necha nomga ega bo‘lgan. Avestoda u «Raxa», «Ranxa» yoki «Aranxa» nomi bi- lan tilga olinadi. Yunon tarixchilari Gerodotdan boshlab Amu- daryoni Araks deb ataydilar. Gerodot Araks (Amudaryo)ni 360 ta kanalga ajralishi, 40 ta tarmog’i botqoqliklar orasida yo‘q bo‘lib ketishi, tarmoqlaridan birigina ochiq joylardan oqib borib, Kaspiy dengizga quyilishi haqida ma’lumot beradi. Sak-skiflarning kelib chiqishini yozma va arxeologik man- balar ma’lumotlari orqali aniqlashtirish mumkin. Antik mu- alliflardan Gerodot Shimoliy Qora dengizbo‘yi skiflarining kelib chiqishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi. Uning ma’lumo- tiga ko‘ra, skiflar Qora dengiz bo‘yiga Osiyodan kelganlar va bu yerda yashagan kimmeriy qabilalarini siqib chiqarganlar. Yana bir taniqli antik muallif sitsiliyalik Diodor Gerodotning fikrini yanada aniqlashtiradi. Diodor skiflar qachonlardir Araks (Amudaryo) qirg‘og‘ida yashaydigan zaif xalq bo‘lib, keyinchalik kuchayib ketib, Kavkaz oldi va Qora dengizning shimoliy sohi- lini egallaganlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Antik mualliflar asarlarida keltirilgan ma’lumotlar orqali sak-skif siyosiy tarixi to‘g‘risida tushuncha hosil qilish mum- kin. Ularning ma’lumotlari sak-skif mifologiyasi asosida kelti- rildi. Gerodot malika To‘marisning Kayxusravga qarshi ozodlik urushini, Polien saklari ning Ahmoniylarga qarshi kurashini sak afsona-hikoyalari asosida quradi. Gerodot Doro I ning skif- lar ustiga yurishining batafsil tasvirini skif hikoyalari asosida tuzgan. Bundan tashqari, sak-skiflarning O‘rta Osiyo, Oltoy, Sibir, Kavkazorti, Dnepr, Qora dengizbo‘yi cho‘l-dashtlaridagi qo‘rg‘on qabrlaridan topilgan boy arxeologik topilmalar sak-skif- larda davlat tashkiloti shakllanganidan dalolat beradi. Qo‘rg‘on qabrlardagi qimmatbaho qurol-aslahalar, noyob toshlar, oltin, kumush bilan ziynatlangan xanjar-qilichlar, kamon sadoqlari, gilam qoldiqlari sinfiy jamiyat, davlat tashkiloti shakllangani- dan guvohlik beradi. Doro I ning Behustun yozuvlarida sak hukmdori Skunxani tor-mor qilgani (mil.avv. 519-yil), uning o‘rniga boshqa podsho tayinlaganini yozib qoldirgan. 189 Arxeologik qazishmalar natijasida to‘plangan ma’lumotlar antik mualliflarning matnlarini tanqidiy o‘rganishga yordam beradi. Hozirgi kunda Osiyo va Yevropaning cho‘l-dasht hudud- laridan juda katta miqdorda to‘plangan boy madaniy topilmalar sak-skif madaniyatini yaxlit tasavvur qilishga yordam beradi. Sak-skif tili to‘g‘risida ilmiy tadqiqotlar mavjud. Shaxsiy ismlar, joylar, hududlar, daryolarning nomlari boshqa tilda yozilgan matnlarda saqlanib qolgan. Bu ism va nomlar bilan sak-skif tilini olimlar aniqlashga harakat qiladilar. Hozirgi kunda skif tili hind-yevropa tillari oilasiga mansubligi e’tirof etiladi. Osiyo va Yevropaning bepoyon hududlarida yashagan ko‘chmanchi qabila-elatlarning tillari asosida keyingi davrda turkiy til shakl- langan. Toponomika ma’lumotlari ham bu fikrni tasdiqlaydi. Etnik va til jihatidan sak-skiflar bir-biriga qarindosh bo‘lgan Osiyo, Sharqiy Yevropa cho‘l-dashtlarida yashagan ko‘chman- chi qabila-elat va xalqlarning ulkan konglomerati edi. Ularning urf-odat, an’ana, marosimlari mazmunan bir xil, shaklan esa turli ko‘rinishda bo‘lgan. Ularning shaklan har xil bo‘lishiga sa- bab, iqlim, atrof-muhit, joylashgan joyi ta’siri natijasi edi. Ular bir tilda, lekin turli shevalarda so‘zlashganlar. Buning dalili Osiyo, Yevropa cho‘l-dashtlarida yashagan etnoslarning ism- lari, geografik nomlarning har xilligidir. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling