Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
Me’morchilik. Qadimgi Afg‘onistonda shaharsozlik mudofaa
inshootlari, qal’alar, ibodatxonalar, uy-joy qurish yuksak rivoj- langan. Shaharlar reja asosida to‘rtburchakli kvadrat shak- lida qurilib, bir-biri bilan kesishgan to‘g‘ri ko‘chalar bo‘lgan. Baqtriya, Araxosiya, Ganhara va boshqa viloyatlarda ko‘plab shaharlar bo‘lgan. Davlat hokimiyati shaharsozlikka, uning devorlari, asosiy qismlarini qurishni yo‘naltirib turgan. Qun- duz viloyatida Oksdagi Aleksandriya (hozirgi nomi Oy-Xonim), Shimoliy Baqtriyada Qayqubodshoh, Dalvarzintepa, Zartepa (hozirgi O‘zbekiston), Kapisa shahri (Bagram viloyati) Dilber- jin (Mozori-sharif yonida) qazib ochilgan. Qazib ochilgan sha- harlarda san’at asarlarining ajoyib namunalari, turli o‘lcham- dagi haykallar topilgan. Oks Aleksandriyasi (Oy Xonim) shahri- da hokim saroyining hashamatli zalida balandligi 1 metrdan 1,5 metrgacha bo‘lgan 15 haykal devor bo‘ylab qo‘yilgan. Bosh- qa inshootda odam bo‘yidan 2-3 marta baland bo‘lgan ulkan haykallar ansambli mavjud. Bosh ko‘chaning nihoyasidagi ibo- datxonada ulkan ma’bud haykali qo‘yilgan. Haykallar marmar va loydan ishlangan. Qadimgi Afg‘oniston madaniyati mil.avv. II–IV asrlarda o‘z taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Bu madaniyatda O‘rta Osiyo o‘troq va ko‘chmanchi etnoslari va Hind madani- yatining hayotbaxsh sintezi yaqqol ko‘rinadi. Ellin madani- yati unsurlari ham bu davrda ayrim yodgorliklarda o‘z aksi- ni topdi. Kushonlar davri yaxlit, ulug‘vor madaniyatining na- munasi – Tillatepa yodgorligidir. Bu yerda kushon shaharlari madaniy hayoti, uy-ro‘zg‘or buyumlari diniy e’tiqod ashyolari namunalari da bu davr Afg‘oniston yoki umuman O‘rta Sharq madaniyatining mezon-o‘lchamlari o‘z ifodasini topgan. Bu 211 davrda O‘rta sharqning ommaviy shaharlashgan madaniya- ti barcha ku shon yodgorliklarida o‘z aksini topadi. Kushon- lar davrida budda madaniyati davlatning barcha hududlarida keng tarqaldi. Budda madaniyati haykallar, relyeflar va tasviriy san’atda o‘z aksini topdi. Hozirgi Jalolobod yaqinidagi budda ibodatxonalari monastrlari va boshqa yodgorliklari atroflicha tadqiq qilingan. Shimoliy Afg‘onistondagi Puli Xumrida Kushon sulolasiga tegishli tosh haykallar mustahkamlangan ibodatx- onada topilgan. Afg‘onistonning barcha hududlarida topilgan Kushon yozuvi yunon-baqtriya, baqtriya yozuvlarining yuzlab namunalari qadimgi O‘rta Sharq madaniyatining yuqori dara- jadagi taraqqiyotidan dalolat beradi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling