Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Asosiy siyosiy voqealar. Mil.avv. VII asrda Afg‘onis-
ton, hozirgi O‘zbekiston va Tojikistonning janubiy hududlari-
ni o‘z ichiga olgan Baqtriya davlati tashkil topdi. Yunon mu-
allifi Knidlik Ktesiy Baqtriyani qudratli davlat deb tasvirlab, 
Baqtriyani Osuriya bilan urushini hikoya qiladi. Baqtriyaning 
poytaxti Mozori sharif yaqinidagi Baqtra (hozirgi Bolou Hisor) 
juda yaxshi mustahkamlangan shahar bo‘lib, shaharda ark 
ham bo‘lgan. Baqtriya qadimgi sharqning siyosiy hayotiga tez 
tortiladi. Ahmoniylar Eroni mil.avv. VI asrda Afg‘onistonning
Ariya, Baq triya Drangiana, Araxosiya va Hindistonning Ganxara 
viloyatlarini o‘z ta’sir doirasiga oladi. Ahmoniylarning Baqtriya-
ni bosib olingani to‘g‘risida yozma ma’lumotlar yo‘q. Kayxusrav 
hozirgi Bag‘ram viloyatidagi Kapisa shahri qarshiligini shafqat-
sizlik bilan bostiradi. Baqtriya bo‘ysundirilgach, Baqtriya sat-
ratligi tashkil etiladi. Baqtriya siyosiy-iqtisodiy jihatdan rivoj-
langan. Doimo forslarga qarshi urushib, mustaqilligini tiklash-
ga harakat qilgan, bir necha bor ahmoniylarga qarshi qo‘zg‘olon 
ko‘targan. Baqtriya yiliga fors xazinasiga 360 talant (1 talant 
– 30 kg kumush) o‘lpon to‘lagan. 
Mil.avv. I ming yillikda Afg‘onistonda turli etnik guruhlar ya-
shagan: Ariya viloyatida oriylar, sak-amarglar (evrget), pakt lar. 
Bo‘lg‘usi Afg‘oniston etnik birliklarining shakllanishida sak-qa-
bilalari muhim o‘rin tutadi. Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘ida 
yashagan saklar toki Hind daryosi vodiysigacha mig ratsiya qil-
ganlar. 
Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Afg‘oniston hududidagi sug‘or-
ma dehqonchilik va chorvachilik rivojlandi. Sun’iy sug‘orish 
inshootlari, korizlar barpo qilindi. Ahmoniylar koriz qurgan 
dehqonlarni ma’lum muddatga soliqlardan ozod qilganlar. 
Afg‘onistonning Farax-giruh hududidagi korizlar mil.avv. I ming 
yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Aholi asta-sekin iqtisodiyot va 
madaniyat markazlari bo‘lgan shahar ko‘rinishidagi qo‘rg‘on-
larda to‘plana boshlaydi. Arxeologlar tekshirgan Baqtriyaning 
poytaxti Baqtra shahrining hududi shahar atrofisiz 120 gektar 
maydonni tashkil etadi. Ko‘pgina devorlar bilan o‘ralgan sha-
harlarda mustahkamlangan qal’a – ark bo‘lgan. 
Yuejilar Baqtriya hududini to‘liq egalladilar. Sak qabilalari 
janubiy viloyatlar – Drangiana Araxosiya va Ganxarani egallab, 
bu hududda o‘zlarining bir qancha davlatlarini tuzdilar. Kash-
mir va Gandxaranni birlashtirgan sak davlati hukmdori Mayes 
zarb qilgan tangalar bizgacha yetib kelgan. 


203
Makedoniyalik Aleksandr Ahmoniylar davlatini tugatgach 
(mil.avv. 330-yil), Baqtriya satrapi Bess o‘zini «Osiyo hukm-
dori» deb e’lon qildi. U davlat tarkibiga Baqtriyadan tashqari 
Ariya va Dran giana (Afg‘onistondagi viloyatlar) ham kirgan. 
Ariya satrapi Aribarzan boshda Aleksandrga bo‘ysundi, lekin 
keyin qo‘zg‘olon ko‘taradi. Drangiana (Afg‘onistondagi viloyat) 
jiddiy qarshilik ko‘rsatmay Aleksandrga bo‘ysunadi. Aleksandr 
Araxosiya va Baqtriyaga jadal qo‘shin tortdi. Bess raqibga qar-
shilik ko‘rsata olmay, hozirgi O‘zbekis ton janubiga Amudaryo ni 
kechib o‘tdi. Lekin «Osiyo hukmdori»ni o‘z yaqinlari Aleksandr-
ga ushlab berdilar. Aleksandr O‘rta Osiyoda sak-massa get va 
so‘g‘dning kuchli qarshiligiga duch kelib, bu yerda mil.avv. 
329–327-yillarda qolib ketdi. Faqat O‘rta Osiyoning ayrim 
hududlarini nominal o‘ziga bo‘ysundirdi. Mil.avv. 327-yil ba-
horida Hindiqush tog‘lari dan o‘tib, Qobil hududiga aspasiy, 
guriy va assakenning tog‘lik qabilalari qarshiligiga uchradi. 
Paronomisad tog‘li viloyatiga o‘zining qaynotasi so‘g‘d zodagoni 
Oksiartni hokim etib tayinladi. Shundan so‘ng u Hind vodiysi 
tomon yurish qildi. 
Afg‘oniston hududida ma’lumotlarga ko‘ra Aleksandr Ariya, 
Araxosiya (G‘azna hududi), Hindiqush tog‘i yonbag‘rida (Cho-
rikor hudu dida bo‘lishi mumkin) shaharlar barpo qiladi. Sha-
har albatta bir yoki ikki yilda barpo qilinmaydi. Bu uzoq yil-
lar davom etadigan jarayon. To‘g‘rirog‘i, Aleksandr bu yerlarda 
yunon-makedon harbiy qismi turadigan tayanch nuqta – hi-
moyalangan qal’a qurgan bo‘lishi mumkin. 
Aleksandrning o‘limidan so‘ng Afg‘oniston hududi taxminan 
mil.avv. 306 yoki 305-yillar Salavk ixtiyoriga o‘tadi. Salavk-
ning o‘g‘li Antiox hukmronligi davrida (mil.avv. 281–260-yillar) 
Baqtra shahri Antioxning qarorgohi bo‘ldi. Mil.avv. 250-yillar 
atrofida sarkarda Diodot Baqtriyani Salavkiylar davlatidan 
ajratib oladi. Bu davlat ta rixga Yunon-Baqtriya nomi bilan ki-
radi. Yunon-Baqtriya davlati mil.avv. 250- yillar atrofida paydo 
bo‘ladi. Afg‘oniston, O‘rta Osiyo janubi va Shimoliy Hindistonni 
o‘z ichiga olgan Yunon-Baqtriya davlati shakllangan boshqaruv 
tizimiga ega edi. Hukmdorlar faol tashqi siyosat olib boradilar, 
savdo-hunarmandchilikning rivojlanishiga qulay shart-sha-
roit yaratadilar va tangalar zarb qiladilar. Baqtriya yuzlab sha-
harlar mamlakati edi. Bu shaharning qoldiqlari Afg‘oniston, 
O‘zbekis tonning janubida ko‘plab qazib ochiladi. Ana shunday 
shaharlardan biri Ko‘kcha daryosining Amudaryoga quyilish 


204
joyida qurilgan shahar g’ishtdan bunyod qilingan. Shahar de-
vorlar bilan o‘rab olingan. Devorlarda minoralar mavjud. Sha-
harning tik qirg‘oqlar bilan himoyalangan baland tepaligida 
mustahkam langan qal’a qurilgan. 
Diodot faol tashqi siyosat yuritishga harakat qilib, Parfiya-
ga ham tazyiq o‘tkazadi. Mil.avv. 230-yilda Diodot sulolasini 
Yevtidem qirib tashlab, o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Yevtidem-
ning o‘g‘li Demetriy (190–171-yillar) Araxosiyani va Hind vodi-
ysidagi Ganxarani bosib oldi. Demetriy Maurilar davlatiga kir-
gan bir necha viloyatlarni bosib olishga harakat qildi. U mil.
avv. 171-yilda hind yurishida bo‘lganida hokimiyatni uning 
sarkardasi Yevkratid bosib oladi. Yevkratid (171–155-yillar) 
o‘z hokimiyatini mustahkamlab, hind yurishini davom ettir-
di va qator viloyatlarni bosib oldi. Yunon-Baqtriyaning g‘arbiy 
qo‘shnisi Parfiya bu vaqtda kuchayib ketib, Yunon-Baqtriya-
ning bir necha viloyatlarini bosib oldi. 
Yevkratid mil.avv. 155-yillar atrofida harbiy yurishdan qay-
tayotgan paytda o‘z o‘g‘li Geliokl tomonidan o‘ldirildi. O‘ligi 
ustidan jang aravasi bilan bosib o‘tib, uning jasadini xo‘rladi. 
Yangi noqonuniy hukmdor Geliokl o‘z otasini Yunon-Baqtriya-
ning so‘nggi qudratli vakili edi. Tez orada mil.avv. 140–130-yil-
lar atrofida shimoldan kelgan ko‘chmanchi yueji qabilalari 
Yunon-Baqtriya davlatini tugatdilar. Uning xarobalarida 100 
yildan so‘ng Kushon davlati barpo qilindi. 
Mil.avv. I ming yillikda Sharqiy Turkiston, Turon hududla-
ridan Afg‘onistonga qabila-elatlarning muntazam migratsiyasi 
Afg‘onistonda etnik-siyosiy vaziyatni o‘zgartiradi. Afg‘oniston-
da mil.avv. III–II asrlarda zaiflashgan Yunon-Baqtriya davlati 
o‘rnida alohida 5 mustaqil davlat paydo bo‘ladi. Araxosiya O‘rta 
Osiyodan kelgan qabilalar va Shimoliy Hindistonda bir necha 
davlatni tashkil qiladilar. Davlat hokimiyatiga ega bo‘lgan 
hokimlar aholining oliy tabaqasi vakili bo‘lib, hashamatli hayot 
kechirganlar. 
Mil.avv. I asr o‘rtalarida Kashmir va Gandxaraga saklar kirib 
keldilar va bu hududda o‘z davlatlariga asos soldilar. Bu dav-
lat o‘z tangasiga ega bo‘lib, tanganing orqa tomonida ot tasviri, 
keyinchalik otda nayza ushlab turgan hukmdor tasvirlangan. 
Ilk tangalardan birida sak hukmdori Maues (hind yozuvchilar-
ida Moga) tasvirlangan. Boshda Maues o‘zini podsho deb, ke-
yin «podsholar podshosi» deb ulug‘laydi. U uzoq podsholik qil-
gan, uning vorisi Aza (mil.avv. I asrning ikkinchi yarmi) davri-


205
da sak davlati gullab yashnaydi. Uning tangalari 1500 dona 
Gand xara poytaxti Taksilada, 4 mingga yaqini Mir Zahokda 
(Drangiana) topilgan. Bu tangalarning o‘ng tomonida podsho 
og‘ir qurol-aslahada nayza yoki jangovar bolta bilan otda tas-
virlangan. Bu vaqtda hind-saklar davlati tarkibiga Araxosiya va 
Sakistonning sharqiy qismi kirgan. Azilisning vorislari davrida 
davlat zaiflashadi va hokimiyat boshqa sulolaga o‘tadi. Sulo-
laning birinchi vakili Gondofar mil. I asrning birinchi yarmida 
hukmronlik qilgan. Afg‘onistonda milodiy I asrdan Kushonlar 
davlati hukm suradi. Hozirgi Afg‘onistonning butun hududi bu 
davlat tarkibiga kirgan. Bu davlatning birinchi hukmdori Geray 
podsho unvoniga ega bo‘lmagan. Kushonlar davrida qadimgi 
Afg‘oniston sivilizatsiyasining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan 
davri edi. Sug‘orma dehqonchilik, yuqori darajada ixtisoslash-
gan hunarmandchilik xo‘jalikning yuksalishiga olib keldi. Sha-
har madaniyati yuqori darajada rivojlandi. Baqtriyaning aholisi 
mil.avv. II asrda 1 mln kishi bo‘lsa, Kushonlar davriga kelib aho-
li soni jadal o‘sadi. Baqtriyaning o‘zida 18 shahar qoldiqlari qol-
gan. Baqtra shahri poytaxti bo‘lib, iqtisodiy va madaniy marka-
zi bo‘lgan kushonlar davrida yangi devor bilan o‘rab olinadi. 
Shaharsozlik rivojlanib, o‘nlab shaharlar quriladi. Bu davrda 
Afg‘oniston G’arb va Sharq dunyosining iqtisodiy-madaniy alo-
qalari kesishgan chorrahaga aylanadi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling