Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Afg‘oniston hududida mil.avv. I
ming yillikda bunday mustahkamlangan qo‘rg‘onlarning mav- judligi mulkiy tabaqalanish natijasida ilk jamiyat va davlatning paydo bo‘lishidan dalolat beradi. Daryo vodiylarida savdo-hu- narmandchilik markazlari bo‘lgan shaharlar, dehqonchilik bi- lan shug‘ullangan qishloq jamoalari rivojlanadi. Qishloqlarda kulolchilik ustaxonalarida turli shakldagi idishlar tayyorlan- gan. Nafis, baland oyoqli ko‘za, qadahlar, tovoq va kichkina tovoqchalar yasaladi. Tog‘ va dashtlarda aholi o‘troq va ko‘ch- manchi chorvachilik bilan shug‘ullanadilar. XX asrning 80-yillarida Afg‘onistondagi mil.avv. II asrlarda yashagan kichik davlat hukmdorining sag‘anasidan qimmat- baho metallardan yasalgan 20 ming buyumlar topilgan. To- pilgan buyumlarning barchasi yuksak mahorat bilan nafis, turli xil badiiy uslubdagi an’analar ruhida yasalgan. Sherda o‘tirgan ma’buda Kibela tasviri tushirilgan jomlar, afsonaviy yirtqich qush (grifon)ni eslatadigan qandaydir maxluqqa min- gan ma’budlar ifodalanadi. 206 Buyumlarda mahalliy o‘troq va ko‘chmanchi aholining an’analari, dunyoqarashlarini ijodkor ruhi yuqori darajada aks etadi. O‘rta Osiyoda shu davrlarga oid san’at asarlari topilma- lari Afg’onistondagi topilmalar bilan ishlanish uslubi aynan bir xil. Bu O‘rta Osiyo va Afg‘oniston hududlarida qadimgi davrda bir-biri bilan qon-qarindosh bo‘lgan madaniyat vakillari hayot kechirganidan dalolat beradi. Bu vaqtda Shimoliy Baqtriyaning eng muhim markazi Ter- miz (janubiy O‘zbekiston) bo‘lib, uning atrofidagi Qoratepa, Fayoztepada ibodatxonalar va monastrlariga ega bo‘lgan budda markazlari ochilgan. Kushon davlat hokimiyati sav- do-hunarmandchilik, dehqonchilikka homiylik qilgan. Shi- moliy Baqtriyada sug‘orma dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Katta qishloqlarda ko‘p xonali uylarda katta oilalar yasha- gan. Qo‘rg‘on qishloqlar shahar ko‘rinishida to‘g‘ri burchakli kvadrat shaklida qurilgan bo‘lib, ularda vino, don mahsulot- lari saqlanadigan katta omborlar qazib ochilgan. Dalvarzin, Dilberjin kushon shaharlarida shahar zodagonlarining kat- ta-katta uylari, xo‘jalik binolari bilan bunyod qilingan. Davlat hokimiyati zodagonlarga katta yer mulklarini hadya qilgan. Katta yer egalarining siyosiy mavqelari kuchli bo‘lgan. Ma’lu- motlarga ko‘ra, kushon jamiyati zodagonlar, hunarmand- sav dogar, jamoachi dehqonlar, ruhoniy-kohinlar, chorvador- lar, qaram kishilardan tashkil topgan. Ichki va tashqi savdo rivoj langan. Kushonlar Xitoy, Rim, Parfiya bilan savdo qilgan- lar. Savdo yo‘llari ko‘p tarmoqli bo‘lib, quruqlikdagi sav do Hi- rot orqali Parfiyaga, janubda Sakiston, boshqasi tog‘ dovon- lari bilan Kapisa-Baqramga, undan Qobul va Ganharaga yo‘nalgan dengiz yo‘li Hindiston portlari orqali Qizil dengizga, Misrga va Rimning sharqiy viloyatlariga chiqqan. Baqtriya- da Xitoyga mahsulotlar chiqarilgan. Qadimgi mualliflar ning ma’lumotlariga ko‘ra, Rim viloyatlaridan Hindistonga 55 mln sestersiylik mahsulot chiqarilgan. Kushon davlati ichki va tashqi savdo uchun turli qiymatdagi tanga pullarni zarb qil- gan. Yunon – Baqtriya hukmdorlarining tangalari portret san’atining noyob namunalari hisoblanadi. Af’g‘onistonning barcha shahar va qishloqlaridan ko‘p son- li loy haykalchalar topilgan. Ko‘pincha uzun kiyimdagi ma’bu- daning qo‘lida diniy e’tiqod buyumi – ko‘za yoki meva bilan haykalchasi ko‘proq uchraydi. Bu hosildorlik homiysi va uy o‘chog‘i saqlovchisi ramzi hisoblanib, bunday haykalchalar har 207 bir uyda mavjud edi. Otliq suvoriylar, egarlangan ot haykalcha- lari ham ko‘p uchraydi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling