Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

 Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Никифоров В.Н. Восток и всемирная история. –М.: 1977.
2. История Афганистана с древнейших времен до наших дней 
/ Отв.ред. Ю.В. Ганковский. – М.: Мысль, 1982.
Asosiy sanalar 
Mil.avv. II ming yillik boshlari Hindiqush tog‘ etaklarida qadimgi
dehqonchilik manzilgohlari.
Mil.avv. II ming yillik oxiri
Afg‘onistonning shimoli Baqtriya - 
da taraqqiyot jadallashdi.
Mil.avv. I ming yillik
Mustahkamlangan qo‘rg‘onlar. 
Mil.avv. III–II asrlar
Araxosiya va Shimoliy Afg‘oniston- 
da zaiflashgan Yunon-Baqtriya
davlati o‘rnida 5 mustaqil davlat-
larning paydo bo‘lishi. 
Milodiy I asrda
Yunon-Baqtriya davlati paydo
bo‘lishi.
Mil.avv. I–IV asrlar
Afg‘oniston Kushon davlati tarki- 
biga kirdi.


212
QADIMGI ERON
1. Eron iqlimi va aholisi. 2. Qadimgi Eron tarixi manbalari 
va tarixnavisligi. 3. Qadimgi Elam. 4. Midiya podsholigi 
(mil.avv. VII–VI asrlar). 5. Parsuash mamlakati. 6.Ahmoniy-
lar Eroni davlatining siyosiy tarixi. 7. Qo‘shin. 8. Ahmoniy-
lar davlatining ijtimoiy holati va davlat tuzumi. 9. Qadimgi 
Eron madaniyati.
1. Eron iqlimi va aholisi. Eron bepoyon tog‘li va ko‘p cho‘llar-
dan iborat kontinental iqlimli mamlakat. Dehqonchilik uchun 
qulay vodiylar, tog‘ oldi hududlari juda ko‘p. Shimolda Elburs 
tog‘ tizimi va unga Turkman, Xuroson tog‘lari qo‘shiladi. G‘arb-
dan va janubdan Zagros va Janubiy Eron tog‘lari o‘rab turadi. 
Janubiy-g‘arbiy Eronda (Xuziston) Qorun va Qerxa daryolari 
vodiysida yuqori hosil beradigan yerlar mavjud. 
Qadimgi G‘arbiy Eronda hind-yevropa tillarida so‘zlashadi-
gan elam, lulubey, qutiy (gutiy) va kassit qabilalari yashagan. 
«Eron» so‘zi «ariana» – oriylar mamlakati degan ma’noni bildiradi. 
Oriylar mil.avv. II ming yillikda O‘rta Osiyodan Eron, Afg‘onis-
ton, Hindistongacha tarqaldilar. Ular ko‘chmanchi chorvador-
lik bilan shug‘ullanib, bepoyon hududlarda yashaganlar. Bu 
davrda sak-skif qabilalari Osiyo va Yevropa sharqini Qora den-
giz bo‘yigacha bo‘lgan hududlarni egallagan edilar. Iqlimning 
o‘zgarishi, mehnat qurollarining takomillashuvi, aholi sonining 
ko‘payishi sak-skiflarni bo‘sh yotgan yerlarni egallash uchun 
siljishlariga sabab bo‘ldi. Ular bir necha ming yil davomida 
Shimoliy Xitoydan Qora dengizigacha cho‘zilib ketgan, fanda 
Buyuk cho‘llar deb atalgan bepoyon hududda yashadilar. Oriy-
lar sak-skiflarning mil.avv. II ming yillikdagi migratsiya to‘lqini 
bo‘lib, Hindistongacha bo‘lgan hududlarda yuz berdi. Oriylar-
ning turmush tarzi, madaniyati, urf-adat va an’analari sak-skif-
lar bilan aynan mos tushadi. Arxeologik topilmalar bu fikrning 
yaqqol dalilidir. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling