Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
5. Karfagenning siyosiy tuzumi. Karfagenning siyosiy tu-
zumi eng boy savdogar – hunarmand, katta yer egalari bo‘lgan Karfagen oilalarining tor guruhi manfaatlarini aks ettiradigan oligarxiya edi.Biror-bir zodagon oilaning hokimiyatni bosib oli- shiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kengashlarda qatnashadigan oli- garxlar doimiy ravishda bir-birlari bilan raqobat qildilar. Kar- fagenning ichki siyosiy hayoti tarixi hokimiyatni bosib olish uchun oliy tabaqa zodagon guruhlari o‘rtasidagi doimiy ku- rashdan iborat edi. Mil.avv. VI asr o‘rtalarida dastlab lashkar- boshi Malx Karfagenda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Keyin esa zo- dagon Magon oilasi qariyb 50 yil davomida hokimiyat tepasida turdi. Karfagen oligarxiyasi mil.avv.V asr o‘rtalaridagina Magon oilasining hukmronligini yo‘q qilib, o‘z «respublika» boshqaruvi tiziminini o‘rnatdi. 183 Karfagenda mil.avv. V–IV asrlarda birdaniga ikki sufet bir vaqtda bir yil muddatga saylanib, ijroiya va sud hokimiyatini boshqarganlar. Bu lavozim G‘arbiy O‘rtayer dengizidagi bosh- qa finikiya shaharlarida ham mavjud bo‘lgan. Sufetlar zoda- gonlarning 104 kengashi oldida hisobot berganlar. Odatda, sufetlar Karfagenning oqsuyak – zodagon Magonlar, Barkidlar oilalaridan chiqqan. Sufet lavozimi beg‘araz bajarilgan. Barcha davlat ishlarini 30 lar kengashi va 300 a’zodan iborat oqsoqol- lar kengashi hal qilgan. Oliy nazorat organi 104 lar kengashi bo‘lib, u sudyalik vazifalarini ham bajargan. Karfagenning xalq yig‘ini ahyon-ahyonda chaqirilgan. U siyosiy hayotda sezilarli ahamiyatga ega emas edi.Faqat oliy magistratlar orasida ke- lishmovchiliklar chiqqan paytda xalq yig‘ini o‘z hokimiyatini namoyon qilib, o‘z takliflarini ham ilgari surgan. Magistratlar «oqsuyaklik va boyjik» tamoyili asosida saylangan. Karfagen si- yosiy hayotida poraxo‘rlik va korrupsiya keng tarqalgan. Mil.avv. V asr ikkinchi yarmidan – III asr o‘rtalarigacha Kar- fagen O‘rtayer dengizi g‘arbidagi eng qudratli davlat bo‘lib, uning qudratining asosi yuqori rivojlangan iqtisodiyot, dina- mik ijtimoiy tuzilish, oligarxiyaning barqaror tizimi edi. Karfa- genning boy savdogar-hunarmandlari va kema egalari O‘rtayer dengizi g‘arbi va Shimoliy Afrikada faol tashqi savdo bilan shug‘ullandilar. Ahmoniylar Eroni va Rim bilan bir necha sav- do shartnomalari tuzildi. Karfagen G‘arbiy O‘rtayer dengizi havzasida o‘z mytlaq hukmronligini ta’minlash maqsadida faol tashqi siyosat olib bordi. U etrusklar bilan ittifoq bo‘lib, mil. avv. 535-yil yunonlarning dengiz flotini Alali oroli yonida tor- mor qildi. Natijada Karfagen G‘arbiy O‘rtayer dengizi savdosida to‘la hukm ron bo‘ldi. Lekin mil.avv. 480-yilda yunonlardan Gi- mera yonida mag‘lubuiyatga ushrab, g‘arbda yunonlarga qar- shi urush harakatini uzoq vaqt to‘xtatishga majbur boldi. Mil. avv. V asr o‘rtalaridan Karfagen Sitsiliyani egallash uchun yuz yil davom etgan kurashni boshladi. Mil. avv. III asr boshlarida Sirakuzadan tashqari butun Sitsiliya oroli Karfagen tasarrufi- ga o‘tdi. Ammo mil. avv. III asrning 60-yillariga kelib, Karfagen G‘arbiy O‘rtayer dengizi havzasida hukmronlik uchun Rim bi- lan keskin kurashga kirishdi. Sitsiliya uchun raqobat birinchi Rim-Karfagen urushiga (mil. avv. 264–241-yillar) olib keldi. Mil. avv. III–II asr o‘rtalarida Rim-Karfagen o‘rtasidagi uch urush (Puni urushlari) natijasida Karfagen batamom tor-mor qilinib, 184 uning hududi Rim Respublikasining Afrika provinsiyasiga aylantirildi (mil.avv. 146- yil). Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling