Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

6. Qadimgi Karfagen madaniyati. Karfagenda amaliy fan-
lardan agronomiya, geografiya, matematika, fortifikatsiya va 
astronomiya sezilarli rivojlandi. Karfagen dengizchilarining 
Britaniyaga dengiz sayohati (Giskon ekspeditsiyasi), Atlanti-
kaning ekvatorial qirg‘og‘iga Gannonning mashhur sayohati va 
Karfagen atrofini yuqori darajada mohirona qurilgan mudofaa 
devorlari bilan o‘rab olish tabiiy fanlarning taraqqiyoti natijasi 
edi. Karfagenliklar qadimda Afrika, O‘rtayer dengizi, Atlantika 
qirg‘og‘i, Kanar va Azor orollarining eng aniq geografik xarita-
siga ega bo‘ldilar. Ular qishloq xo‘jaligining dehqonchilik so-
hasida katta yutuqlarga erishdilar. Karfagenda dehqonchilik 
sohasidagi qadimgi asarlardan biri Magon tomonidan maxsus 
yozilgan agronomiya traktati paydo bo‘lib, u lotin tiliga tarjima 
qi lingan. Karfagen Misr, Xett, Bobil va Osuriya madaniyatlari-
ning doimiy ta’siri ostida bo‘ldi va shu sababli uning madani-
yati sinkretik (madaniyatlar qo‘shilmasi hosilasi) xususiyatiga 
ega edi. Karfagen aholisi savdo-hunarmandchilik bilan shug‘ul-
lanib, faqatgina iqtisodiyot ehtiyojlariga xizmat qiladigan aniq 
va tabiiy fanlarga e’tibor berdilar. Adabiyot, tasviriy san’at va 
falsafa zaif rivojlandi. 
Diniy e’tiqod qadimgi Finikiya an’analari asosida rivojlandi. 
Karfagen panteonining bosh xudolari ma’buda Tinnit va Vaal-
Melkart edi. Tinnit shahar homiysi, donolik, mo‘l-ko‘lchilik 
va tirilayotgan tabiat, hayotbaxsh ne’matlar yaratuvchisi edi.
 
Dushmanlarni qo‘rqituvchi Molox urush xudosi bo‘lib, bu iloh 
odamlarni qurbonlikka keltirishni talab qilgan. Qurbonlikka 
katta odamlar va go‘daklar keltirilgan. Bu xudolar sharafiga 
Finikiya an’analarini, Misr motivlarini va yunon me’morchili-
gi usullarini o‘zida to‘plagan sinkretik uslubda ibodatxonalar 
qurilgan. Karfagen madaniyati G‘arbiy O‘rtayer dengizi va Shi-
moliy Afrika tarixida muhim iz qoldirgan.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling