Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


KARFAGEN MIL.AVV. IX–III ASRLARDA


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

KARFAGEN MIL.AVV. IX–III ASRLARDA
1. Karfagen tarixining ilk davri. 2.Karfagen – G‘arbiy 
O‘rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarining markazi. 
3. Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi. 4. Karfa-
gendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (mil.avv. V–III asr-
lar). 5. Karfagenning siyosiy tuzumi. 6. Qadimgi Karfagen 
madaniyati.
1. Karfagen tarixining ilk davri. Mil.avv. II–I ming yilliklar 
oralig‘ida finikiyaliklar G‘arbiy O‘rtayer dengizida ilk koloniya-
larni barpo qila boshladilar. Mil.avv. I ming yillik boshlaridagi 
Finikiyaning Ispaniyadagi koloniyalari Gades, Afrikadagi Utika 
shaharlari yirik savdo-hunarmandchilik markazlariga aylandi. 
Tir shahri yoshlari mil.avv. 814–825-yillarda Shimoliy Afrika-
da (hozirgi Tunis hududi) Karfagen (Karxamish – «Yangi sha-
har») koloniyasiga asos solgan edilar. Dastlab ko‘chib kelganlar 
yersizlikdan qiynalib, mahalliy aholi yerlarida yashash huquqi 
uchun pul to‘lashga majbur bo‘ldilar. Shahar boyib borishi bi-
lan uning atrofidagi yerlar mahaliy aholidan sotib olina bosh-
landi yoki bosib olindi. O‘rtayer dengizida savdo va dengiz 
yo‘llari kesishgan qulay joyda joylashgan Karfagen asta-sekin 
kuchaya boshladi. 
2. Karfagen – G‘arbiy O‘rtayer dengizidagi Finikiya kolo-
niya larining markazi. Mil.avv. VII asrdan boshlab Karfagen 
tarixida ikki yuz yilga yaqin davom etgan yangi davr boshlan-
di. Bu davrda Kar fagen shahri G‘arbiy O‘rtayer dengizidagi 
Finikiyaning boshqa koloniyalari markaziga aylandi. Finikiya 
kolo niyalari ichida Karfagen yetakchi bo‘lishining bir qancha 
sabab lari bor edi:
1. Finikiyaning Osuriya va Eronga qaram bo‘lishi natijasida 
metropoliya bilan siyosiy aloqalarning zaiflashuvi.
2. Yunonlarning Janubiy Italiya va G‘arbiy O‘rtayer dengizini 
faol kolonizatsiya qilishi tufayli ularning foydali xalqaro savdo 
va dengiz yo‘llarida hukmron bo‘lish xavfi. 
3. G‘arbiy O‘rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarining ich-
ki taraqqiyotini ma’lum darajada muvofiqlashtirish (koordinat-
siya) va hamkorlikni kuchaytirish ehtiyoji.


180
Mil.avv. VII asr o‘rtalarida Karfagen Shimoliy Afrikadagi rivoj-
langan hunarmandchilik markazi, Markaziy O‘rtayer dengizi-
ning ko‘p havzalarini savdo munosabatlari bilan bog‘lagan eng 
yirik Finikiya koloniyasiga aylandi. Shahar hududi va aholi-
si tez o‘sib ketdi. Karfagenning qulay tabiiy gavani kemalarga 
mo‘ljallangan sun’iy gavan qurish hisobiga kengaydi. 
Karfagen shahar-davlat doirasidan chiqib, G‘arbiy O‘rtayer 
dengizi havzasining katta davlatiga aylandi va faol tashqi siyo-
sat olib bordi. U G‘arbiy O‘rtayer dengizining boshqa qismlarida 
o‘z koloniyalarini barpo qila boshladi. Shu bilan birga, bu yerda 
mavjud bo‘lgan Finikiya koloniyalari ustidan o‘z rahnamoligini 
o‘rnatdi. Karfagenning Afrikadan tashqaridagi birinchi koloni-
yasi Ispaniya yaqinidagi Pitius orollaridagi Ebes (mil.avv. VII 
asr o‘rtalari) bo‘ldi. Ebesni tayanch nuqta qilgan holda Karfa-
gen Ispaniyaga kirishga yo‘l bermayotgan Finikiya koloniyasi 
Gadesni tor-mor qilib, mil.avv. VII–VI asrlarda Pireney yarim 
oroli janubiga o‘rnashdi. Yunonlar Karfagenni Ispa niya sharqiy 
qirg‘og‘ida o‘rnashib qolishiga yo‘l bermadilar. Karfagen Sitsi-
liyada faol harakat qilib, orol g‘arbidagi Finikiya koloniyalari-
ni o‘z nazorati ostiga oldi. Karfagen mil.avv. VI asr o‘rtalariga 
kelib, Ispaniyadagi mulklari bilan Janubiy Sitsiliyaning g‘ar-
bi, Pitius orollari va Shimoliy Afrikagacha cho‘zilib ketgan yirik 
davlat birlashmasi markaziga aylandi. 
Karfagen mil.avv. VI asr oxirida Yaqin Sharqda o‘zgargan 
xalqaro ahvoldan yaxshi foydalandi. Bu vaqtda Old Osiyoda 
o‘tmishda qudratli bo‘lgan Osuriya, Misr kabi davlatlar zaif-
lashib qoldi. Yangi qudratli davlat Ahmoniylar Eroni butun 
Old Osiyoda va Shimoliy Afrikada o‘z ta’sirini o‘tkaza boshla-
di. Karfagen Ahmoniylar Eroni bilan aloqa o‘rnatdi. Bu aloqa 
Karfagen uchun noqulay bo‘lsa-da, lekin Karfagen Sitsiliya 
va uning janubiy qismini, Janubiy Italiya, Korsika va Sardi-
niyani yunon shaharlariga qaram bo‘lishiga qarshi faol siyosat 
olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mil.avv. VI asr o‘rtalarida 
Karfagen Markaziy Italiyadagi etrusklar bilan do‘stona shart-
noma tuzdi. Mil.avv. 535-yilda Karfagen–etrusklarning birlash-
gan floti Korsika yonidagi Alali jangida yunon flotini yanchib 
tashladilar. Karfagen Sardiniya janubini egallashga muvaffaq 
bo‘ldi. Natijada yunonlarning Ispaniyaga ta’siri kamaydi. Mil.
avv. V asrda Bolqon yarim orolida yunon shahar-davlatlari-
ning zaiflashuvi natijasida Kichik Osiyoning g‘arbidagi barcha 


181
yunon shahar-davlatlari Ahmoniylar Eroni ta’siri ostiga tushib 
qoldi. Ahmoniylar Yevropa tomon yurish qilib, Bolqon yarim 
oroliga ham bostirib kirdi. Mil.avv. V asrda Eronning Yuno-
nistonga bostirib kirishidan foydalangan Karfagen qulay payt 
poylab, Sitsiliyadagi yunon shaharlariga hujum qildi. Hujum 
muvaffaqiyatsiz chiqdi. Oqibatda Karfagen Sitsiliyaning g‘arbi-
da o‘zining bir necha shaharlarini zo‘rg‘a saqlab qoldi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling