Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
5. Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti. Mil.avv.
II ming yillik o‘rtalarida Mina, Saba va Kataban qabilalari itti- foqi shakllana boshladi. Mil.avv. I ming yillik boshida ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti natijasida sinfiy tengsiz lik kuchaydi. Siyosiy hokimiyatni o‘z qo‘liga to‘plagan kohin va 176 savdogarlardan iborat hukmron siyosiy qatlam paydo bo‘ldi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan yer qishloq va shahar jamoalari qo‘lida edi. Asosiy xo‘jalik bo‘g‘ini patriarxal oila (yoki katta oilali jamoa) edi. Eng katta yer egalari ibodatxonalar va davlat edi. Qullar urushlarda asir olish va sotib olish orqali paydo bo‘ldi. Qarzi uchun qul qilish kabi holatlar deyarli yo‘q edi. Jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishi qabila ittifoqlarining dav- latga aylanishiga olib keldi. Janubiy Arabiston davlatlari siyosiy tuzulishini Saba podsholigi misolida ko‘rish mumkin. Saba pod- sholigini 6 qabila tashkil etdi. Uning 3 tasi qaram ahvolda edi. Har bir qabila katta shoxobchaga, u yana kichik va alohida urug‘larga bo‘linar edi. Qabilalar zodagon boshliqlar (kabirlar) va ular tashkil qilgan kollegial tashkilotlar orqali boshqarilgan. Qabilalarda oqso- qollar kengashi bo‘lgan degan farazlar ham bor. Imtiyozli qabilalar o‘zlarining zodagon urug‘laridan ma’lum muddatga (Sabada 7 yil, Katabanda 2 yilga) davlatning oliy mansabdor shaxslari – eponimlarni saylaganlar. Ular oliy xudo Astar bilan bog‘liq kohinlik vazifalarini ham bajarganlar. As- tronomik va astrologik taqvim nazoratlarini va yer-suvdan foy- dalanishni tashkil etishdek, ba’zi xo‘jalik ishlarini boshqarish ham ularning zimmasida edi. Eponimlar bo‘yicha davlat va xususiy–huquqiy hujjatlar raqam langan yil hisobi bilan olib boriladi. Ular 30 yoshdan mansabga chiqib, vakolat muddati tugagach, oqsoqollar ken- gashiga a’zo bo‘ladi. Mil.avv. III–II asrlargacha Saba podsholigining boshqaruv ishlari va ijroiya hokimiyatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar – mug‘arrib lar bo‘lgan. Ularning vazifasiga qurilish faoliyati, sakral vazifalar (qurbonlik keltirish, diniy ovqatlanish marosim- larini tashkil etish) va davlatni tashkil qilgan qabila ittifoqlarini davriy yangilash, davlat hujjatlarini e’lon qilish, huquqiy qoi- dalar, shahar hududlari, xususiy mulk chegaralarini aniqlash va boshqalar kirgan. Mug‘arrib mansabi merosiy edi. Urush davrida mug‘arriblar ko‘ngillilarga boshchilik qilganlar va vaq- tinchalik unvon – malik, ya’ni podsho unvoniga ega bo‘lganlar. Mug‘arriblar asta-sekin o‘z qo‘llarida butun hokimiyat vakolat- larini to‘plab, mil.avv. I ming yillik oxirida amalda mutlaq pod- sholarga aylandilar. Saba podsholigining oliy organi oqsoqollar kengashi edi. Unga 6 qabilaning vakillari kirgan. Oqsoqollar 177 kengashi sakral, qonun chiqaruvchi vazifalar, ma’muriy xo‘ja- lik vazifalarini bajargan. Boshqa janubiy arab qabilalari ham shunday davlat tuzilmalariga ega edi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling