Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
5. Isroil-Yahudiya davlatlari. Falastinda isroil qabilalari
Misrdan kelib o‘rnashdilar. Mil.avv. XIII asrda 12 yahudiy qa- bilalari Falastinga bostirib kirib, mahalliy Xanaan shahar-dav- latlarini bo‘ysundir dilar. «Yahudiy» so‘zi etimologik jihatdan «daryo ortidagi aholi» degan ma’noni bildiradi. Saylab qo‘yiladi- gan yo‘lboshchi – shofetlar («qozi») oliy kohin vazifasini bajarib, qabilaning ko‘ngilli qo‘shinlariga boshchilik qilganlar. Tinchlik vaqtida esa ajrim ishlari bilan shug‘ullanganlar. Mil.avv. XI asr- ning oxirida yahudiy jamiyatida ibtidoiy jamoa tuzumidan sin- fiy jamiyatga o‘tish yuz berdi. Saylab qo‘yiladigan yo‘lboshchi- lar o‘rniga merosiy podsho hokimiyati shakllandi. Mil.avv. XII 166 asrda Falastin hududida kelgindi ko‘chmanchi isroil qabilalari va mahalliy xanaanlar birlashib, 12 qabila ittifoqini shakllan- tirdilar. Mil.avv. XI asr boshlarida Falastinda temir qurollar ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan filistimlar hukmronligi o‘rnatilgan edi. Isroil qabilalari filistimlarga qarshilik ko‘rsata olmadi. Filis- timlar bilan bo‘lgan janglar davomida podsho qilib Saul say- landi. U podsho hokimiyatini mustahkamlab, birinchi merosiy podsho bo‘ldi. Saul filistimlar bilan bir necha g‘olibona urushlar olib bordi. Lekin navbatdagi urushda mag‘lub bo‘lgani uchun o‘zini o‘ldirdi. Mil.avv. 1000-yillar atrofida Saulning oddiy jang- chisi bo‘lgan Dovud Isroil podshosi bo‘ldi. Dovud markazlash- gan harbiy-byurokratik davlat tuzishga harakat qildi. Dovud (1010–970-yillar) podsholigi davrida markazlashgan davlat tuz- ildi. Bosib olingan Quddus yangi davlatning poytaxtiga aylandi. Mamlakatni boshqarish uchun markaziy davlat organlari tuzil- di. Podsho kritlik va filistimlardan o‘ziga sodiq yollanma qo‘shin tuzadi. Dovud faol tashqi siyosat olib bordi. U filistimlar bilan sulh tuzdi. Iordan daryosi ortidagi yerlar, filistimlar va Janu- biy Suriya oromiylarini bo‘ysundirib, davlat chegarasini Aqab qo‘ltig‘igacha kengaytirdi. Dovudning taxtini uning kichik o‘g‘li Sulaymon (mil.avv. 970–930-yillar atrofida) egalladi. Sulaymon davrida qurilish ishlari keng yo‘lga qo‘yildi, shuningdek, Quddusda bosh xudo Yaxva sharafiga ibodatxona qurildi. Davlat hududi 12 okrugga bo‘lindi. Ularning har biri yilda bir oy podsho saroyiga oziq- ovqat yetkazish majburiyatini oldi. Mehnat majburiyati joriy qilindi. Rivoyatlarga ko‘ra, Sulaymon dono va adolatli podsho deb ta’riflanadi. Haqiqatda esa, Sulaymon hokimiyatparast hukmdor bo‘lib, aholiga ko‘plab soliq va majburiyatlarni yukla- di. Boshqa xalqlarga nisbatan shafqatsiz siyosat olib bordi. Sulaymon podsholigining so‘nggi yillarida shimolda Damashq podsholigi kuchaydi. Sulaymonning shafqatsiz siyosatidan norozi bo‘lgan o‘n shimoliy yahudiy qabilalari ajralib chiqib, mustaqil Isroil podsholigini tashkil qildilar. Uning poytaxti yangi qurilgan Samariya shahri bo‘ldi. Dovud sulolasi hukm- dor bo‘lgan Quddus podsholigi uning bosh qabilasi nomi bilan Yahudiya davlati deb ataldi. Ikkala podsholik ham bir-biri bi- lan dushmanlik munosabatida bo‘lib, vaqti-vaqti bilan konfed- eratsiya tashkil qildilar. Yahudiyaning parchalanganidan foy- 167 dalangan Misr fir’avni Sheshonk I mil.avv. 926-yilda Falastinga yu rish qilib, Yahudiya va Isroilni bosib oldi. Mil.avv. VIII asr o‘rtalaridan VI asrgacha Sharqiy O‘rtayer den- gizi havzasiga Old Osiyodagi siyosiy vaziyat katta ta’sir o‘tkaz- di. Mil.avv. VIII asr o‘rtalarida Osuriya (mil.avv. 732–722-yil- lar) Damashq va Isroil davlatlarini tor-mor qildi. Tir-Sidon podsholigining katta qismi Osuriya tomonidan bosib olinib, tobe hududga aylantirildi. Finikiyaliklar Osuriya zulmiga qar- shi kuchli qarshilik ko‘rsatdilar. Yuz yil davomida Tir shahri 5 marta Osuriya tobeligidan qutulishga harakat qildi. Mil.avv. 701-yilda osur podshosi Sinaxxerib Tirning ikkinchi qarshiligi- ni bostirishi natijasida Tir shahri o‘ta zaiflashib qoldi. Finikiya- da yetakchi mavqeni egallagan Tir shahri boshqa shaharlardan butunlay ajratib tashlandi. Natijada Tir-Sidon podsholigi den- gizorti hududlari bilan tugatildi. Osuriyaning g‘arbiy qismiga skiflarning hujumi Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida Osuriya hukmronligiga chek qo‘ydi. Yahudiya podshosi Iosiya (mil.avv. 640–609-yillar) Osuriya hukm ronligiga chek qo‘ydi. U davlat mustaqilligini tiklab, pod- sholar – Dovud va Sulaymon davridagi davlat chegaralarini tikla- di. Misr esa Frot daryosigacha bo‘lgan yerlarni bosib olib, mil.avv. 616-yilda bobilliklarga qarshi Mesopotamiyada osuriyaliklarga yordamga keldi. Bu vaqtda Tir shahri yana vaqtinchalik butun Finikiyada yetakchi davlatga aylandi. Iosiya davrida Yahudiyada yakka xudolik harakati boshlanadi. Yaxva yagona xudo deb e’lon qilindi. Osuriyaning halokatidan keyin Sharqiy O‘rtayer dengizi Misr va Bobil o‘rtasidagi raqobat maydoniga aylandi. Mil.avv. 609-yilda fir’avn Nexo II Megiddo yonidagi jangda Iosiy qo‘shin- larini yengib, natijada Yahudiya Misrga tobe bo‘ldi. Misr va Bobil o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda mil.avv. 587-yilda Ya- hudiyaning halokati, yahudiy larning Mesopotamiyaga asir qilib olib ketilishi, butun Sharqiy O‘rtayer dengizining Bo- bilga tobe bo‘lishi bilan yakunlandi. Mil.avv. 539-yilda Ah- moniylar tomonidan Bobilning bosib olinishi bilan bu hudud- da forslar hukmronligi o‘rnatildi. Ahmoniylar Quddus va uning atrofidagi hududlarga cheklangan muxtoriyatlar berdilar. Mil.avv. I ming yillikda Falastinda Filistim, Yahudiya va Isroil davlatlari vujudga kelishi natijasida jamiyatning ijtimoiy-iqti- sodiy ha yotida turli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Savdo-hunarmand- chilik, dehqonchilik rivoj topdi. Tashqi savdo kuchayib, ortiq- 168 cha g‘alla va boshqa mahsulotlar Tir shahriga sotildi. Yerga xu- susiy mulkchlik paydo bo‘ldi. Jamiyatning ijtimoiy qatlam va guruhlari shakllandi. Mil.avv. VIII–VI asrlarda Falastinda quyidagi 4 toifa mavjud edi: 1. Dunyoviy zodagonlar, diniy zodagonlar (kohinlar, payg‘am- barlar). 2. Yerli xalq (erkin aholining asosiy qismi). 3. Begona yurtliklar (kelgindi va ko‘chib kelganlar). 4. Qullar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling