Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Damashq podsholigi. Damashqning yuksalishi mil.
avv. II ming yillik oxirida Arabistondan kelgan somiy qabi- lalaridan biri oromiylar bilan bog‘liq. Ular Arabistonda tuya bo qish va ko‘paytirish bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Mil.avv. I ming yillik boshlarida oromiylar Suriya va Shimoliy Meso- potamiyada oromiy-xurrit aholisini to‘la assimilatsiya qiladi- lar. Bu vaqtga kelib, oromiy tili Old Osiyoda asosiy tillardan biriga aylanadi. Mil.avv. II ming yillik oxirlarida kontinental Suriyaning savdo yo‘llari kesishgan nuqtasida Arabiston- dan kelgan somiy qabilalaridan biri oromiylarning Suriyada- gi bosh markazi Damashq shahri kuchayib ketdi. Damashq podsholigining iqtisodiyoti rivojlangan chorvachilik, butun Yaqin Sharqqa mashhur bo‘lgan qurolsozlik va oliy navli jun bilan vositachilik savdosiga asoslangan edi. Damashq pod- sholari qadimgi xurrit podsholari unvonlarini eslatadigan «Xudo Bo‘ri O‘g‘li» («Ben-Xadad») unvonini oldilar. Mil.avv. IX asr o‘rtalarida Damashq osur podsholari Ashs- hurnasirpal II (mil.avv. 884–859-yillar) va Salmanasar III ning Sharqiy O‘rtayer dengizi hududida bosqinchilik urushlariga qar- shi kurashda hal qiluvchi rol o‘ynadi. Mil.avv. 853-yil Damashq podshosi Ben-Xadad II va Isroil podshosi Axav boshchiligidagi 165 birlashgan qo‘shin Qar qara yonidagi jangda Salmanasarning 120 ming kishilik qo‘shini hujumini qaytardi. Salmanasar III mil.avv. IX asrning II yarmida podsholik qil- di. Mil.avv. 841-yilda esa Salmanasar Damashq qo‘shinlarini yengadi va shaharni qamal qiladi. Lekin uni ishg‘ol qila olmadi. Mil.avv. VIII asr boshlarigacha Osuriya Sharqiy O‘rtayer den- gizini bo‘ysundirishga harakat qiladi, lekin bu yerda o‘rnasha olmadi. Mil.avv. IX asrning II yarmida Damashq podshosi Ben-Xa- dad III faol tashqi siyosat yuritib, Isroilning Iordan daryosi or- tidagi mulklarini qo‘lga kiritdi. Damashq Janubiy Falastinga ham kirib boradi va Yahudiyadan xiroj ola boshladi. Damashq podshosi Ben-Xadad III Damashq podsholigining kuch-qud- ratini doimiy ravishda mustahkamlashga jiddiy e’tibor berdi. U Shimoliy Suriyaning 17 hokimini birlashtirib, ularni Oront- dagi raqibi Xamat podsholigiga qarshi qo‘ydi. Lekin Damashq podsholigining gullab-yashnashi uzoqqa cho‘zilmadi. Nisbatan kichik hududni egallagan Damashq podsholigi Old Osiyoning qudratli davlatlari tazyiqiga dosh bera olmadi. Mil.avv. IX asr oxirida beto‘xtov urushlar sababli zaiflashib qolgan Damashq Osuriya podshosi Adadnerari III qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Osuriyaliklar bu yerda ulkan miqdorda temirni o‘lja si- fatida oldilar. Sharqiy O‘rtayer dengizida birinchilikni da’vo qilgan kuch- li shahar-davlatlar–Tir, Sidon va Damashq bilan bir qatorda kichik davlatlar ham mavjud edi. Jumladan, shunday sha- harlardan biri Shimoliy Suriyadagi Karxemish boy savdo hu- narmandchilik markazi bo‘lgan. Xett davlati yemirilgach, u mustaqil bo‘ldi va xett tili hamda madaniy an’analarini saqlab qoldi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling